top of page
Youtube
Telegram

Search this site

437 results found with an empty search

  • News (List) | Invest24

    Latest News Add paragraph text. Click “Edit Text” to update the font, size and more. BYD 13 900 dollardan past bo’lgan avtomobil taqdim etmoqda Read More Tencent aksiyalari 2021-yil iyulidan beri eng yuqori darajaga ko‘tarildi Read More Xitoy savdo balansi aprel oyida 96,1 mlrd dollar profitsit qayd etdi Read More Global AI Show Abu Dhabi 2025 joriy yil 8–9-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi! Read More Dollar-cost averaging — muntazam investitsiya strategiyasi nimani anglatadi? Read More Xitoy 2025-yilda YaIM hajmi 4% gacha o'stirishni rejalashtirmoqda Read More Energiya va gaz narxlaridagi o‘zgarishlar so‘mning kelajakda inflatsiya darajasini 2.4% ga oshirishi mumkin Read More Iyul oyida O‘zbekistonda 0,1 foizlik deflyatsiya qayd etildi Read More Har oy faqatgina dividendlar hisobiga yashash uchun qancha investitsiya kerak bo’ladi? Read More Microsoft 7 mingdan oshiq xodimini ishdan bo‘shatadi – Forbes Read More Xitoy nega AQSh kompaniyalarini maqtamoqda? Read More Oltin: so'nggi rallidan keyin narxlar hozirgi darajada saqlanib qolishi mumkinmi? Read More

  • Terminologiya | Invest 24

    Investistiya olamidagi eng asosiy terminlar va ularning ma'nolari bilan tanishing. Maxsus rukn Yana ko'proq

  • Blackrock kompaniyasi Toshkent moliya markazini qurishda aynan qanday yordam beradi?

    Blackrock kompaniyasi Toshkent moliya markazini qurishda aynan qanday yordam beradi? Blackrock kompaniyasi Toshkent moliya markazini qurishda aynan qanday yordam beradi? #TIFC 3 daqiqa 25/09/26, 23:17 Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link Ulashish: BlackRock bu loyihada investor boʻlib emas, balki markazning konsepsiyasi va institutsional tuzilmasini ishlab chiqishda ekspert-maslahatchi sifatida ishtirok etmoqda. Yaʼni toʻgʻridan-toʻgʻri sarmoya orqali emas, balki markaz qanday ishlashi kerakligi boʻyicha yoʻl xaritasini tuzishga yordam beradi. Bunday markaz orqali Oʻzbekiston: — xorijiy banklar va fondlarni mamlakatga jalb qilishi mumkin — milliy kompaniyalarni xalqaro birjalarda listinglashga tayyorlaydi (aviakompaniya, elektr tarmogʻi va boshqalar) — mintaqada yetakchi moliya markaziga aylanish imkoniga ega boʻladi. BlackRock orqali Toshkent moliya markazi bank, fintex, sugʻurta, islom moliyasi (Islamic finance) va kripto kompaniyalar uchun qanday shart-sharoitlar yaratilishi kerakligi boʻyicha tavsiyalar oladi. Shuningdek, Toshkentni mintaqadagi boshqa moliya markazlari (Astana, Dubay kabi) orasida qanday ajratib koʻrsatish mumkinligi boʻyicha yoʻnalishlar belgilanadi. Nega aynan BlackRock? BlackRock — dunyodagi eng yirik aktivlarni boshqaruvchi (asset management) kompaniya boʻlib, uning boshqaruvida 14 trln dollardan ortiq mablagʻ bor. Bunday gigantning ishtirok etishi xalqaro investorlar nazarida loyihaga ishonch va yetarlicha jiddiylik belgisi sifatida qaraladi. Maqolani ulashing: Twitter Twitter Twitter Twitter #google Previous Next O'xshash yangiliklar Blackrock Toshkent moliya markazi konsepsiyasini ishlab chiqishda koʻmaklashadi. #TIFC 25/09/26 Read More Saida Mirziyoyeva Toshkent xalqaro moliya markazi (TIFC) boshqaruvchisi etib tayinlandi. #TIFC, #iqtisod 10/09/26 Read More Nvidia kompaniyasining sof foydasi kelgusi uch yil davomida jami $595 mlrdga yetishi kutilmoqda. Kompaniya oxirgi 12 oyning o‘zida $197,6 mlrd sof foyda qayd etgan. Nvidia kelgusi uch yilda $595 mlrd sof foyda olishi kutilmoqda 07/09/26 Read More 1964-yildan buyon AQShning S&P 500 fond indeksi 10 084% ga o‘sdi. Shu davr mobaynida AQShdagi nominal ish haqi o‘sishi esa 1 196% atrofida bo‘lgan. Raqamlar uzoq muddatda aktivlarga egalik qilish va faqat mehnat daromadiga tayanish o‘rtasidagi katta tafovutni ko‘rsatadi. S&P 500 60 yilda 10 000% dan ko‘proq o‘sdi: ish haqi esa ancha sekin oshgan 07/09/26 Read More 2026-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonning tabiiy gaz importi $1,1 mlrdga yetdi. Shu davrda gaz eksporti esa $279,7 mlnni tashkil etdi. Natijada import qiymati eksportdan qariyb 4 barobar yuqori bo‘ldi. O‘zbekistonda gaz importi eksportdan qariyb 4 barobar oshdi 07/09/26 Read More Apple’da 15 yildan so‘ng rahbariyat almashdi. Tim Cook bosh ijrochi direktor (CEO) lavozimini tark etdi va uning o‘rnini kompaniyada 25 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan John Ternus egalladi. Apple’da yangi davr: Tim Cook 15 yildan so‘ng CEO lavozimini John Ternusga topshirdi 07/09/26 Read More

  • Invest 24 | Eng so'nggi investitsion yangiliklar, Foydali ma'lumotlar va investitsiyaga oid yangiliklar

