Saida Mirziyoyeva Toshkent xalqaro moliya markazi (TIFC) boshqaruvchisi etib tayinlandi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent xalqaro moliya markazi (TIFC) boshqaruvchisi etib tayinlandi.
#TIFC, #iqtisod
3 daqiqa
10/09/26, 22:21

Ulashish:
Saida Mirziyoyeva Toshkent xalqaro moliya markazi (TIFC) boshqaruvchisi etib tayinlandi.
Prezident farmoniga koʻra, Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva oʻz lavozimini saqlagan holda, qoʻshimcha ravishda Toshkent xalqaro moliya markazi boshqaruvchisi lavozimiga tayinlandi.
Boshqaruvchi Moliya markazi kengashining bosh kotibi boʻlib, kun tartibini shakllantirishni tashkil etish, rais qatnashmagan majlislarda ularga raislik qilish va davlat organlari hamda markaz tuzilmalari oʻrtasidagi hamkorlikni yoʻlga qoʻyishda hal qiluvchi rolni bajaradi.
TIFC nima oʻzi?
Toshkent xalqaro moliya markazi 2026-yil mart oyida prezident farmoni bilan tashkil etilgan boʻlib, qimmatli qogʻozlar bozorlari, bank, sugʻurta, islomiy va texnologik moliya xizmatlari, raqamli aktivlar hamda elektron tijorat kabi sohalarda faoliyat yuritadi.
Markaz Tashkent City ishbilarmonlik markazi hududida — Aloqabank, Asakabank (Asaka Tower), Oʻzsanoatqurilishbank hamda Bomi Finance Center joylashgan binolarda faoliyat yuritadi.
Markazda nizolarni hal etishda Angliya va Uels umumiy huquqi (Common Law) prinsiplari, qonunchiligi va sud pretsedentlari qoʻllaniladi.
Undan tashqari, markaz 2076-yil 1-yanvargacha bir qator soliq imtiyozlarini ham olgan.
Markazni moliyalashtirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi $20 mln begʻaraz mablagʻ ajratgan. Umumiy olganda, 2030-yilga borib TIFC orqali iqtisodiyotga qoʻshimcha $20−25 mlrd investitsiya jalb qilinishi kutilmoqda.
Markazda aksiyadorlik jamiyatlarida boʻlgani kabi kengash ham tashkil etilgan.
Uning tarkibiga Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qoʻchqorov, Markaziy bank raisi Timur Ishmetov hamda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktori D.R. Li kabi shaxslar ham oʻrin olgan.
O'xshash yangiliklar
1964-yildan buyon AQShning S&P 500 fond indeksi 10 084% ga o‘sdi. Shu davr mobaynida AQShdagi nominal ish haqi o‘sishi esa 1 196% atrofida bo‘lgan. Raqamlar uzoq muddatda aktivlarga egalik qilish va faqat mehnat daromadiga tayanish o‘rtasidagi katta tafovutni ko‘rsatadi.
S&P 500 60 yilda 10 000% dan ko‘proq o‘sdi: ish haqi esa ancha sekin oshgan
07/09/26