top of page
Youtube
Telegram

Search this site

426 results found with an empty search

  • SK Hynix kompaniyasi $28,6 mlrd dollarlik aksiyalarini “buyback” (qayta sotib olish va yoʻq qilish) rejasini eʼlon qildi

    SK Hynix kompaniyasi $28,6 mlrd dollarlik aksiyalarini “buyback” (qayta sotib olish va yoʻq qilish) rejasini eʼlon qildi SK Hynix kompaniyasi $28,6 mlrd dollarlik aksiyalarini “buyback” (qayta sotib olish va yoʻq qilish) rejasini eʼlon qildi 3 min 25/08/26, 14:47 Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link Ulashish: Janubiy Koreyaning SK Hynix kompaniyasi $28,6 mlrdlik aksiyalarini qayta sotib olish va bekor qilish bo‘yicha yirik dasturini e’lon qildi. Kompaniya direktorlar kengashi 40 trln von ($28,6 mlrd) miqdoridagi o‘z aksiyalarini bozordan qayta sotib olish va keyinchalik ularni muomaladan butunlay chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Amaldagi aksiya narxidan kelib chiqilsa, buyback doirasida taxminan 24,07 mln dona aksiya qayta sotib olinadi. Bu SK Hynix’ning jami chiqarilgan aksiyalarining qariyb 3,3%ini tashkil etadi. Aksiyalarni qayta sotib olish jarayoni 20-avgustdan 19-noyabrgacha davom etishi rejalashtirilgan. Xaridlar yakunlangach, qayta sotib olingan aksiyalar bekor qilinadi va muomaladagi aksiyalar soni kamayadi. SK Hynix ma’lumotiga ko‘ra, bu Janubiy Koreya fond bozorida listingdan o‘tgan kompaniyalar tarixidagi eng yirik aksiyalarni qayta sotib olish va bekor qilish dasturi hisoblanadi. Kompaniya bunday qarorga aksiyalarining joriy bozor narxi biznesning real qiymati, pul oqimi yaratish imkoniyati va uzoq muddatli o‘sish salohiyatini to‘liq aks ettirmayapti, degan fikr asosida kelgan. 2026-yilning ikkinchi choragi yakunida SK Hynix’ning sof pul mablag‘lari qariyb 69 trln von ni tashkil etgan. Aksiyalar bekor qilingach, kompaniyaning muomaladagi aksiyalari soni kamayadi. Boshqa ko‘rsatkichlar o‘zgarmagan taqdirda, bu kelgusida bir aksiya uchun daromad — EPS ko‘rsatkichining oshishiga va mavjud aksiyadorlarning kompaniyadagi ulushi nisbatan kattalashishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, SK Hynix 2025–2027-yillarda shakllanadigan jami erkin pul oqimining (FCF) 50%dan ortig‘ini aksiyadorlarga qaytarishni rejalashtirmoqda. Bunda buyback va aksiyalarni bekor qilish bilan bir qatorda oddiy hamda maxsus dividendlar ham ko‘rib chiqiladi. Maqolani ulashing: Twitter Twitter Twitter Twitter SK hynix Newsroom Previous Next O'xshash yangiliklar Moderna aksiyalari bir kunda 177%ga oshdi — kompaniya S&P 500’da yilning eng tez o‘sayotgan aksiyalaridan biriga aylandi Moderna aksiyalari bir kunda 177%ga oshdi 25/08/26 Read More Emissiya doirasida har birining nominal qiymati $100 bo‘lgan obligatsiyalarni investorlar orasida joylashtirish rejalashtirilmoqda. UniversalBank $10 mlnlik valyuta obligatsiyalarini chiqaradi 25/08/26 Read More O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi (UZNIF) 2026-yilning birinchi yarim yilligi yakunlari bo‘yicha 2,1 trln so‘m sof foyda qayd etdi. UZNIF 2026-yilning birinchi yarmida 2,1 trln so‘m sof foyda oldi 11/08/26 Read More Markaziy bank zaxiralaridagi AQSh gʻaznachilik obligatsiyalarining deyarli 40 foizi, yaʼni $1,1 mlrd dollarga teng qismi sotildi Markaziy bank zaxirasidagi qiymati $1,1 mlrd dollarlik qimmatli qogʻozlarni sotdi 11/08/26 Read More Kimdir sizga “30 mln oylik maosh beraman, tajriba kerak emas, faqat korxonada direktor boʻlasan” deb aytganmi? “Sholgʻom direktor” — moliyaviy firibgarlik 10/08/26 Read More 2026-yilning birinchi yarim yilligida O‘zbekistonda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan umumiy daromad 16,1 mln so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Statistika qo‘mitasi ma’lum qildi. Statistika qo‘mitasi ma’lumotlari 2026-yilning I yarmida aholining aholi jon boshiga toʻgʻri kelgan daromadi (per capita) 16,1 mln soʻmga yetdi 07/08/26 Read More

  • Invest 24 | Eng so'nggi investitsion yangiliklar, Foydali ma'lumotlar va investitsiyaga oid yangiliklar