    Invest24 valyuta kotirovkalari, qimmatli qog'ozlar, investitsiya, moliyaviy yangiliklar haqidagi online nashr Trendlar Blackrock Toshkent moliya markazi konsepsiyasini ishlab chiqishda koʻmaklashadi. #TIFC 22:53 Read More Saida Mirziyoyeva Toshkent xalqaro moliya markazi (TIFC) boshqaruvchisi etib tayinlandi. #TIFC, #iqtisod 22:21 Read More Nvidia kompaniyasining sof foydasi kelgusi uch yil davomida jami $595 mlrdga yetishi kutilmoqda. Kompaniya oxirgi 12 oyning o‘zida $197,6 mlrd sof foyda qayd etgan. Nvidia kelgusi uch yilda $595 mlrd sof foyda olishi kutilmoqda 19:13 Read More 1964-yildan buyon AQShning S&P 500 fond indeksi 10 084% ga o‘sdi. Shu davr mobaynida AQShdagi nominal ish haqi o‘sishi esa 1 196% atrofida bo‘lgan. Raqamlar uzoq muddatda aktivlarga egalik qilish va faqat mehnat daromadiga tayanish o‘rtasidagi katta tafovutni ko‘rsatadi. S&P 500 60 yilda 10 000% dan ko‘proq o‘sdi: ish haqi esa ancha sekin oshgan 19:07 Read More 2026-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonning tabiiy gaz importi $1,1 mlrdga yetdi. Shu davrda gaz eksporti esa $279,7 mlnni tashkil etdi. Natijada import qiymati eksportdan qariyb 4 barobar yuqori bo‘ldi. O‘zbekistonda gaz importi eksportdan qariyb 4 barobar oshdi 18:34 Read More Apple’da 15 yildan so‘ng rahbariyat almashdi. Tim Cook bosh ijrochi direktor (CEO) lavozimini tark etdi va uning o‘rnini kompaniyada 25 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan John Ternus egalladi. Apple’da yangi davr: Tim Cook 15 yildan so‘ng CEO lavozimini John Ternusga topshirdi 18:28 Read More Google’ning bosh kompaniyasi Alphabet daromadi 2017-yildagi $110,8 mlrd darajadan 2025-yilda $402,8 mlrdgacha yetdi. Google daromadi 8 yil ichida qariyb 4 barobar oshdi 18:20 Read More “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ 2026-yilning birinchi yarim yilligini sezilarli moliyaviy o‘sish bilan yakunladi. Kompaniyaning sof foydasi 1 trln so‘mga yetib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 53 foizga oshdi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning sof foydasi 1 trln so‘mga yetdi 18:12 Read More Dividendlarning umumiy hajmi qariyb 31,89 mlrd so‘mni tashkil etadi. “O‘zbekinvest” aksiyadorlari kompaniyaning 2025-yildagi sof foydasining 58,2 foizini dividend sifatida taqsimlashga qaror qildi 15:24 Read More Bu haqda Markaziy bankning 2025-yil yakunlari bo‘yicha tayyorlangan moliyaviy ommaboplik hisobotida ma’lum qilindi. O‘zbekistonda banklardan kredit olgan fuqarolarning 29 foizida bir vaqtning o‘zida bittadan ortiq kredit mavjud. 15:09 Read More 20-avgust kuni SpaceX’ning yana 319 mln dona aksiyasi lock-up cheklovidan chiqarilib, investorlar tomonidan erkin sotilishi mumkin bo‘ldi. Bu kompaniyaning iyun oyidagi IPOsidan keyingi ikkinchi yirik aksiya “unlock” bosqichi hisoblanadi. 20-avgust kuni SpaceX aksiyalarida navbatdagi 319 mln dona aksiya erkin bozor savdolariga qoʻshildi 14:59 Read More Janubiy Koreyaning SK Hynix kompaniyasi $28,6 mlrdlik aksiyalarini qayta sotib olish va bekor qilish bo‘yicha yirik dasturini e’lon qildi. SK Hynix kompaniyasi $28,6 mlrd dollarlik aksiyalarini “buyback” rejasini eʼlon qildi 14:47 Read More Moderna aksiyalari bir kunda 177%ga oshdi — kompaniya S&P 500’da yilning eng tez o‘sayotgan aksiyalaridan biriga aylandi Moderna aksiyalari bir kunda 177%ga oshdi 11:43 Read More Emissiya doirasida har birining nominal qiymati $100 bo‘lgan obligatsiyalarni investorlar orasida joylashtirish rejalashtirilmoqda. UniversalBank $10 mlnlik valyuta obligatsiyalarini chiqaradi 11:29 Read More O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi (UZNIF) 2026-yilning birinchi yarim yilligi yakunlari bo‘yicha 2,1 trln so‘m sof foyda qayd etdi. UZNIF 2026-yilning birinchi yarmida 2,1 trln so‘m sof foyda oldi 11:48 Read More Markaziy bank zaxiralaridagi AQSh gʻaznachilik obligatsiyalarining deyarli 40 foizi, yaʼni $1,1 mlrd dollarga teng qismi sotildi Markaziy bank zaxirasidagi qiymati $1,1 mlrd dollarlik qimmatli qogʻozlarni sotdi 17:02 Read More Kimdir sizga “30 mln oylik maosh beraman, tajriba kerak emas, faqat korxonada direktor boʻlasan” deb aytganmi? “Sholgʻom direktor” — moliyaviy firibgarlik 16:56 Read More 2026-yilning birinchi yarim yilligida O‘zbekistonda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan umumiy daromad 16,1 mln so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Statistika qo‘mitasi ma’lum qildi. Statistika qo‘mitasi ma’lumotlari 2026-yilning I yarmida aholining aholi jon boshiga toʻgʻri kelgan daromadi (per capita) 16,1 mln soʻmga yetdi 10:37 Read More Mikrokreditbank aksiyadorlarining yillik umumiy yigʻilishida 2025-yil yakunlari boʻyicha foydani taqsimlash quyidagicha maʼqullandi. Mikrokreditbank oddiy aksiya egalari bu yil dividend olmaydi 10:27 Read More SpaceX kompaniyasining insayderlari va ayrim aksiyadorlariga tegishli 911,5 million dona aksiya 6-avgust kuni lock-up muddatidan chiqdi. Natijada ushbu aksiyalarni ochiq bozorda sotish imkoniyati kengaydi. SpaceX kompaniyasining 900 million dan ortiq aksiyasi qulfdan (lock-up) ochildi #aksiya 10:15 Read More Yana ko'proq

  • Blackrock Toshkent moliya markazi konsepsiyasini ishlab chiqishda koʻmaklashadi.

