Blackrock kompaniyasi Toshkent moliya markazini qurishda aynan qanday yordam beradi?

Blackrock kompaniyasi Toshkent moliya markazini qurishda aynan qanday yordam beradi?
#TIFC
3 daqiqa
25/09/26, 23:17

Ulashish:
BlackRock bu loyihada investor boʻlib emas, balki markazning konsepsiyasi va institutsional tuzilmasini ishlab chiqishda ekspert-maslahatchi sifatida ishtirok etmoqda.
Yaʼni toʻgʻridan-toʻgʻri sarmoya orqali emas, balki markaz qanday ishlashi kerakligi boʻyicha yoʻl xaritasini tuzishga yordam beradi.
Bunday markaz orqali Oʻzbekiston:
— xorijiy banklar va fondlarni mamlakatga jalb qilishi mumkin
— milliy kompaniyalarni xalqaro birjalarda listinglashga tayyorlaydi (aviakompaniya, elektr tarmogʻi va boshqalar)
— mintaqada yetakchi moliya markaziga aylanish imkoniga ega boʻladi.
BlackRock orqali Toshkent moliya markazi bank, fintex, sugʻurta, islom moliyasi (Islamic finance) va kripto kompaniyalar uchun qanday shart-sharoitlar yaratilishi kerakligi boʻyicha tavsiyalar oladi.
Shuningdek, Toshkentni mintaqadagi boshqa moliya markazlari (Astana, Dubay kabi) orasida qanday ajratib koʻrsatish mumkinligi boʻyicha yoʻnalishlar belgilanadi.
Nega aynan BlackRock?
BlackRock — dunyodagi eng yirik aktivlarni boshqaruvchi (asset management) kompaniya boʻlib, uning boshqaruvida 14 trln dollardan ortiq mablagʻ bor.
Bunday gigantning ishtirok etishi xalqaro investorlar nazarida loyihaga ishonch va yetarlicha jiddiylik belgisi sifatida qaraladi.
O'xshash yangiliklar
1964-yildan buyon AQShning S&P 500 fond indeksi 10 084% ga o‘sdi. Shu davr mobaynida AQShdagi nominal ish haqi o‘sishi esa 1 196% atrofida bo‘lgan. Raqamlar uzoq muddatda aktivlarga egalik qilish va faqat mehnat daromadiga tayanish o‘rtasidagi katta tafovutni ko‘rsatadi.
S&P 500 60 yilda 10 000% dan ko‘proq o‘sdi: ish haqi esa ancha sekin oshgan
07/09/26