    Invest24 valyuta kotirovkalari, qimmatli qog'ozlar, investitsiya, moliyaviy yangiliklar haqidagi online nashr Trendlar 20-avgust kuni SpaceX’ning yana 319 mln dona aksiyasi lock-up cheklovidan chiqarilib, investorlar tomonidan erkin sotilishi mumkin bo‘ldi. Bu kompaniyaning iyun oyidagi IPOsidan keyingi ikkinchi yirik aksiya “unlock” bosqichi hisoblanadi. 20-avgust kuni SpaceX aksiyalarida navbatdagi 319 mln dona aksiya erkin bozor savdolariga qoʻshildi 14:59 Read More Janubiy Koreyaning SK Hynix kompaniyasi $28,6 mlrdlik aksiyalarini qayta sotib olish va bekor qilish bo‘yicha yirik dasturini e’lon qildi. SK Hynix kompaniyasi $28,6 mlrd dollarlik aksiyalarini “buyback” rejasini eʼlon qildi 14:47 Read More Moderna aksiyalari bir kunda 177%ga oshdi — kompaniya S&P 500’da yilning eng tez o‘sayotgan aksiyalaridan biriga aylandi Moderna aksiyalari bir kunda 177%ga oshdi 11:43 Read More Emissiya doirasida har birining nominal qiymati $100 bo‘lgan obligatsiyalarni investorlar orasida joylashtirish rejalashtirilmoqda. UniversalBank $10 mlnlik valyuta obligatsiyalarini chiqaradi 11:29 Read More O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi (UZNIF) 2026-yilning birinchi yarim yilligi yakunlari bo‘yicha 2,1 trln so‘m sof foyda qayd etdi. UZNIF 2026-yilning birinchi yarmida 2,1 trln so‘m sof foyda oldi 11:48 Read More Markaziy bank zaxiralaridagi AQSh gʻaznachilik obligatsiyalarining deyarli 40 foizi, yaʼni $1,1 mlrd dollarga teng qismi sotildi Markaziy bank zaxirasidagi qiymati $1,1 mlrd dollarlik qimmatli qogʻozlarni sotdi 17:02 Read More Kimdir sizga “30 mln oylik maosh beraman, tajriba kerak emas, faqat korxonada direktor boʻlasan” deb aytganmi? “Sholgʻom direktor” — moliyaviy firibgarlik 16:56 Read More 2026-yilning birinchi yarim yilligida O‘zbekistonda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan umumiy daromad 16,1 mln so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Statistika qo‘mitasi ma’lum qildi. Statistika qo‘mitasi ma’lumotlari 2026-yilning I yarmida aholining aholi jon boshiga toʻgʻri kelgan daromadi (per capita) 16,1 mln soʻmga yetdi 10:37 Read More Mikrokreditbank aksiyadorlarining yillik umumiy yigʻilishida 2025-yil yakunlari boʻyicha foydani taqsimlash quyidagicha maʼqullandi. Mikrokreditbank oddiy aksiya egalari bu yil dividend olmaydi 10:27 Read More SpaceX kompaniyasining insayderlari va ayrim aksiyadorlariga tegishli 911,5 million dona aksiya 6-avgust kuni lock-up muddatidan chiqdi. Natijada ushbu aksiyalarni ochiq bozorda sotish imkoniyati kengaydi. SpaceX kompaniyasining 900 million dan ortiq aksiyasi qulfdan (lock-up) ochildi #aksiya 10:15 Read More Mikromoliya bozori ishtirokchilaridan biri bo‘lgan Agat Credit 2026-yilning birinchi yarim yilligi yakunlari bo‘yicha moliyaviy natijalarini e'lon qildi. Hisobotga ko‘ra, kompaniyaning sof foydasi 3,5 mlrd so‘mni tashkil etdi. "Agat Credit" sof foydasini qariyb 82 foizga oshirdi, kredit portfeli 265,4 mlrd so‘mga yetdi 17:21 Read More Oʻzbekiston Milliy investitsiya jamgʻarmasining London fond birjasida savdo qilinayotgan bir dona GDR (Global Depositary Receipt) narxi hozirda qariyb $34 dollarni tashkil etmoqda. Milliy investitsiya jamgʻarmasi GDRlari $34 dollarga chiqdi #IPO, #bond, #fond bozorlari 15:24 Read More 2026-yil iyul oyida O‘zbekistonda iste’mol narxlari biroz pasaydi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, iyul oyida iste’mol narxlari indeksi (INI) 0,1 foiz deflyatsiyani qayd etdi. Iyul oyida O‘zbekistonda 0,1 foizlik deflyatsiya qayd etildi #iqtisod 13:55 Read More CFD shartnomalar haqida aytilmaydigan haqiqatlar #CFD 13:13 Read More 2025-yilda byudjet taqchilligi (defitsit) YaMiga nisbatan 2,1 foizga yetdi #iqtisod, #defitsit 20:20 Read More OpenAI kompaniyasi Amazon, Nvidia va Softbank tomonidan $110 milliard dollar sarmoya jalb qildi #OpenAi 14:36 Read More Bitsgap endi 2 ta yangi decentralizatsiyalashgan birjaga ulandi — Asterdex va Evedex! Eng yaxshi kripto-treyding robotlari – BITSGAP bilan! #Bitsgap 15:02 Read More VAP Group 2025-yil 10–11-dekabr kunlari Abu-Dabidagi Space42 Arena maydonida bo‘lib o‘tadigan Global Games Show 2025 uchun mashhur spikerlar tarkibini e’lon qildi. Global Games Show 2025: Geyming kelajagi vakillari Abu-Dabida yig'iladi ! #Global Games Show 15:36 Read More Sun’iy intellekt kelajagini shakllantirayotgan dunyoning eng yetakchi AI innovatorlari, tadqiqotchilari va texnologiya sohasidagi ilg‘or mutaxassislar bilan uchrashing. Global AI Show Abu Dhabi 2025 joriy yil 8–9-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi! #GlobalAIShow 15:21 Read More VAP Group va Times of Blockchain 2025-yil 10–11 dekabr kunlari Abu Dabi, Space42 Arena’da Global Blockchain Show 2025 ni o‘tkazadi. Global Blockchain Show 2025 — Abu Dabida #Global Blockchain Show 16:17 Read More Yana ko'proq