    Blackrock Toshkent moliya markazi konsepsiyasini ishlab chiqishda koʻmaklashadi. Blackrock Toshkent moliya markazi konsepsiyasini ishlab chiqishda koʻmaklashadi. #TIFC 3 daqiqa 25/09/26, 22:53 Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link Ulashish: BlackRock Toshkent moliya markazi konsepsiyasini ishlab chiqishda yordam beradi. 2026-yil mart oyida Prezident farmoni bilan Toshkent xalqaro moliya markazini ishga tushirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan edi. Markaz 2027-yilgacha toʻliq ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda. Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 24-sentyabrda Nyu-Yorkda BlackRock rahbariyati bilan uchrashdi. Muzokaralar davomida 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazini ishga tushirish hamda AQSh investorlari bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Markaz konsepsiyasi va tuzilmasini ishlab chiqishda dunyodagi eng yirik investitsiya kompaniyalaridan biri — 14 trln dollarlik aktivlarni boshqaruvchi (asset management) BlackRock koʻmaklashishga kelishildi. Uchrashuvda BlackRock prezidenti Robert Kapito, vitse-rais Tomas Donilon, shuningdek “Global Infrastructure Partners” raisi va bosh ijrochi direktori Adebayo Ogunlesi kabi rahbarlar ishtirok etdi. “BlackRock ushbu markaz konsepsiyasi va tuzilmasini ishlab chiqishda koʻmaklashmoqda”, — deb yozadi Mirziyoyeva. Maqolani ulashing: Twitter Twitter Twitter Twitter #google Previous Next O'xshash yangiliklar Saida Mirziyoyeva Toshkent xalqaro moliya markazi (TIFC) boshqaruvchisi etib tayinlandi. #TIFC, #iqtisod 10/09/26 Read More Nvidia kompaniyasining sof foydasi kelgusi uch yil davomida jami $595 mlrdga yetishi kutilmoqda. Kompaniya oxirgi 12 oyning o‘zida $197,6 mlrd sof foyda qayd etgan. Nvidia kelgusi uch yilda $595 mlrd sof foyda olishi kutilmoqda 07/09/26 Read More 1964-yildan buyon AQShning S&P 500 fond indeksi 10 084% ga o‘sdi. Shu davr mobaynida AQShdagi nominal ish haqi o‘sishi esa 1 196% atrofida bo‘lgan. Raqamlar uzoq muddatda aktivlarga egalik qilish va faqat mehnat daromadiga tayanish o‘rtasidagi katta tafovutni ko‘rsatadi. S&P 500 60 yilda 10 000% dan ko‘proq o‘sdi: ish haqi esa ancha sekin oshgan 07/09/26 Read More 2026-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonning tabiiy gaz importi $1,1 mlrdga yetdi. Shu davrda gaz eksporti esa $279,7 mlnni tashkil etdi. Natijada import qiymati eksportdan qariyb 4 barobar yuqori bo‘ldi. O‘zbekistonda gaz importi eksportdan qariyb 4 barobar oshdi 07/09/26 Read More Apple’da 15 yildan so‘ng rahbariyat almashdi. Tim Cook bosh ijrochi direktor (CEO) lavozimini tark etdi va uning o‘rnini kompaniyada 25 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan John Ternus egalladi. Apple’da yangi davr: Tim Cook 15 yildan so‘ng CEO lavozimini John Ternusga topshirdi 07/09/26 Read More Google’ning bosh kompaniyasi Alphabet daromadi 2017-yildagi $110,8 mlrd darajadan 2025-yilda $402,8 mlrdgacha yetdi. Google daromadi 8 yil ichida qariyb 4 barobar oshdi 07/09/26 Read More

  • Saida Mirziyoyeva Toshkent xalqaro moliya markazi (TIFC) boshqaruvchisi etib tayinlandi.

    Saida Mirziyoyeva Toshkent xalqaro moliya markazi (TIFC) boshqaruvchisi etib tayinlandi. Saida Mirziyoyeva Toshkent xalqaro moliya markazi (TIFC) boshqaruvchisi etib tayinlandi. #TIFC, #iqtisod 3 daqiqa 10/09/26, 22:21 Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link Ulashish: Saida Mirziyoyeva Toshkent xalqaro moliya markazi (TIFC) boshqaruvchisi etib tayinlandi. Prezident farmoniga koʻra, Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva oʻz lavozimini saqlagan holda, qoʻshimcha ravishda Toshkent xalqaro moliya markazi boshqaruvchisi lavozimiga tayinlandi. Boshqaruvchi Moliya markazi kengashining bosh kotibi boʻlib, kun tartibini shakllantirishni tashkil etish, rais qatnashmagan majlislarda ularga raislik qilish va davlat organlari hamda markaz tuzilmalari oʻrtasidagi hamkorlikni yoʻlga qoʻyishda hal qiluvchi rolni bajaradi. TIFC nima oʻzi? Toshkent xalqaro moliya markazi 2026-yil mart oyida prezident farmoni bilan tashkil etilgan boʻlib, qimmatli qogʻozlar bozorlari, bank, sugʻurta, islomiy va texnologik moliya xizmatlari, raqamli aktivlar hamda elektron tijorat kabi sohalarda faoliyat yuritadi. Markaz Tashkent City ishbilarmonlik markazi hududida — Aloqabank, Asakabank (Asaka Tower), Oʻzsanoatqurilishbank hamda Bomi Finance Center joylashgan binolarda faoliyat yuritadi. Markazda nizolarni hal etishda Angliya va Uels umumiy huquqi (Common Law) prinsiplari, qonunchiligi va sud pretsedentlari qoʻllaniladi. Undan tashqari, markaz 2076-yil 1-yanvargacha bir qator soliq imtiyozlarini ham olgan. Markazni moliyalashtirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi $20 mln begʻaraz mablagʻ ajratgan. Umumiy olganda, 2030-yilga borib TIFC orqali iqtisodiyotga qoʻshimcha $20−25 mlrd investitsiya jalb qilinishi kutilmoqda. Markazda aksiyadorlik jamiyatlarida boʻlgani kabi kengash ham tashkil etilgan. Uning tarkibiga Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qoʻchqorov, Markaziy bank raisi Timur Ishmetov hamda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktori D.R. Li kabi shaxslar ham oʻrin olgan. Maqolani ulashing: Twitter Twitter Twitter Twitter #google Previous Next O'xshash yangiliklar Nvidia kompaniyasining sof foydasi kelgusi uch yil davomida jami $595 mlrdga yetishi kutilmoqda. Kompaniya oxirgi 12 oyning o‘zida $197,6 mlrd sof foyda qayd etgan. Nvidia kelgusi uch yilda $595 mlrd sof foyda olishi kutilmoqda 07/09/26 Read More 1964-yildan buyon AQShning S&P 500 fond indeksi 10 084% ga o‘sdi. Shu davr mobaynida AQShdagi nominal ish haqi o‘sishi esa 1 196% atrofida bo‘lgan. Raqamlar uzoq muddatda aktivlarga egalik qilish va faqat mehnat daromadiga tayanish o‘rtasidagi katta tafovutni ko‘rsatadi. S&P 500 60 yilda 10 000% dan ko‘proq o‘sdi: ish haqi esa ancha sekin oshgan 07/09/26 Read More 2026-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonning tabiiy gaz importi $1,1 mlrdga yetdi. Shu davrda gaz eksporti esa $279,7 mlnni tashkil etdi. Natijada import qiymati eksportdan qariyb 4 barobar yuqori bo‘ldi. O‘zbekistonda gaz importi eksportdan qariyb 4 barobar oshdi 07/09/26 Read More Apple’da 15 yildan so‘ng rahbariyat almashdi. Tim Cook bosh ijrochi direktor (CEO) lavozimini tark etdi va uning o‘rnini kompaniyada 25 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan John Ternus egalladi. Apple’da yangi davr: Tim Cook 15 yildan so‘ng CEO lavozimini John Ternusga topshirdi 07/09/26 Read More Google’ning bosh kompaniyasi Alphabet daromadi 2017-yildagi $110,8 mlrd darajadan 2025-yilda $402,8 mlrdgacha yetdi. Google daromadi 8 yil ichida qariyb 4 barobar oshdi 07/09/26 Read More “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ 2026-yilning birinchi yarim yilligini sezilarli moliyaviy o‘sish bilan yakunladi. Kompaniyaning sof foydasi 1 trln so‘mga yetib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 53 foizga oshdi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning sof foydasi 1 trln so‘mga yetdi 07/09/26 Read More

