top of page
Islom moliyasi maslahat kengashi (IFCB) Imam Invest bilan hamkorlikni toʻxtatdi.

​

Islom moliyasi maslahat kengashi (IFCB) Imam Invest bilan hamkorlikni toʻxtatdi.

#Islom_moliyasi

4 daqiqa

26/10/26, 22:37

1/3 Bitcoin
Ulashish:

☪ Islom moliyasi maslahat kengashi (IFCB) Imam Invest bilan hamkorlikni toʻxtatdi.


Iman Invest kompaniyasi bilan hamkorlik qilgan Islom moliyasi boʻyicha maslahat kengashi (Islamic Finance Consulting Board, IFCB) kompaniya bilan aloqani toʻxtatganini maʼlum qildi.


Kompaniya esa bu ayblovlar asossiz ekanini aytmoqda.


Kengash nima deydi?


Kengash bayonotiga koʻra, 2026-yil iyul oyida ularga kompaniyadagi shubhali operatsiyalarni aks ettiruvchi hujjatlar topshirilgan.


Moliyachi, huquqshunos va shariat auditorlaridan iborat guruh uch yarim oy davomida bu hujjatlarni oʻrgangan, tekshiruv 15-oktyabrda yakunlangan.


Kengashning aytishicha, kompaniya rahbarlari investorlar pulini shariat qoidalariga, ichki hujjatlarga va qonunga qarshi tarzda ishlatgan.


Kompaniya mudoraba (ishonchli sheriklik) asosida ishlaydi, bunda investor kapitali yoʻqolsa, foyda boʻlishi mumkin emas.


Shunga qaramay, kengash foyda tarqatilganini daʼvo qilmoqda. Shuningdek, mablagʻlar qimmatbaho mashina, uy-joy va maʼmuriy xarajatlarga ketgani, natijada bir necha million dollarlik tanqislik paydo boʻlgani aytilgan.


Shu sababli kengash zarar qoplanmaguncha bu kompaniyaga pul kiritishni tavsiya etmaydi.


Iman Invest javobi


Kompaniya masalani jiddiy qabul qilganini bildirib, investorlarni xotirjamlikka chaqirdi. Mustaqil shariat auditi uchun Usmani’s auditorlik kompaniyasi bilan kelishilgani va tekshiruv boshlangani aytildi.


Bundan tashqari, tan olingan olimlardan yangi ichki kengash tuzilmoqda; u ishga tushmaguncha yangi mahsulotlar chiqarilmaydi va mavjudlari oʻzgartirilmaydi.


Rustam Rahmatov videomurojaatida kengash aʼzosi Mahmud Usmonning gaplarini rad etdi. Uning soʻzlariga koʻra, ikki yarim yil ichida Usmonga 100 ming dollardan koʻp xizmat haqi toʻlangan.


Ziddiyat esa toʻlovlar kamaytirilishi va kompaniya aksiyasidan ulush soʻralib, rad etilganidan keyin boshlangan.


U ikki yil oldingi audit natijalari ijobiy boʻlganini eslatdi, yangi auditning xulosasi ochiq eʼlon qilinishini va investorlar oldidagi majburiyatlar saqlanishini aytdi.  Masalani qonun yoʻli bilan hal qilishini bildirdi.


Ikki tomonning daʼvolari bir-biriga zid, mustaqil tasdiq esa hozircha yoʻq. Investorlar pulining xavfsizligi haqidagi savolga yangi audit natijalari chiqqandan keyin aniqlik kirishi mumkin.

Maqolani ulashing:

#google

O'xshash yangiliklar
Blackrock kompaniyasi Toshkent moliya markazini qurishda aynan qanday yordam beradi?
#TIFC

25/09/26

Blackrock Toshkent moliya markazi konsepsiyasini ishlab chiqishda koʻmaklashadi.
#TIFC

25/09/26

Saida Mirziyoyeva Toshkent xalqaro moliya markazi (TIFC) boshqaruvchisi etib tayinlandi.
#TIFC, #iqtisod

10/09/26

Nvidia kompaniyasining sof foydasi kelgusi uch yil davomida jami $595 mlrdga yetishi kutilmoqda. Kompaniya oxirgi 12 oyning o‘zida $197,6 mlrd sof foyda qayd etgan.

Nvidia kelgusi uch yilda $595 mlrd sof foyda olishi kutilmoqda
​

07/09/26

1964-yildan buyon AQShning S&P 500 fond indeksi 10 084% ga o‘sdi. Shu davr mobaynida AQShdagi nominal ish haqi o‘sishi esa 1 196% atrofida bo‘lgan. Raqamlar uzoq muddatda aktivlarga egalik qilish va faqat mehnat daromadiga tayanish o‘rtasidagi katta tafovutni ko‘rsatadi.

S&P 500 60 yilda 10 000% dan ko‘proq o‘sdi: ish haqi esa ancha sekin oshgan
​

07/09/26

2026-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonning tabiiy gaz importi $1,1 mlrdga yetdi. Shu davrda gaz eksporti esa $279,7 mlnni tashkil etdi. Natijada import qiymati eksportdan qariyb 4 barobar yuqori bo‘ldi.

O‘zbekistonda gaz importi eksportdan qariyb 4 barobar oshdi
​

07/09/26

bottom of page