  • News (List) | Invest24

    Latest News Add paragraph text. Click “Edit Text” to update the font, size and more. BYD 13 900 dollardan past bo’lgan avtomobil taqdim etmoqda Read More Tencent aksiyalari 2021-yil iyulidan beri eng yuqori darajaga ko‘tarildi Read More Xitoy savdo balansi aprel oyida 96,1 mlrd dollar profitsit qayd etdi Read More Global AI Show Abu Dhabi 2025 joriy yil 8–9-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi! Read More Dollar-cost averaging — muntazam investitsiya strategiyasi nimani anglatadi? Read More Xitoy 2025-yilda YaIM hajmi 4% gacha o'stirishni rejalashtirmoqda Read More Energiya va gaz narxlaridagi o‘zgarishlar so‘mning kelajakda inflatsiya darajasini 2.4% ga oshirishi mumkin Read More Iyul oyida O‘zbekistonda 0,1 foizlik deflyatsiya qayd etildi Read More Har oy faqatgina dividendlar hisobiga yashash uchun qancha investitsiya kerak bo’ladi? Read More Microsoft 7 mingdan oshiq xodimini ishdan bo‘shatadi – Forbes Read More Xitoy nega AQSh kompaniyalarini maqtamoqda? Read More Oltin: so'nggi rallidan keyin narxlar hozirgi darajada saqlanib qolishi mumkinmi? Read More

  • Terminologiya | Invest 24

    Investistiya olamidagi eng asosiy terminlar va ularning ma'nolari bilan tanishing. Maxsus rukn Yana ko'proq

  • 20-avgust kuni SpaceX aksiyalarida navbatdagi 319 mln dona aksiya erkin bozor savdolariga qoʻshildi

    20-avgust kuni SpaceX aksiyalarida navbatdagi 319 mln dona aksiya erkin bozor savdolariga qoʻshildi 20-avgust kuni SpaceX aksiyalarida navbatdagi 319 mln dona aksiya erkin bozor savdolariga qoʻshildi 3 min 25/08/26, 14:59 Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link Ulashish: 20-avgust kuni SpaceX’ning yana 319 mln dona aksiyasi lock-up cheklovidan chiqarilib, investorlar tomonidan erkin sotilishi mumkin bo‘ldi. Bu kompaniyaning iyun oyidagi IPOsidan keyingi ikkinchi yirik aksiya “unlock” bosqichi hisoblanadi. Ushbu aksiyalar asosan SpaceX’ning dastlabki investorlari va xodimlariga tegishli bo‘lib, IPOdan keyingi ma’lum muddat davomida ularni bozorda sotishga cheklov qo‘yilgan edi. 20-avgustdan boshlab ushbu 319 mln dona aksiya ham savdo uchun ochildi. Birinchi yirik unlock 6-avgust kuni amalga oshirilgan va o‘shanda qariyb 911,5 mln dona aksiya savdo qilish uchun ochilgan edi. Shu tariqa, avgust oyidagi ikki unlock doirasida jami qariyb 1,23 mlrd dona aksiya bozorga chiqish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bundan tashqari, SpaceX iyun oyida o‘tkazgan IPO davomida 638,9 mln dona aksiyani investorlarga joylashtirgan. Ularni ham hisobga olganda, hozirda qariyb 1,87 mlrd dona SpaceX aksiyasi erkin savdo qilinishi mumkin. Bu kompaniyaning muomaladagi jami qariyb 13,2 mlrd dona aksiyasining 14%dan ortig‘iga teng. Shunga qaramay, SpaceX aksiyalarining katta qismi hali ham kompaniya asoschilari, xodimlari va dastlabki investorlar qo‘lida lock-up cheklovlari ostida qolmoqda. Muhimi, aksiyalarning “unlock” qilinishi ularning barchasi darhol sotildi degani emas. Bu faqat aksiya egalariga o‘z ulushlarini ochiq bozorda sotish imkoniyati berilganini anglatadi. Shunga qaramay, bozordagi potensial taklifning oshishi aksiya narxiga bosim o‘tkazishi mumkin. 20-avgustdagi unlock fonida SpaceX aksiyalari savdolar davomida qariyb 5%ga pasayib , kompaniyaning iyun oyidagi $135lik IPO narxidan pastga tushdi. Investorlar bozorda yangi aksiyalar taklifi ko‘payishini kuzatishda davom etmoqda. Kelgusi oylarda SpaceX’da yana bir nechta yirik lock-up muddatlari yakunlanishi kutilmoqda. Xususan, noyabr oyida qariyb 1,3 mlrd dona aksiya savdoga ochilishi rejalashtirilgan, bu esa SpaceX aksiyalaridagi volatillikni yana oshirishi mumkin. Maqolani ulashing: Twitter Twitter Twitter Twitter Yahoo Finance Previous Next O'xshash yangiliklar Janubiy Koreyaning SK Hynix kompaniyasi $28,6 mlrdlik aksiyalarini qayta sotib olish va bekor qilish bo‘yicha yirik dasturini e’lon qildi. SK Hynix kompaniyasi $28,6 mlrd dollarlik aksiyalarini “buyback” rejasini eʼlon qildi 25/08/26 Read More Moderna aksiyalari bir kunda 177%ga oshdi — kompaniya S&P 500’da yilning eng tez o‘sayotgan aksiyalaridan biriga aylandi Moderna aksiyalari bir kunda 177%ga oshdi 25/08/26 Read More Emissiya doirasida har birining nominal qiymati $100 bo‘lgan obligatsiyalarni investorlar orasida joylashtirish rejalashtirilmoqda. UniversalBank $10 mlnlik valyuta obligatsiyalarini chiqaradi 25/08/26 Read More O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi (UZNIF) 2026-yilning birinchi yarim yilligi yakunlari bo‘yicha 2,1 trln so‘m sof foyda qayd etdi. UZNIF 2026-yilning birinchi yarmida 2,1 trln so‘m sof foyda oldi 11/08/26 Read More Markaziy bank zaxiralaridagi AQSh gʻaznachilik obligatsiyalarining deyarli 40 foizi, yaʼni $1,1 mlrd dollarga teng qismi sotildi Markaziy bank zaxirasidagi qiymati $1,1 mlrd dollarlik qimmatli qogʻozlarni sotdi 11/08/26 Read More Kimdir sizga “30 mln oylik maosh beraman, tajriba kerak emas, faqat korxonada direktor boʻlasan” deb aytganmi? “Sholgʻom direktor” — moliyaviy firibgarlik 10/08/26 Read More