  • O‘zbekistonda gaz importi eksportdan qariyb 4 barobar oshdi

    O‘zbekistonda gaz importi eksportdan qariyb 4 barobar oshdi O‘zbekistonda gaz importi eksportdan qariyb 4 barobar oshdi 3 min 07/09/26, 18:34 Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link Ulashish: 2026-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonning tabiiy gaz importi $1,1 mlrdga yetdi. Shu davrda gaz eksporti esa $279,7 mlnni tashkil etdi. Natijada import qiymati eksportdan qariyb 4 barobar yuqori bo‘ldi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning dastlabki yetti oyida O‘zbekiston xorijdan $1,1 mlrdlik tabiiy gaz sotib oldi. Gaz importining asosiy manbalari Rossiya va Turkmaniston hisoblanadi. Import qiymati 2025-yilning mos davriga nisbatan 8,2 foizga oshgan. Shu bilan bir vaqtda O‘zbekistonning tabiiy gaz eksportidan olgan tushumi sezilarli kamaydi. Yanvar–iyul oylarida eksport hajmi qiymat jihatidan 36,2 foizga qisqarib, $279,7 mlnga tushdi. Import va eksport o‘rtasidagi farq $820 mlndan oshdi Raqamlarni taqqoslaganda mamlakatning gaz bo‘yicha tashqi savdosidagi tafovut yanada yaqqol ko‘rinadi: — Gaz importi: $1,1 mlrd — Gaz eksporti: $279,7 mln — Import va eksport farqi: qariyb $820 mln — Importning eksportga nisbati: qariyb 3,9 barobar — Import o‘sishi: +8,2% — Eksport kamayishi: −36,2% Bu ko‘rsatkichlar O‘zbekiston tabiiy gazni eksport qilishda davom etayotgan bo‘lsa-da, qiymat jihatidan mamlakatning tashqi gaz savdosida importning ustunligi kuchayganini ko‘rsatadi. Katta gaz zaxirasiga qaramay, nega import qilinmoqda? O‘zbekiston sezilarli tabiiy gaz zaxiralariga ega davlatlardan biri hisoblanadi. Keltirilayotgan baholarga ko‘ra, mamlakatning tasdiqlangan tabiiy gaz zaxiralari 1,84 trln kub metr atrofida. Biroq katta zaxiraga ega bo‘lish mamlakatning ichki talabini har qanday vaqtda faqat mahalliy qazib chiqarish hisobidan qoplay olishini anglatmaydi. So‘nggi yillarda ichki iste’molning yuqoriligi, elektr energetikasi va sanoatning gazga bo‘lgan talabi hamda mahalliy qazib chiqarish dinamikasi qo‘shimcha importga ehtiyojni kuchaytirgan. Bundan tashqari, gaz iste’moli mavsumiy xarakterga ega. Ayniqsa kuz-qish davrida aholi va energetika tizimining talabini barqaror ta’minlash uchun tashqi yetkazib berish muhim rol o‘ynaydi. Rossiya va Turkmaniston muhim yetkazib beruvchilar O‘zbekiston tabiiy gazni asosan Rossiya va Turkmanistondan import qilmoqda. Rossiya gazini O‘zbekistonga yetkazib berishda Markaziy Osiyo — Markaz gaz quvurlari tizimidan teskari yo‘nalishda foydalaniladi. Turkmaniston esa geografik yaqinligi va yirik gaz resurslari hisobiga O‘zbekiston uchun muhim mintaqaviy yetkazib beruvchilardan biri bo‘lib qolmoqda. Shunday qilib, 2026-yilning dastlabki yetti oyida O‘zbekistonning gaz importiga sarflagan mablag‘i eksportdan tushgan daromaddan qariyb $820 mln ko‘proq bo‘ldi. Bu tendensiya mamlakat energetika sektorida mahalliy qazib chiqarishni oshirish, energiya samaradorligini yaxshilash va elektr ishlab chiqarishda muqobil energiya manbalari ulushini kengaytirish masalasining ahamiyatini yanada oshirmoqda. Maqolani ulashing: Twitter Twitter Twitter Twitter xabar.uz Previous Next O'xshash yangiliklar Nvidia kompaniyasining sof foydasi kelgusi uch yil davomida jami $595 mlrdga yetishi kutilmoqda. Kompaniya oxirgi 12 oyning o‘zida $197,6 mlrd sof foyda qayd etgan. Nvidia kelgusi uch yilda $595 mlrd sof foyda olishi kutilmoqda 07/09/26 Read More 1964-yildan buyon AQShning S&P 500 fond indeksi 10 084% ga o‘sdi. Shu davr mobaynida AQShdagi nominal ish haqi o‘sishi esa 1 196% atrofida bo‘lgan. Raqamlar uzoq muddatda aktivlarga egalik qilish va faqat mehnat daromadiga tayanish o‘rtasidagi katta tafovutni ko‘rsatadi. S&P 500 60 yilda 10 000% dan ko‘proq o‘sdi: ish haqi esa ancha sekin oshgan 07/09/26 Read More Apple’da 15 yildan so‘ng rahbariyat almashdi. Tim Cook bosh ijrochi direktor (CEO) lavozimini tark etdi va uning o‘rnini kompaniyada 25 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan John Ternus egalladi. Apple’da yangi davr: Tim Cook 15 yildan so‘ng CEO lavozimini John Ternusga topshirdi 07/09/26 Read More Google’ning bosh kompaniyasi Alphabet daromadi 2017-yildagi $110,8 mlrd darajadan 2025-yilda $402,8 mlrdgacha yetdi. Google daromadi 8 yil ichida qariyb 4 barobar oshdi 07/09/26 Read More “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ 2026-yilning birinchi yarim yilligini sezilarli moliyaviy o‘sish bilan yakunladi. Kompaniyaning sof foydasi 1 trln so‘mga yetib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 53 foizga oshdi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning sof foydasi 1 trln so‘mga yetdi 07/09/26 Read More Dividendlarning umumiy hajmi qariyb 31,89 mlrd so‘mni tashkil etadi. “O‘zbekinvest” aksiyadorlari kompaniyaning 2025-yildagi sof foydasining 58,2 foizini dividend sifatida taqsimlashga qaror qildi 25/08/26 Read More

  • Apple’da yangi davr: Tim Cook 15 yildan so‘ng CEO lavozimini John Ternusga topshirdi

