Uorren Baffet 2025-yil oxirida Berkshire Hathaway bosh direktori (CEO) lavozimidan ketishini e’lon qildi
Uorren Baffet 2025-yil oxirida Berkshire Hathaway bosh direktori (CEO) lavozimidan ketishini e’lon qildi
#tahlil
4 daqiqa
07/05/25, 17:59
Ulashish:
Uorren Baffet 2025-yil oxirida Berkshire Hathaway bosh direktori (CEO) lavozimidan ketishini e’lon qildi.
Ushbu lavozimni kompaniya vitse-prezidenti Greg Abel egallaydi.
Berkshire Hathaway 60 dan ortiq kompaniyalarga egalik qiluvchi dunyodagi 8 chi yirik kompaniya hisoblanadi.
Jumladan Geico sug'urta kompaniyasi, batareya ishlab chiqaruvchi Duracell va Dairy Queen restoranlar tarmog'ini qamrab oladi.
Uorren Baffet'ning Berkshire Hathaway kompaniyasi AQSh g'aznachilik veksellarida 314,101 milliard dollar mablag' to'pladi.
Bu investitsiya hajmi qisqa muddatli davlat qarz majburiyatlari bozorining 5,1 foizini tashkil etmoqda.
2025-yil mart oyi holatiga ko'ra, AQSh g'aznachilik veksellarining umumiy bozor hajmi 6,15 trillion dollarga baholanmoqda.
Berkshire'ning g'aznachilik portfeli hatto AQSh Federal zaxira tizimi egalik qilayotgan 195 milliard dollarlik g'aznachilik qog'ozlaridan ham ko'proq.
Berkshire Hathaway moliyaviy ko'rsatkichlari:
2024 yilda kompaniyaning operatsion foydasi 47,4 milliard dollarni tashkil etdi;
Sug'urta sohasi yuqori darajada rivojlandi, ayniqsa GEICO kompaniyasi;
Berkshire 2024-yilda 26,8 milliard dollar federal soliq to'ladi;
Yaponiyada 5 ta yirik kompaniyaga 13,8 milliard dollar sarmoya kiritgan;
Kompaniya 60 yil davomida faqat bir marta dividend to'lagan. Qolgan barcha olingan foyda qayta investitsiya qilingan.
O'xshash yangiliklar
1964-yildan buyon AQShning S&P 500 fond indeksi 10 084% ga o‘sdi. Shu davr mobaynida AQShdagi nominal ish haqi o‘sishi esa 1 196% atrofida bo‘lgan. Raqamlar uzoq muddatda aktivlarga egalik qilish va faqat mehnat daromadiga tayanish o‘rtasidagi katta tafovutni ko‘rsatadi.
S&P 500 60 yilda 10 000% dan ko‘proq o‘sdi: ish haqi esa ancha sekin oshgan
07/09/26