  • Moderna aksiyalari bir kunda 177%ga oshdi

    Moderna aksiyalari bir kunda 177%ga oshdi Moderna aksiyalari bir kunda 177%ga oshdi 3 min 25/08/26, 11:43 Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link Ulashish: 2026-yil boshidan buyon eng ko‘p o‘sgan S&P 500 kompaniyalari orasida Moderna ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi. Bunga kompaniyaning saratonga qarshi mRNA texnologiyasi bo‘yicha e’lon qilgan ijobiy klinik natijalari sabab bo‘ldi. 19-avgust kuni Moderna aksiyalari bir savdo sessiyasida 176,97%ga oshib , $62,96 dan $174,38 gacha ko‘tarildi. Bu kompaniya tarixidagi eng katta bir kunlik o‘sish bo‘ldi. Keskin o‘sishga Moderna va Merck hamkorligida ishlab chiqilayotgan shaxsiylashtirilgan mRNA saraton terapiyasining uchinchi bosqich klinik sinovlaridagi ijobiy natijalar turtki berdi. Preparat intismeran autogene deb nomlanadi va Merck’ning Keytruda immunoterapiyasi bilan birgalikda melanoma bilan kasallangan bemorlarda sinovdan o‘tkazilmoqda. Uchinchi bosqich tadqiqotida kombinatsiya saratonning qaytalanishisiz yashash bo‘yicha asosiy maqsadga erishdi. Ushbu natija mRNA texnologiyasining COVID-19 vaksinalaridan tashqari, saraton kasalliklarini davolashda ham qo‘llanish imkoniyatini ko‘rsatgani sabab investorlar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Shu bilan birga, preparat hali regulyatorlar tomonidan tasdiqlanmagan va klinik sinovlarning batafsil natijalari keyinroq e’lon qilinishi kutilmoqda. Aksiyalarning keskin ko‘tarilishi Moderna narxining pasayishiga pul tikkan treyderlarga ham katta zarar yetkazdi. S3 Partners hisob-kitoblariga ko‘ra, short-sotuvchilar bir kunning o‘zida taxminan $5,5 mlrd mark-to-market zarar ko‘rgan. Moderna aksiyalaridagi yuqori short-interest o‘sishni yanada tezlashtirgan bo‘lishi mumkin: aksiyalar ko‘tarilgach, ayrim treyderlar zararlarni cheklash uchun short pozitsiyalarini yopishga majbur bo‘lgan va bu bozordagi xarid bosimini yanada oshirgan. ORTEX ma’lumotlariga ko‘ra, o‘sha paytda kompaniyaning erkin muomaladagi aksiyalarining qariyb 13,5%iga short pozitsiyalar ochilgan . Natijada Moderna nafaqat 2026-yilning eng keskin bir kunlik rallilaridan birini qayd etdi, balki mRNA texnologiyasining saraton davolashidagi imkoniyatlariga nisbatan investorlar qiziqishini ham sezilarli darajada oshirdi. Maqolani ulashing: Twitter Twitter Twitter Twitter moderna.com Previous Next O'xshash yangiliklar Emissiya doirasida har birining nominal qiymati $100 bo‘lgan obligatsiyalarni investorlar orasida joylashtirish rejalashtirilmoqda. UniversalBank $10 mlnlik valyuta obligatsiyalarini chiqaradi 25/08/26 Read More O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi (UZNIF) 2026-yilning birinchi yarim yilligi yakunlari bo‘yicha 2,1 trln so‘m sof foyda qayd etdi. UZNIF 2026-yilning birinchi yarmida 2,1 trln so‘m sof foyda oldi 11/08/26 Read More Markaziy bank zaxiralaridagi AQSh gʻaznachilik obligatsiyalarining deyarli 40 foizi, yaʼni $1,1 mlrd dollarga teng qismi sotildi Markaziy bank zaxirasidagi qiymati $1,1 mlrd dollarlik qimmatli qogʻozlarni sotdi 11/08/26 Read More Kimdir sizga “30 mln oylik maosh beraman, tajriba kerak emas, faqat korxonada direktor boʻlasan” deb aytganmi? “Sholgʻom direktor” — moliyaviy firibgarlik 10/08/26 Read More 2026-yilning birinchi yarim yilligida O‘zbekistonda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan umumiy daromad 16,1 mln so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Statistika qo‘mitasi ma’lum qildi. Statistika qo‘mitasi ma’lumotlari 2026-yilning I yarmida aholining aholi jon boshiga toʻgʻri kelgan daromadi (per capita) 16,1 mln soʻmga yetdi 07/08/26 Read More Mikrokreditbank aksiyadorlarining yillik umumiy yigʻilishida 2025-yil yakunlari boʻyicha foydani taqsimlash quyidagicha maʼqullandi. Mikrokreditbank oddiy aksiya egalari bu yil dividend olmaydi 07/08/26 Read More

  • “UniversalBank” AJ Kuzatuv kengashi umumiy qiymati $10 mln bo‘lgan valyuta obligatsiyalarini chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