    Apple’da yangi davr: Tim Cook 15 yildan so‘ng CEO lavozimini John Ternusga topshirdi Apple’da yangi davr: Tim Cook 15 yildan so‘ng CEO lavozimini John Ternusga topshirdi 07/09/26, 18:28 Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link Ulashish: Apple’da 15 yildan so‘ng rahbariyat almashdi. Tim Cook bosh ijrochi direktor (CEO) lavozimini tark etdi va uning o‘rnini kompaniyada 25 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan John Ternus egalladi. O‘zgarish 2026-yil 1-sentyabrdan rasman kuchga kirdi. Tim Cook 2011-yilda Apple asoschisi Steve Jobs o‘rniga kompaniya bosh ijrochi direktori etib tayinlangan edi. U 15 yil davomida dunyoning eng yirik texnologik kompaniyalaridan biriga rahbarlik qildi. 2026-yil 1-sentyabrdan boshlab esa Apple boshqaruvi John Ternus qo‘liga o‘tdi. Ternus kompaniyaga 2001-yilda qo‘shilgan va yangi lavozimga tayinlanishidan avval Apple’ning Hardware Engineering bo‘yicha katta vitse-prezidenti sifatida faoliyat yuritgan. Tim Cook esa Apple’ni butunlay tark etmadi. U kompaniya direktorlar kengashining ijrochi raisi — Executive Chairman lavozimiga o‘tdi. Tim Cook davrida Apple qanday o‘zgardi? Cook Apple boshqaruvini qabul qilgan paytda kompaniyaning bozor qiymati qariyb $350 mlrd edi. Uning rahbarligi yakuniga kelib esa Apple kapitalizatsiyasi taxminan $4,5 trln darajasiga yetdi. Shuningdek, kompaniyaning yillik savdo hajmi Cook boshqaruvining boshidagi qariyb $108 mlrddan $416 mlrdgacha oshdi. Cook davrida Apple faqat iPhone, Mac va iPad kabi qurilmalar ishlab chiqaruvchi kompaniya bo‘lib qolmay, xizmatlar biznesini ham keskin kengaytirdi. App Store, iCloud, Apple Music, Apple TV+, Apple Pay va boshqa servislar kompaniyaning muhim daromad manbalariga aylandi. John Ternus kim? John Ternus Apple’da 2001-yildan buyon ishlaydi. U kompaniyaning apparat mahsulotlarini ishlab chiqish jarayonlarida uzoq yillar davomida muhim rol o‘ynagan. Ternus 2013-yilda Hardware Engineering bo‘yicha vitse-prezident, 2021-yilda esa katta vitse-prezident lavozimiga ko‘tarilgan. Endilikda uning oldida Apple’ni sun’iy intellekt davrida rivojlantirish, kompaniyaning global ta’minot zanjirini boshqarish va yangi avlod mahsulotlarini bozorga olib chiqish kabi muhim vazifalar turibdi. Apple tarixidagi rahbarlar Apple 1976-yilda Steve Jobs, Steve Wozniak va Ronald Wayne tomonidan tashkil etilgan. Jobs va Wozniak kompaniya asoschilari bo‘lsa-da, quyidagi ro‘yxatda Apple’ni turli davrlarda boshqargan rahbarlar keltirilgan: — 1977–1981: Michael Scott — 1981–1983: Mike Markkula — 1983–1993: John Sculley — 1993–1996: Michael Spindler — 1996–1997: Gil Amelio — 1997–2011: Steve Jobs — 2011–2026: Tim Cook — 2026-yildan: John Ternus Shu tariqa, John Ternus Apple tarixidagi navbatdagi CEO sifatida kompaniya boshqaruvini qabul qildi. Tim Cook esa 15 yillik CEOlik faoliyatidan keyin Apple’dagi faoliyatini direktorlar kengashi ijrochi raisi sifatida davom ettirmoqda. Maqolani ulashing: Twitter Twitter Twitter Twitter Previous Next O'xshash yangiliklar Nvidia kompaniyasining sof foydasi kelgusi uch yil davomida jami $595 mlrdga yetishi kutilmoqda. Kompaniya oxirgi 12 oyning o‘zida $197,6 mlrd sof foyda qayd etgan. Nvidia kelgusi uch yilda $595 mlrd sof foyda olishi kutilmoqda 07/09/26 Read More 1964-yildan buyon AQShning S&P 500 fond indeksi 10 084% ga o‘sdi. Shu davr mobaynida AQShdagi nominal ish haqi o‘sishi esa 1 196% atrofida bo‘lgan. Raqamlar uzoq muddatda aktivlarga egalik qilish va faqat mehnat daromadiga tayanish o‘rtasidagi katta tafovutni ko‘rsatadi. S&P 500 60 yilda 10 000% dan ko‘proq o‘sdi: ish haqi esa ancha sekin oshgan 07/09/26 Read More 2026-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonning tabiiy gaz importi $1,1 mlrdga yetdi. Shu davrda gaz eksporti esa $279,7 mlnni tashkil etdi. Natijada import qiymati eksportdan qariyb 4 barobar yuqori bo‘ldi. O‘zbekistonda gaz importi eksportdan qariyb 4 barobar oshdi 07/09/26 Read More Google’ning bosh kompaniyasi Alphabet daromadi 2017-yildagi $110,8 mlrd darajadan 2025-yilda $402,8 mlrdgacha yetdi. Google daromadi 8 yil ichida qariyb 4 barobar oshdi 07/09/26 Read More “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ 2026-yilning birinchi yarim yilligini sezilarli moliyaviy o‘sish bilan yakunladi. Kompaniyaning sof foydasi 1 trln so‘mga yetib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 53 foizga oshdi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning sof foydasi 1 trln so‘mga yetdi 07/09/26 Read More Dividendlarning umumiy hajmi qariyb 31,89 mlrd so‘mni tashkil etadi. “O‘zbekinvest” aksiyadorlari kompaniyaning 2025-yildagi sof foydasining 58,2 foizini dividend sifatida taqsimlashga qaror qildi 25/08/26 Read More

