top of page
TBC Digital qiymati 4 trln so'mlik aksiya emissiya qildi

TBC Digital qiymati 4 trln so'mlik aksiya emissiya qildi
#fond bozorlari
3 daqiqa
25/05/25, 21:00

Ulashish:
TBC Digital qiymati 4 trln so'mlik aksiya emissiya qildi. TBC Digital aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi yopiq obuna orqali 4 trillion 19 milliard 760 million so'mlik (taxminan $311 million) oddiy aksiyalarni muomalaga chiqardi. Ushbu kompaniya TBC Bank, Payme to'lov tizimi va Payme Nasiya muddatli to'lov xizmatlarini birlashtirgan yirik moliyaviy holding hisoblanadi. Emissiya qilingan oddiy aksiyalar yopiq obuna asosida amalga oshirilgan. Bu degani aksiyalar barcha uchun emas, faqat oldindan belgilangan cheklangan investorlar doirasiga taklif qilinadi. Ushbu aksiyalar har birining nominal qiymati 1 000 so'mni tashkil etib, umumiy soni 4 mlrd 19 mln 760 mingtaga teng.
O'xshash yangiliklar
bottom of page