top of page
Blackrock Toshkent moliya markazi konsepsiyasini ishlab chiqishda koʻmaklashadi.

​

Blackrock Toshkent moliya markazi konsepsiyasini ishlab chiqishda koʻmaklashadi.

#TIFC

3 daqiqa

25/09/26, 22:53

1/3 Bitcoin
Ulashish:

BlackRock Toshkent moliya markazi konsepsiyasini ishlab chiqishda yordam beradi.


2026-yil mart oyida Prezident farmoni bilan Toshkent xalqaro moliya markazini ishga tushirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan edi. Markaz 2027-yilgacha toʻliq ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda.


Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 24-sentyabrda Nyu-Yorkda BlackRock rahbariyati bilan uchrashdi.


Muzokaralar davomida 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazini ishga tushirish hamda AQSh investorlari bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi.


Markaz konsepsiyasi va tuzilmasini ishlab chiqishda dunyodagi eng yirik investitsiya kompaniyalaridan biri — 14 trln dollarlik aktivlarni boshqaruvchi (asset management) BlackRock koʻmaklashishga kelishildi.


Uchrashuvda BlackRock prezidenti Robert Kapito, vitse-rais Tomas Donilon, shuningdek “Global Infrastructure Partners” raisi va bosh ijrochi direktori Adebayo Ogunlesi kabi rahbarlar ishtirok etdi.


“BlackRock ushbu markaz konsepsiyasi va tuzilmasini ishlab chiqishda koʻmaklashmoqda”, — deb yozadi Mirziyoyeva.

Maqolani ulashing:

#google

O'xshash yangiliklar
Blackrock kompaniyasi Toshkent moliya markazini qurishda aynan qanday yordam beradi?
#TIFC

25/09/26

Saida Mirziyoyeva Toshkent xalqaro moliya markazi (TIFC) boshqaruvchisi etib tayinlandi.
#TIFC, #iqtisod

10/09/26

Nvidia kompaniyasining sof foydasi kelgusi uch yil davomida jami $595 mlrdga yetishi kutilmoqda. Kompaniya oxirgi 12 oyning o‘zida $197,6 mlrd sof foyda qayd etgan.

Nvidia kelgusi uch yilda $595 mlrd sof foyda olishi kutilmoqda
​

07/09/26

1964-yildan buyon AQShning S&P 500 fond indeksi 10 084% ga o‘sdi. Shu davr mobaynida AQShdagi nominal ish haqi o‘sishi esa 1 196% atrofida bo‘lgan. Raqamlar uzoq muddatda aktivlarga egalik qilish va faqat mehnat daromadiga tayanish o‘rtasidagi katta tafovutni ko‘rsatadi.

S&P 500 60 yilda 10 000% dan ko‘proq o‘sdi: ish haqi esa ancha sekin oshgan
​

07/09/26

2026-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonning tabiiy gaz importi $1,1 mlrdga yetdi. Shu davrda gaz eksporti esa $279,7 mlnni tashkil etdi. Natijada import qiymati eksportdan qariyb 4 barobar yuqori bo‘ldi.

O‘zbekistonda gaz importi eksportdan qariyb 4 barobar oshdi
​

07/09/26

Apple’da 15 yildan so‘ng rahbariyat almashdi. Tim Cook bosh ijrochi direktor (CEO) lavozimini tark etdi va uning o‘rnini kompaniyada 25 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan John Ternus egalladi.

Apple’da yangi davr: Tim Cook 15 yildan so‘ng CEO lavozimini John Ternusga topshirdi
​

07/09/26

bottom of page