  • Nvidia kelgusi uch yilda $595 mlrd sof foyda olishi kutilmoqda

    Nvidia kelgusi uch yilda $595 mlrd sof foyda olishi kutilmoqda Nvidia kelgusi uch yilda $595 mlrd sof foyda olishi kutilmoqda 2 min 07/09/26, 19:13 Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link Ulashish: Nvidia kompaniyasining sof foydasi kelgusi uch yil davomida jami $595 mlrdga yetishi kutilmoqda. Kompaniya oxirgi 12 oyning o‘zida $197,6 mlrd sof foyda qayd etgan. Sun’iy intellekt texnologiyalariga talabning keskin oshishi Nvidia’ning moliyaviy ko‘rsatkichlarini rekord darajalarga olib chiqmoqda. Kompaniyaning AI uchun mo‘ljallangan grafik protsessorlari dunyodagi yirik ma’lumotlar markazlarida keng qo‘llanilmoqda. Prognozlarga ko‘ra, Nvidia kelgusi uch yil davomida jami $595 mlrd sof foyda olishi mumkin. Bu yiliga o‘rtacha $198 mlrdga yaqin foyda degani. Kompaniya o‘sishining asosiy omili sun’iy intellekt infratuzilmasiga yo‘naltirilayotgan katta investitsiyalar hisoblanadi. Yirik texnologik kompaniyalar AI modellarini yaratish va ishlatish uchun ma’lumotlar markazlarini kengaytirishda davom etmoqda, bu esa Nvidia chiplariga talabni yuqori darajada ushlab turmoqda. Nvidia’ning Data Center yo‘nalishi kompaniya biznesining asosiy o‘sish manbalaridan biriga aylangan. AI serverlariga talab ortishi ushbu segmentdagi savdo hajmining yuqori sur’atlarda o‘sishiga yordam bermoqda. Bundan tashqari, Nvidia yangi avlod AI chiplarini bozorga chiqarishda davom etmoqda. Kompaniya yuqori hisoblash quvvatiga ega yangi mahsulotlar orqali AI infratuzilmasiga sarflanayotgan milliardlab dollarlik investitsiyalardan foydalanishni maqsad qilgan. Shu bilan birga, $595 mlrd — kelgusi uch yil uchun prognoz bo‘lib, yakuniy natijalar AI bozoridagi talab, raqobat va kompaniyaning yangi avlod chiplarini sotish sur’atlariga bog‘liq bo‘ladi. Maqolani ulashing: Twitter Twitter Twitter Twitter nvidia.com Previous Next O'xshash yangiliklar 1964-yildan buyon AQShning S&P 500 fond indeksi 10 084% ga o‘sdi. Shu davr mobaynida AQShdagi nominal ish haqi o‘sishi esa 1 196% atrofida bo‘lgan. Raqamlar uzoq muddatda aktivlarga egalik qilish va faqat mehnat daromadiga tayanish o‘rtasidagi katta tafovutni ko‘rsatadi. S&P 500 60 yilda 10 000% dan ko‘proq o‘sdi: ish haqi esa ancha sekin oshgan 07/09/26 Read More 2026-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonning tabiiy gaz importi $1,1 mlrdga yetdi. Shu davrda gaz eksporti esa $279,7 mlnni tashkil etdi. Natijada import qiymati eksportdan qariyb 4 barobar yuqori bo‘ldi. O‘zbekistonda gaz importi eksportdan qariyb 4 barobar oshdi 07/09/26 Read More Apple’da 15 yildan so‘ng rahbariyat almashdi. Tim Cook bosh ijrochi direktor (CEO) lavozimini tark etdi va uning o‘rnini kompaniyada 25 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan John Ternus egalladi. Apple’da yangi davr: Tim Cook 15 yildan so‘ng CEO lavozimini John Ternusga topshirdi 07/09/26 Read More Google’ning bosh kompaniyasi Alphabet daromadi 2017-yildagi $110,8 mlrd darajadan 2025-yilda $402,8 mlrdgacha yetdi. Google daromadi 8 yil ichida qariyb 4 barobar oshdi 07/09/26 Read More “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ 2026-yilning birinchi yarim yilligini sezilarli moliyaviy o‘sish bilan yakunladi. Kompaniyaning sof foydasi 1 trln so‘mga yetib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 53 foizga oshdi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning sof foydasi 1 trln so‘mga yetdi 07/09/26 Read More Dividendlarning umumiy hajmi qariyb 31,89 mlrd so‘mni tashkil etadi. “O‘zbekinvest” aksiyadorlari kompaniyaning 2025-yildagi sof foydasining 58,2 foizini dividend sifatida taqsimlashga qaror qildi 25/08/26 Read More

