Ustav kapitalni qo'shimcha aksiyalar orqali ko'paytirish nimani anglatadi?

Ustav kapitalni qo'shimcha aksiyalar orqali ko'paytirish nimani anglatadi?
#kompaniyalar
4 daqiqa
20/04/25, 16:23

Ulashish:
Odatda banklar, to'lov tashkilotlari ustav kapitaliga minimal talabi qonunchilik talabi bilan doimiy oshib boradi. Misol uchun tijorat banklari ustav kapitaliga qo'yilgan minimal miqdor 2025-yil 1-yanvar sanasidan 500 mlrd so'm etib belgilangan. Odatda aksiyadorlik jamiyatlari fond birjalarida qo'shimcha aksiyalar chiqarish orqali ustav kapital miqdorini oshirishga harakat qilishadi. Sababi, jamiyatga tijorat faoliyati uchun pul kerak bo'lsa, nima uchun ushbu pulni fond birjasi orqali investorlardan olmasligi kerak? Kapitalni qo'shimcha aksiyalar orqali ko'paytirish - bu jamiyat uchun qo'shimcha moliyaviy mablag'larni jalb qilish usuli. Unda yangi aksiyalarni chiqarish va ularni birlamchi yoki ikkilamchi bozorda sotish orqali amalga oshiriladi. Misol uchun "Smart bank" AJ yagona aksiyadori qarori bilan har biri 1 000 so'mdan 150 mlrd dona aksiya chiqarish orqali ustav kapitalini qonunchilik minimal talabiga yetkazgan. Bu jarayon bankning moliyaviy barqarorligini oshirish, yangi investorlarni jalb qilish imkonini beradi. Biroq, ushbu qimmatli qog'ozlarni sotib olishga tayyor investorlar ham bo'lishi kerak. Yo'qsa, likvidlik muammolari kelib chiqishi mumkin.
O'xshash yangiliklar
1964-yildan buyon AQShning S&P 500 fond indeksi 10 084% ga o‘sdi. Shu davr mobaynida AQShdagi nominal ish haqi o‘sishi esa 1 196% atrofida bo‘lgan. Raqamlar uzoq muddatda aktivlarga egalik qilish va faqat mehnat daromadiga tayanish o‘rtasidagi katta tafovutni ko‘rsatadi.
S&P 500 60 yilda 10 000% dan ko‘proq o‘sdi: ish haqi esa ancha sekin oshgan
07/09/26