    “UniversalBank” AJ Kuzatuv kengashi umumiy qiymati $10 mln bo‘lgan valyuta obligatsiyalarini chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qildi. “UniversalBank” AJ Kuzatuv kengashi umumiy qiymati $10 mln bo‘lgan valyuta obligatsiyalarini chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qildi. 2 min 25/08/26, 11:29 Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link Ulashish: Emissiya doirasida har birining nominal qiymati $100 bo‘lgan obligatsiyalarni investorlar orasida joylashtirish rejalashtirilmoqda. Obligatsiyalar bo‘yicha kupon foiz daromadliligi yillik 8,5% etib belgilangan. Foiz daromadlari investorlarga har chorakda to‘lab boriladi. Bu esa obligatsiya egalari uchun muntazam daromad olish imkonini beradi. Bank obligatsiyalarni chiqarish orqali qo‘shimcha moliyaviy resurslarni jalb qilishni va kapital bozoridagi ishtirokini kengaytirishni ko‘zlamoqda. Avvalroq, Istiqbolli loyihalar milliy agentligi mahalliy kompaniyalarga $50 mln gacha valyuta obligatsiyalarini chiqarish imkonini beruvchi tartibni joriy qilgan edi. UniversalBankning $10 mlnlik emissiyasi ham ushbu yangi imkoniyatlar doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda va O‘zbekistonda valyuta obligatsiyalari bozorining rivojlanishiga xizmat qilishi mumkin. Maqolani ulashing: Twitter Twitter Twitter Twitter Foto: CBU Previous Next O'xshash yangiliklar O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi (UZNIF) 2026-yilning birinchi yarim yilligi yakunlari bo‘yicha 2,1 trln so‘m sof foyda qayd etdi. UZNIF 2026-yilning birinchi yarmida 2,1 trln so‘m sof foyda oldi 11/08/26 Read More Markaziy bank zaxiralaridagi AQSh gʻaznachilik obligatsiyalarining deyarli 40 foizi, yaʼni $1,1 mlrd dollarga teng qismi sotildi Markaziy bank zaxirasidagi qiymati $1,1 mlrd dollarlik qimmatli qogʻozlarni sotdi 11/08/26 Read More Kimdir sizga “30 mln oylik maosh beraman, tajriba kerak emas, faqat korxonada direktor boʻlasan” deb aytganmi? “Sholgʻom direktor” — moliyaviy firibgarlik 10/08/26 Read More 2026-yilning birinchi yarim yilligida O‘zbekistonda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan umumiy daromad 16,1 mln so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Statistika qo‘mitasi ma’lum qildi. Statistika qo‘mitasi ma’lumotlari 2026-yilning I yarmida aholining aholi jon boshiga toʻgʻri kelgan daromadi (per capita) 16,1 mln soʻmga yetdi 07/08/26 Read More Mikrokreditbank aksiyadorlarining yillik umumiy yigʻilishida 2025-yil yakunlari boʻyicha foydani taqsimlash quyidagicha maʼqullandi. Mikrokreditbank oddiy aksiya egalari bu yil dividend olmaydi 07/08/26 Read More SpaceX kompaniyasining insayderlari va ayrim aksiyadorlariga tegishli 911,5 million dona aksiya 6-avgust kuni lock-up muddatidan chiqdi. Natijada ushbu aksiyalarni ochiq bozorda sotish imkoniyati kengaydi. SpaceX kompaniyasining 900 million dan ortiq aksiyasi qulfdan (lock-up) ochildi #aksiya 07/08/26 Read More

  • Markaziy bank zaxirasidagi qiymati $1,1 mlrd dollarlik qimmatli qogʻozlarni sotdi

    Markaziy bank zaxirasidagi qiymati $1,1 mlrd dollarlik qimmatli qogʻozlarni sotdi Markaziy bank zaxirasidagi qiymati $1,1 mlrd dollarlik qimmatli qogʻozlarni sotdi 2 min 10/08/26, 12:02 Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link Ulashish: Markaziy bank zaxiralaridagi AQSh gʻaznachilik obligatsiyalarining deyarli 40 foizi, yaʼni $1,1 mlrd dollarga teng qismi sotildi — bunday koʻlamdagi sotuv ilk bor qayd etilmoqda. 2026-yil 1-iyul holatiga koʻra, Markaziy bank zaxirasidagi oltin qiymati $61,4 mlrd dollardan $55,75 mlrd dollarga tushdi — bu 1-iyun holatiga nisbatan $5,7 mlrd dollar kamroq. Zaxiralarning qisqarishiga, avvalambor, jahon bozorida oltin narxining pasayishi sabab boʻlsa-da, zaxiralardagi jismoniy oltin hajmi 13,6 mln troy unsiyadan 13,88 mln troy unsiyagacha oshgan. Bugungi kunda umumiy xalqaro zaxiralarimizning qariyb 87,4 foizini oltin egallamoqda. Maqolani ulashing: Twitter Twitter Twitter Twitter Foto: gazeta.uz Previous Next O'xshash yangiliklar O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi (UZNIF) 2026-yilning birinchi yarim yilligi yakunlari bo‘yicha 2,1 trln so‘m sof foyda qayd etdi. UZNIF 2026-yilning birinchi yarmida 2,1 trln so‘m sof foyda oldi 11/08/26 Read More Kimdir sizga “30 mln oylik maosh beraman, tajriba kerak emas, faqat korxonada direktor boʻlasan” deb aytganmi? “Sholgʻom direktor” — moliyaviy firibgarlik 10/08/26 Read More 2026-yilning birinchi yarim yilligida O‘zbekistonda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan umumiy daromad 16,1 mln so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Statistika qo‘mitasi ma’lum qildi. Statistika qo‘mitasi ma’lumotlari 2026-yilning I yarmida aholining aholi jon boshiga toʻgʻri kelgan daromadi (per capita) 16,1 mln soʻmga yetdi 07/08/26 Read More Mikrokreditbank aksiyadorlarining yillik umumiy yigʻilishida 2025-yil yakunlari boʻyicha foydani taqsimlash quyidagicha maʼqullandi. Mikrokreditbank oddiy aksiya egalari bu yil dividend olmaydi 07/08/26 Read More SpaceX kompaniyasining insayderlari va ayrim aksiyadorlariga tegishli 911,5 million dona aksiya 6-avgust kuni lock-up muddatidan chiqdi. Natijada ushbu aksiyalarni ochiq bozorda sotish imkoniyati kengaydi. SpaceX kompaniyasining 900 million dan ortiq aksiyasi qulfdan (lock-up) ochildi #aksiya 07/08/26 Read More Mikromoliya bozori ishtirokchilaridan biri bo‘lgan Agat Credit 2026-yilning birinchi yarim yilligi yakunlari bo‘yicha moliyaviy natijalarini e'lon qildi. Hisobotga ko‘ra, kompaniyaning sof foydasi 3,5 mlrd so‘mni tashkil etdi. "Agat Credit" sof foydasini qariyb 82 foizga oshirdi, kredit portfeli 265,4 mlrd so‘mga yetdi 06/08/26 Read More