  • S&P 500 60 yilda 10 000% dan ko‘proq o‘sdi: ish haqi esa ancha sekin oshgan

    S&P 500 60 yilda 10 000% dan ko‘proq o‘sdi: ish haqi esa ancha sekin oshgan S&P 500 60 yilda 10 000% dan ko‘proq o‘sdi: ish haqi esa ancha sekin oshgan 3 min 07/09/26, 19:07 Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link Ulashish: 1964-yildan buyon AQShning S&P 500 fond indeksi 10 084% ga o‘sdi. Shu davr mobaynida AQShdagi nominal ish haqi o‘sishi esa 1 196% atrofida bo‘lgan. Raqamlar uzoq muddatda aktivlarga egalik qilish va faqat mehnat daromadiga tayanish o‘rtasidagi katta tafovutni ko‘rsatadi. So‘nggi olti o‘n yillikda AQSh fond bozori tarixdagi eng katta uzoq muddatli kapital o‘sish davrlaridan birini boshdan kechirdi. 1964-yildan hozirgacha Amerikaning 500 ta yirik kompaniyasini kuzatuvchi S&P 500 indeksi 10 084% ga oshgan. Taqqoslash uchun, xuddi shu davrda AQShda ish haqi nominal hisobda taxminan 1 196% ga ko‘tarilgan. Oddiy nisbatda qaralganda, fond bozori ko‘rsatkichi ish haqidagi o‘sishdan 8 barobardan ko‘proq yuqori bo‘lgan. $10 000 investitsiya qancha bo‘lardi? Ushbu o‘sishni pul misolida ko‘rish yanada qiziq. Agar 1964-yilda S&P 500 indeksiga bog‘langan investitsiyaga $10 000 yo‘naltirilgan va uning qiymati aynan 10 084% ga oshgan deb olsak, bugungi qiymat: $10 000 → qariyb $1,02 mln bo‘lardi. Bunda dividendlarni qayta investitsiya qilish hisobga olinmagan bo‘lsa, real total return natijasi boshqacha bo‘lishi mumkin. Nega aktivlar tezroq o‘sadi? Buning asosiy sabablaridan biri — aksiyaga egalik qilish investorni kompaniya biznesining bir qismiga sherik qiladi. Kompaniyalar daromadi va foydasi oshgani sari ularning qiymati ham uzoq muddatda o‘sishi mumkin. Investor esa aksiyalar narxining oshishi va ayrim hollarda dividendlar orqali bu o‘sishda ishtirok etadi. Ish haqi esa boshqa mexanizm asosida shakllanadi. U mehnat bozori, unumdorlik, inflyatsiya, kasbga bo‘lgan talab va boshqa iqtisodiy omillarga bog‘liq. Shu sababli uzoq muddat davomida mehnat daromadi bilan kapital qiymatining o‘sishi bir xil sur’atda harakat qilishi shart emas. Faqat pul jamg‘arish yetarlimi? Bu statistika shaxsiy moliya uchun muhim bir tamoyilni ko‘rsatadi: daromad olish va kapital yaratish bir xil narsa emas. Ish haqi kundalik xarajatlarni moliyalashtirish va jamg‘arma yaratish imkonini beradi. Kapital esa jamg‘armaning aksiyalar, obligatsiyalar, ko‘chmas mulk, biznes yoki boshqa aktivlarga aylantirilishi orqali shakllanishi mumkin. Aktivlarning yana bir muhim xususiyati — murakkab foiz effekti. Investitsiyadan olingan daromad qayta investitsiya qilinsa, vaqt o‘tishi bilan daromadning o‘zi ham yangi daromad yaratishni boshlaydi. Masalan, kapital yiliga o‘rtacha 8% o‘ssa: — 10 yilda — 2,2 barobar — 20 yilda — 4,7 barobar — 30 yilda — 10 barobardan ko‘proq o‘sishi mumkin. Kapitalga egalik qilish nega muhim? Uzoq muddatli tarixiy ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, iqtisodiy o‘sishdan foyda olishning yo‘llaridan biri ishlab chiqaruvchi aktivlarga egalik qilishdir. Aksiya sotib olgan investor kompaniyaning kichik bir qismiga egalik qiladi. Ko‘chmas mulk egasi mulk qiymati va ijara daromadidan foydalanishi mumkin. Boshqa aktivlar esa kapitalni saqlash yoki diversifikatsiya qilish vazifasini bajarishi mumkin. Ammo aktivlarning daromadliligi kafolatlanmaydi: fond bozori pasayishi, ko‘chmas mulk qadrsizlanishi va investor kapitalining bir qismini yo‘qotishi ham mumkin. Shunga qaramay, S&P 500 va ish haqi o‘rtasidagi uzoq muddatli tafovut bitta muhim farqni ko‘rsatadi: ishlash daromad yaratadi, aktivlarga egalik qilish esa kapital o‘sishida ishtirok etish imkonini beradi. Shuning uchun shaxsiy moliyada savol faqat “qancha daromad topyapman?” emas, balki “daromadimning qancha qismini uzoq muddatli aktivlarga aylantiryapman?” degan savol ham bo‘lishi mumkin. Maqolani ulashing: Twitter Twitter Twitter Twitter equiti.com Previous Next O'xshash yangiliklar 2026-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonning tabiiy gaz importi $1,1 mlrdga yetdi. Shu davrda gaz eksporti esa $279,7 mlnni tashkil etdi. Natijada import qiymati eksportdan qariyb 4 barobar yuqori bo‘ldi. O‘zbekistonda gaz importi eksportdan qariyb 4 barobar oshdi 07/09/26 Read More Apple’da 15 yildan so‘ng rahbariyat almashdi. Tim Cook bosh ijrochi direktor (CEO) lavozimini tark etdi va uning o‘rnini kompaniyada 25 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan John Ternus egalladi. Apple’da yangi davr: Tim Cook 15 yildan so‘ng CEO lavozimini John Ternusga topshirdi 07/09/26 Read More Google’ning bosh kompaniyasi Alphabet daromadi 2017-yildagi $110,8 mlrd darajadan 2025-yilda $402,8 mlrdgacha yetdi. Google daromadi 8 yil ichida qariyb 4 barobar oshdi 07/09/26 Read More “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ 2026-yilning birinchi yarim yilligini sezilarli moliyaviy o‘sish bilan yakunladi. Kompaniyaning sof foydasi 1 trln so‘mga yetib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 53 foizga oshdi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning sof foydasi 1 trln so‘mga yetdi 07/09/26 Read More Dividendlarning umumiy hajmi qariyb 31,89 mlrd so‘mni tashkil etadi. “O‘zbekinvest” aksiyadorlari kompaniyaning 2025-yildagi sof foydasining 58,2 foizini dividend sifatida taqsimlashga qaror qildi 25/08/26 Read More Bu haqda Markaziy bankning 2025-yil yakunlari bo‘yicha tayyorlangan moliyaviy ommaboplik hisobotida ma’lum qilindi. O‘zbekistonda banklardan kredit olgan fuqarolarning 29 foizida bir vaqtning o‘zida bittadan ortiq kredit mavjud. 25/08/26 Read More

  • Google daromadi 8 yil ichida qariyb 4 barobar oshdi

    Google daromadi 8 yil ichida qariyb 4 barobar oshdi Google daromadi 8 yil ichida qariyb 4 barobar oshdi 3 min 07/09/26, 18:20 Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link Ulashish: Google’ning bosh kompaniyasi Alphabet daromadi 2017-yildagi $110,8 mlrd darajadan 2025-yilda $402,8 mlrdgacha yetdi. Shu tariqa kompaniya daromadi sakkiz yil ichida 3,6 barobardan ko‘proqqa oshgan. 2017-yilda Alphabet’ning yillik daromadi $110,8 mlrdni tashkil qilgan bo‘lsa, 2025-yil yakuniga kelib bu ko‘rsatkich $402,8 mlrdga yetdi. Bu sakkiz yil davomida daromadning qariyb $292 mlrdga yoki 264 foizga oshganini anglatadi. Boshqacha aytganda, Alphabet bugungi kunda 2017-yildagiga nisbatan yiliga 3,6 barobar ko‘proq daromad generatsiya qilmoqda. Kompaniyaning asosiy daromad manbalaridan biri hamon reklama biznesi hisoblanadi. Google Search, YouTube va kompaniyaning boshqa reklama platformalari Alphabet biznesining muhim qismini tashkil etadi. Shu bilan birga, so‘nggi yillarda Google Cloud kompaniyaning muhim o‘sish yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Bulutli infratuzilma, korporativ xizmatlar va sun’iy intellektga talabning oshishi Google biznesining reklama tashqarisidagi yo‘nalishlarini ham kengaytirmoqda. 8 yillik o‘sish raqamlarda — 2017-yil daromadi: $110,8 mlrd — 2025-yil daromadi: $402,8 mlrd — O‘sish: qariyb $292 mlrd — Foizdagi o‘sish: qariyb 264% — Umumiy o‘sish: 3,6 barobar Alphabet’ning daromad dinamikasi Google’ning qidiruv tizimi va reklama kompaniyasidan ancha kengroq texnologik ekotizimga aylanganini ko‘rsatmoqda. Hozir kompaniya reklama bilan bir qatorda bulutli texnologiyalar, YouTube, obuna xizmatlari va sun’iy intellekt yo‘nalishlariga katta sarmoya kiritmoqda. Kelgusi yillarda esa Alphabet daromadlari o‘sishida aynan AI va Google Cloud yo‘nalishlarining roli yanada kuchayishi kutilmoqda. Maqolani ulashing: Twitter Twitter Twitter Twitter Foto: Google Previous Next O'xshash yangiliklar 2026-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonning tabiiy gaz importi $1,1 mlrdga yetdi. Shu davrda gaz eksporti esa $279,7 mlnni tashkil etdi. Natijada import qiymati eksportdan qariyb 4 barobar yuqori bo‘ldi. O‘zbekistonda gaz importi eksportdan qariyb 4 barobar oshdi 07/09/26 Read More Apple’da 15 yildan so‘ng rahbariyat almashdi. Tim Cook bosh ijrochi direktor (CEO) lavozimini tark etdi va uning o‘rnini kompaniyada 25 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan John Ternus egalladi. Apple’da yangi davr: Tim Cook 15 yildan so‘ng CEO lavozimini John Ternusga topshirdi 07/09/26 Read More “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ 2026-yilning birinchi yarim yilligini sezilarli moliyaviy o‘sish bilan yakunladi. Kompaniyaning sof foydasi 1 trln so‘mga yetib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 53 foizga oshdi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning sof foydasi 1 trln so‘mga yetdi 07/09/26 Read More Dividendlarning umumiy hajmi qariyb 31,89 mlrd so‘mni tashkil etadi. “O‘zbekinvest” aksiyadorlari kompaniyaning 2025-yildagi sof foydasining 58,2 foizini dividend sifatida taqsimlashga qaror qildi 25/08/26 Read More Bu haqda Markaziy bankning 2025-yil yakunlari bo‘yicha tayyorlangan moliyaviy ommaboplik hisobotida ma’lum qilindi. O‘zbekistonda banklardan kredit olgan fuqarolarning 29 foizida bir vaqtning o‘zida bittadan ortiq kredit mavjud. 25/08/26 Read More 20-avgust kuni SpaceX’ning yana 319 mln dona aksiyasi lock-up cheklovidan chiqarilib, investorlar tomonidan erkin sotilishi mumkin bo‘ldi. Bu kompaniyaning iyun oyidagi IPOsidan keyingi ikkinchi yirik aksiya “unlock” bosqichi hisoblanadi. 20-avgust kuni SpaceX aksiyalarida navbatdagi 319 mln dona aksiya erkin bozor savdolariga qoʻshildi 25/08/26 Read More

