Ukraina davlat obligatsiyalari tinchlik muzokaralari paytida narxi o'sib bormoqda

Ukraina davlat obligatsiyalari tinchlik muzokaralari paytida narxi o'sib bormoqda
#iqtisod, #tahlil
3 daqiqa
24/02/25, 00:42

Ulashish:
AQSh va Rossiya diplomatlari Saudi Arabistonida Ukrainadagi mojarolarni to'xtatish bo'yicha muzokaralari davlat obligatsiyalar narxini oshirmoqda. Odatda siyosiy beqarorlik sharoitlarida davlat chiqargan qimmatli qog'ozlar narxlari tushib ketadi, chunki investorlar davlatning o'z majburiyatlarini bajara olmaslik xavfidan qo'rqadi.
Bu holat Ukraina bir qismi bo'lgan Qrim 2014-yil mart oyida Rossiya tomonidan anneksiya qilinganda ham kuzatilgan.
2015-yilda obligatsiya narxlari keskin tushgan, ammo IMF - Xalqaro valyuta jamg'armasi bailout'idan keyin narxlar 150 foizga o'sib, o'zini tiklab olgan.
Credit Default Swap'lar (CDS) esa davlat qarzini to'lay olmaslik xavfini kafolatlaydigan qimmatli qog'ozlardir.
CDS narxi odatda beqarorlik paytida o'sib ketadi, chunki investorlar o'z investitsiyalarini himoya qilish uchun ushbu sug'urta vositasini ko'proq sotib oladi.
CDS sotib olgan shaxslar davlat majburiyatlarini bajara olmaslik xavfi vujudga kelsa yoki defolt bo'lsa, kompensatsiya to'lovini olishga haqli bo'ladi.
Photo: Google
O'xshash yangiliklar
1964-yildan buyon AQShning S&P 500 fond indeksi 10 084% ga o‘sdi. Shu davr mobaynida AQShdagi nominal ish haqi o‘sishi esa 1 196% atrofida bo‘lgan. Raqamlar uzoq muddatda aktivlarga egalik qilish va faqat mehnat daromadiga tayanish o‘rtasidagi katta tafovutni ko‘rsatadi.
S&P 500 60 yilda 10 000% dan ko‘proq o‘sdi: ish haqi esa ancha sekin oshgan
07/09/26