  • UZNIF 2026-yilning birinchi yarmida 2,1 trln so‘m sof foyda oldi

    UZNIF 2026-yilning birinchi yarmida 2,1 trln so‘m sof foyda oldi UZNIF 2026-yilning birinchi yarmida 2,1 trln so‘m sof foyda oldi 2 min 11/08/26, 06:48 Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link Ulashish: O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi (UZNIF) 2026-yilning birinchi yarim yilligi yakunlari bo‘yicha 2,1 trln so‘m sof foyda qayd etdi. Fondning moliyaviy natijalari yil boshidagi ko‘rsatkichlarga nisbatan sezilarli yaxshilangan. Eslatib o‘tamiz, UZNIF 2026-yilning birinchi choragini 417,4 mlrd so‘m zarar bilan yakunlagan edi. Olti oy davomida fond investitsiya portfelidagi aksiyalar qiymati 2,2 trln so‘mga oshdi. Mazkur o‘sish asosan aksiyalar bozor qiymatining oshishi hisobiga shakllangan bo‘lib, hozircha realizatsiya qilinmagan daromadni anglatadi. Ya’ni fond ushbu aksiyalarni sotmaguncha, qiymat o‘sishi real pul tushumi sifatida shakllanmaydi. Portfeldagi eng yuqori o‘sish “O‘zbektelekom” oddiy aksiyalarida kuzatildi. Ularning qiymati olti oy davomida qariyb 150 foizga oshgan. Biroq investorlar uchun aksiyalar qiymatining o‘sishidan tashqari, fondning real pul oqimlari va dividend daromadlari ham muhim ahamiyatga ega. 2026-yilning birinchi yarmida UZNIF jami 341 mlrd so‘m dividend daromadi oldi. Bu fond portfelidagi kompaniyalar aksiyadorlarga to‘lagan dividendlarning UZNIF ulushiga to‘g‘ri keladi. Shunday qilib, fondning birinchi yarim yillik natijalarida ikkita asosiy omil ajralib turadi: 2,1 trln so‘m sof foyda 2,2 trln so‘mlik realizatsiya qilinmagan portfel o‘sishi 341 mlrd so‘m dividend daromadi “O‘zbektelekom” aksiyalarida qariyb 150 foizlik o‘sish UZNIFning birinchi chorakdagi 417,4 mlrd so‘mlik zararidan keyin yarim yillikni 2,1 trln so‘m foyda bilan yakunlagani fond moliyaviy natijalarining ikkinchi chorakda keskin yaxshilanganini ko‘rsatmoqda. Maqolani ulashing: Twitter Twitter Twitter Twitter Foto: uznif Previous Next O'xshash yangiliklar Markaziy bank zaxiralaridagi AQSh gʻaznachilik obligatsiyalarining deyarli 40 foizi, yaʼni $1,1 mlrd dollarga teng qismi sotildi Markaziy bank zaxirasidagi qiymati $1,1 mlrd dollarlik qimmatli qogʻozlarni sotdi. 10/08/26 Read More Kimdir sizga “30 mln oylik maosh beraman, tajriba kerak emas, faqat korxonada direktor boʻlasan” deb aytganmi? “Sholgʻom direktor” — moliyaviy firibgarlik 10/08/26 Read More 2026-yilning birinchi yarim yilligida O‘zbekistonda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan umumiy daromad 16,1 mln so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Statistika qo‘mitasi ma’lum qildi. Statistika qo‘mitasi ma’lumotlari 2026-yilning I yarmida aholining aholi jon boshiga toʻgʻri kelgan daromadi (per capita) 16,1 mln soʻmga yetdi 07/08/26 Read More Mikrokreditbank aksiyadorlarining yillik umumiy yigʻilishida 2025-yil yakunlari boʻyicha foydani taqsimlash quyidagicha maʼqullandi. Mikrokreditbank oddiy aksiya egalari bu yil dividend olmaydi 07/08/26 Read More SpaceX kompaniyasining insayderlari va ayrim aksiyadorlariga tegishli 911,5 million dona aksiya 6-avgust kuni lock-up muddatidan chiqdi. Natijada ushbu aksiyalarni ochiq bozorda sotish imkoniyati kengaydi. SpaceX kompaniyasining 900 million dan ortiq aksiyasi qulfdan (lock-up) ochildi #aksiya 07/08/26 Read More Mikromoliya bozori ishtirokchilaridan biri bo‘lgan Agat Credit 2026-yilning birinchi yarim yilligi yakunlari bo‘yicha moliyaviy natijalarini e'lon qildi. Hisobotga ko‘ra, kompaniyaning sof foydasi 3,5 mlrd so‘mni tashkil etdi. "Agat Credit" sof foydasini qariyb 82 foizga oshirdi, kredit portfeli 265,4 mlrd so‘mga yetdi 06/08/26 Read More