  • “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning sof foydasi 1 trln so‘mga yetdi

    “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning sof foydasi 1 trln so‘mga yetdi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning sof foydasi 1 trln so‘mga yetdi 3 min 07/09/26, 18:12 Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link Ulashish: “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ 2026-yilning birinchi yarim yilligini sezilarli moliyaviy o‘sish bilan yakunladi. Kompaniyaning sof foydasi 1 trln so‘mga yetib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 53 foizga oshdi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining 2026-yil I yarim yillik yakunlari bo‘yicha e’lon qilingan moliyaviy hisobotiga ko‘ra, kompaniya sof foydasi 1 trln so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning xuddi shu davriga nisbatan 53 foizga yuqori. Hisob-kitobdan kelib chiqilsa, kompaniya o‘tgan yilning birinchi olti oyida taxminan 654 mlrd so‘m sof foyda olgan. Moliyaviy natijalarning yaxshilanishi kompaniya faoliyatidagi daromadlar va xarajatlar dinamikasi bilan bir qatorda yo‘lovchi tashish xizmatlari tariflaridagi o‘zgarishlar fonida kuzatilmoqda. Elektropoyezd chiptalari 15 foizga qimmatlagan. Avvalroq, 2026-yil fevral oyidan boshlab “Sharq”, “Nasaf” va “Afrosiyob” elektropoyezdlari uchun chipta narxlari 15 foizga oshirilgan edi. Tariflarning yangilanishi temir yo‘l orqali yo‘lovchi tashish xizmatlari narxlariga bevosita ta’sir ko‘rsatdi. Shu bilan birga, kompaniyaning yarim yillik sof foydasi o‘tgan yilgi natijadan sezilarli darajada yuqori shakllandi. Ustav kapitali 2,89 trln so‘m “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning yagona aksiyadori O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hisoblanadi. Jamiyat ustav kapitalining amaldagi tarkibi quyidagicha: — Yagona aksiyador: Iqtisodiyot va moliya vazirligi — Aksiyalar soni: 6 714 882 745 dona — Bir aksiyaning nominal qiymati: 430 so‘m — Ustav kapitali: qariyb 2,89 trln so‘m Shunday qilib, 2026-yilning dastlabki olti oyida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ sof foydasini yillik hisobda 53 foizga oshirishga erishdi. Kompaniyaning keyingi choraklardagi moliyaviy ko‘rsatkichlari yil yakunida ushbu o‘sish sur’ati qay darajada saqlanib qolishini ko‘rsatadi. Maqolani ulashing: Twitter Twitter Twitter Twitter railway.uz Previous Next O'xshash yangiliklar Apple’da 15 yildan so‘ng rahbariyat almashdi. Tim Cook bosh ijrochi direktor (CEO) lavozimini tark etdi va uning o‘rnini kompaniyada 25 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan John Ternus egalladi. Apple’da yangi davr: Tim Cook 15 yildan so‘ng CEO lavozimini John Ternusga topshirdi 07/09/26 Read More Google’ning bosh kompaniyasi Alphabet daromadi 2017-yildagi $110,8 mlrd darajadan 2025-yilda $402,8 mlrdgacha yetdi. Google daromadi 8 yil ichida qariyb 4 barobar oshdi 07/09/26 Read More Dividendlarning umumiy hajmi qariyb 31,89 mlrd so‘mni tashkil etadi. “O‘zbekinvest” aksiyadorlari kompaniyaning 2025-yildagi sof foydasining 58,2 foizini dividend sifatida taqsimlashga qaror qildi 25/08/26 Read More Bu haqda Markaziy bankning 2025-yil yakunlari bo‘yicha tayyorlangan moliyaviy ommaboplik hisobotida ma’lum qilindi. O‘zbekistonda banklardan kredit olgan fuqarolarning 29 foizida bir vaqtning o‘zida bittadan ortiq kredit mavjud. 25/08/26 Read More 20-avgust kuni SpaceX’ning yana 319 mln dona aksiyasi lock-up cheklovidan chiqarilib, investorlar tomonidan erkin sotilishi mumkin bo‘ldi. Bu kompaniyaning iyun oyidagi IPOsidan keyingi ikkinchi yirik aksiya “unlock” bosqichi hisoblanadi. 20-avgust kuni SpaceX aksiyalarida navbatdagi 319 mln dona aksiya erkin bozor savdolariga qoʻshildi 25/08/26 Read More Janubiy Koreyaning SK Hynix kompaniyasi $28,6 mlrdlik aksiyalarini qayta sotib olish va bekor qilish bo‘yicha yirik dasturini e’lon qildi. SK Hynix kompaniyasi $28,6 mlrd dollarlik aksiyalarini “buyback” rejasini eʼlon qildi 25/08/26 Read More

Qidiruv natijalari

bottom of page