  • “Sholgʻom direktor” — moliyaviy firibgarlik

    “Sholgʻom direktor” — moliyaviy firibgarlik “Sholgʻom direktor” — moliyaviy firibgarlik 3 min 10/08/26, 11:56 Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link Ulashish: Kimdir sizga “30 mln oylik maosh beraman, tajriba kerak emas, faqat korxonada direktor boʻlasan” deb aytganmi? Bugun bunday takliflar ortida qanday sxema yashiringanini koʻrib chiqamiz. Firibgarlar odatda koʻchadan ishonuvchan odam topishadi — koʻpincha moddiy ahvoli ogʻir, hujjatlarga unchalik eʼtibor bermaydigan shaxs. Unga pul vaʼda qilinadi va u hujjatlarda kompaniyaning direktori — CEO sifatida koʻrsatiladi. Sxema qanday ishlaydi: — Haqiqiy tashkilotchilar orqada, koʻrinmas holda qoladi. — Sholgʻom nomidan kompaniya uchun bank kreditlari olinadi. — Boshqa firmalar bilan bitimlar uning imzosi bilan tuziladi, majburiyatlar asta-sekin oshib boradi. Bir muddat firma odatiy tarzda faoliyat yuritayotgandek koʻrinadi. Lekin qarzlar va bank kreditlari toʻlanmay qolgach, kompaniyaning haqiqiy egalari koʻzdan gʻoyib boʻlib, chetga surib ketishadi. ⚠️ Invest24 bunday firibgarlik sxemalaridan ehtiyot boʻlishga chaqiradi. Maqolani ulashing: Twitter Twitter Twitter Twitter Foto:www.123rf.com Previous Next O'xshash yangiliklar Markaziy bank zaxiralaridagi AQSh gʻaznachilik obligatsiyalarining deyarli 40 foizi, yaʼni $1,1 mlrd dollarga teng qismi sotildi Markaziy bank zaxirasidagi qiymati $1,1 mlrd dollarlik qimmatli qogʻozlarni sotdi. 10/08/26 Read More 2026-yilning birinchi yarim yilligida O‘zbekistonda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan umumiy daromad 16,1 mln so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Statistika qo‘mitasi ma’lum qildi. Statistika qo‘mitasi ma’lumotlari 2026-yilning I yarmida aholining aholi jon boshiga toʻgʻri kelgan daromadi (per capita) 16,1 mln soʻmga yetdi 07/08/26 Read More Mikrokreditbank aksiyadorlarining yillik umumiy yigʻilishida 2025-yil yakunlari boʻyicha foydani taqsimlash quyidagicha maʼqullandi. Mikrokreditbank oddiy aksiya egalari bu yil dividend olmaydi 07/08/26 Read More SpaceX kompaniyasining insayderlari va ayrim aksiyadorlariga tegishli 911,5 million dona aksiya 6-avgust kuni lock-up muddatidan chiqdi. Natijada ushbu aksiyalarni ochiq bozorda sotish imkoniyati kengaydi. SpaceX kompaniyasining 900 million dan ortiq aksiyasi qulfdan (lock-up) ochildi #aksiya 07/08/26 Read More Mikromoliya bozori ishtirokchilaridan biri bo‘lgan Agat Credit 2026-yilning birinchi yarim yilligi yakunlari bo‘yicha moliyaviy natijalarini e'lon qildi. Hisobotga ko‘ra, kompaniyaning sof foydasi 3,5 mlrd so‘mni tashkil etdi. "Agat Credit" sof foydasini qariyb 82 foizga oshirdi, kredit portfeli 265,4 mlrd so‘mga yetdi 06/08/26 Read More Oʻzbekiston Milliy investitsiya jamgʻarmasining London fond birjasida savdo qilinayotgan bir dona GDR (Global Depositary Receipt) narxi hozirda qariyb $34 dollarni tashkil etmoqda. Milliy investitsiya jamgʻarmasi GDRlari $34 dollarga chiqdi #IPO, #bond, #fond bozorlari 06/08/26 Read More

  • 2026-yilning I yarmida aholining aholi jon boshiga toʻgʻri kelgan daromadi (per capita) 16,1 mln soʻmga yetdi

    2026-yilning I yarmida aholining aholi jon boshiga toʻgʻri kelgan daromadi (per capita) 16,1 mln soʻmga yetdi 2026-yilning I yarmida aholining aholi jon boshiga toʻgʻri kelgan daromadi (per capita) 16,1 mln soʻmga yetdi 2 min 07/08/26, 05:37 Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link Ulashish: 2026-yilning birinchi yarim yilligida O‘zbekistonda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan umumiy daromad 16,1 mln so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Statistika qo‘mitasi ma’lum qildi. Statistika qo‘mitasi ma’lumotlari Hisobotga ko‘ra: nominal daromadlar 14,5 foizga oshgan inflyatsiya hisobga olinganda real daromadlar 7,3 foizga o‘sgan aholi jon boshiga daromad 16,1 mln so‘mga yetgan Oddiy hisob-kitob qiladigan bo‘lsak, 16,1 mln so‘mni olti oyga bo‘lganda oyiga o‘rtacha 2,68 mln so‘mga to‘g‘ri keladi. Biroq bu raqamni aholining o‘rtacha oylik maoshi sifatida tushunmaslik kerak. Aholi jon boshiga daromad ko‘rsatkichi ish haqi bilan cheklanmaydi. Unga tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlar, transferlar, mulkiy daromadlar va boshqa tushumlar ham kiradi. Yana bir muhim jihat — 7,3 foizlik real o‘sish barcha fuqarolarning daromadi aynan 7,3 foizga oshganini anglatmaydi. Bu o‘rtacha statistik ko‘rsatkich. Daromadlarning aholining turli qatlamlari o‘rtasida qanday taqsimlangani alohida masala. Masalan, yuqori daromadli qatlamlarning daromadi tezroq o‘ssa, umumiy o‘rtacha ko‘rsatkich ham yuqorilashi mumkin. Shu sababli 16,1 mln so‘mlik ko‘rsatkichni aholining real xarid qobiliyatini baholashda boshqa indikatorlar, jumladan, inflyatsiya, ish haqi o‘sishi va daromadlar taqsimoti bilan birgalikda ko‘rib chiqish muhim. Xullas, qo‘shnim har kuni qo‘y go‘shti yeydi, men esa faqat kartoshka. Statistika bo‘yicha esa ikkalamiz ham har kuni qozon kabob yeyapmiz. Maqolani ulashing: Twitter Twitter Twitter Twitter Previous Next O'xshash yangiliklar Mikrokreditbank aksiyadorlarining yillik umumiy yigʻilishida 2025-yil yakunlari boʻyicha foydani taqsimlash quyidagicha maʼqullandi. Mikrokreditbank oddiy aksiya egalari bu yil dividend olmaydi 07/08/26 Read More SpaceX kompaniyasining insayderlari va ayrim aksiyadorlariga tegishli 911,5 million dona aksiya 6-avgust kuni lock-up muddatidan chiqdi. Natijada ushbu aksiyalarni ochiq bozorda sotish imkoniyati kengaydi. SpaceX kompaniyasining 900 million dan ortiq aksiyasi qulfdan (lock-up) ochildi #aksiya 07/08/26 Read More Mikromoliya bozori ishtirokchilaridan biri bo‘lgan Agat Credit 2026-yilning birinchi yarim yilligi yakunlari bo‘yicha moliyaviy natijalarini e'lon qildi. Hisobotga ko‘ra, kompaniyaning sof foydasi 3,5 mlrd so‘mni tashkil etdi. "Agat Credit" sof foydasini qariyb 82 foizga oshirdi, kredit portfeli 265,4 mlrd so‘mga yetdi 06/08/26 Read More Oʻzbekiston Milliy investitsiya jamgʻarmasining London fond birjasida savdo qilinayotgan bir dona GDR (Global Depositary Receipt) narxi hozirda qariyb $34 dollarni tashkil etmoqda. Milliy investitsiya jamgʻarmasi GDRlari $34 dollarga chiqdi #IPO, #bond, #fond bozorlari 06/08/26 Read More 2026-yil iyul oyida O‘zbekistonda iste’mol narxlari biroz pasaydi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, iyul oyida iste’mol narxlari indeksi (INI) 0,1 foiz deflyatsiyani qayd etdi. Iyul oyida O‘zbekistonda 0,1 foizlik deflyatsiya qayd etildi #iqtisod 06/08/26 Read More CFD shartnomalar haqida aytilmaydigan haqiqatlar #CFD 04/04/26 Read More

  • Mikrokreditbank oddiy aksiya egalari bu yil dividend olmaydi

    Mikrokreditbank oddiy aksiya egalari bu yil dividend olmaydi Mikrokreditbank oddiy aksiya egalari bu yil dividend olmaydi 1 min 07/08/26, 05:27 Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link Ulashish: Mikrokreditbank aksiyadorlarining yillik umumiy yigʻilishida 2025-yil yakunlari boʻyicha foydani taqsimlash quyidagicha maʼqullandi: Imtiyozli aksiyalar boʻyicha — bir aksiyaga 213,6 soʻmdan (NOMINAL narxga nisbatan 20 foiz) dividend toʻlanadi Oddiy aksiyalar egalari esa bu yil dividend olmaydi — 0 soʻm. Avvalroq, 2026-yil mart oyida Markaziy bank 8 ta tijorat bankiga foydani dividend koʻrinishida taqsimlamaslik boʻyicha topshiriq bergan edi. Lekin unda aynan qaysi banklar ekanligi ochiqlanmagan. Ehtimol, Mikrokreditbank ham shu topshiriqqa amal qilayotgan boʻlishi mumkin — chunki avvalroq Sanoat qurilish bank ham oddiy aksiya egalariga bu yil dividend bermaslikka qaror qilgan edi. Imtiyozli aksiyadorlar esa, har qanday holatda jamiyat foyda koʻrish-koʻrmasligidan qatʼiy nazar kafolatlangan dividend olishadi — bu ularni oddiy aksiyadorlardan farqli qiladi. Maqolani ulashing: Twitter Twitter Twitter Twitter Previous Next O'xshash yangiliklar 2026-yilning birinchi yarim yilligida O‘zbekistonda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan umumiy daromad 16,1 mln so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Statistika qo‘mitasi ma’lum qildi. Statistika qo‘mitasi ma’lumotlari 2026-yilning I yarmida aholining aholi jon boshiga toʻgʻri kelgan daromadi (per capita) 16,1 mln soʻmga yetdi 07/08/26 Read More SpaceX kompaniyasining insayderlari va ayrim aksiyadorlariga tegishli 911,5 million dona aksiya 6-avgust kuni lock-up muddatidan chiqdi. Natijada ushbu aksiyalarni ochiq bozorda sotish imkoniyati kengaydi. SpaceX kompaniyasining 900 million dan ortiq aksiyasi qulfdan (lock-up) ochildi #aksiya 07/08/26 Read More Mikromoliya bozori ishtirokchilaridan biri bo‘lgan Agat Credit 2026-yilning birinchi yarim yilligi yakunlari bo‘yicha moliyaviy natijalarini e'lon qildi. Hisobotga ko‘ra, kompaniyaning sof foydasi 3,5 mlrd so‘mni tashkil etdi. "Agat Credit" sof foydasini qariyb 82 foizga oshirdi, kredit portfeli 265,4 mlrd so‘mga yetdi 06/08/26 Read More Oʻzbekiston Milliy investitsiya jamgʻarmasining London fond birjasida savdo qilinayotgan bir dona GDR (Global Depositary Receipt) narxi hozirda qariyb $34 dollarni tashkil etmoqda. Milliy investitsiya jamgʻarmasi GDRlari $34 dollarga chiqdi #IPO, #bond, #fond bozorlari 06/08/26 Read More 2026-yil iyul oyida O‘zbekistonda iste’mol narxlari biroz pasaydi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, iyul oyida iste’mol narxlari indeksi (INI) 0,1 foiz deflyatsiyani qayd etdi. Iyul oyida O‘zbekistonda 0,1 foizlik deflyatsiya qayd etildi #iqtisod 06/08/26 Read More CFD shartnomalar haqida aytilmaydigan haqiqatlar #CFD 04/04/26 Read More

Qidiruv natijalari

bottom of page