top of page
Suniy intelektning qanday turlari mavjud?

Suniy intelektning qanday turlari mavjud?

#suniy_intellekt, #tahlil

3-min

07/06/24, 12:21

1/3 Bitcoin
Ulashish:

Sun’iy intellektning rivojlanishi insoniyatning taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi. U fan, ishlab chiqarish, iqtisodiyot va boshqa sohalar uchun katta ahamiyatga ega. Sun’iy intellekt  kelajakda sohalararo inqilobga teng ixtiro bo‘lishi kutilmoqda. Xuddi 19-asr stanoklar qo‘l manufakturalarining o‘rnini egallab, ishlab chiqarishni rivojlantirgani va natijada minglab ishsizlarni vujudga keltirgani kabi. Sun’iy intellekt bu  kompyuterlarga inson aql-zakovati va muammolarni hal qilish qobiliyatini taqlid qilish imkonini beradigan texnologiya hisoblanadi. Sun’iy intellekt an’anaviy dasturlardan farqli ravishda o‘rganish va tajriba orttirish xususiyatlariga ega. U mashinalar uchun ma’lumotlarni qayta ishlash va ulardan yangi bilimlarni mustaqil yaratish imkonini beradi. Sun’iy intellektning bir necha turlari mavjud bo‘lib, ular; - Tor doiradagi sun’iy intellekt; - Umumiy sun’iy intellekt;

- Oliy sun’iy intellekt;


Tor Doiradagi Sun’iy Intellekt (Artificial Narrow Intelligence - ANI) - bu eng oddiy shakllaridan biri bo‘lib, bitta maxsus vazifani bajarishga mo‘ljallangan. Bunga shaxmat o‘ynash dasturi, virtual assistent yoki navigatsiya tizimlarini misol qilib keltirish mumkin. Ular faqat o‘zlari o‘rgatilgan vazifalarni bajara oladilar. Shuningdek, Gemini AI, ChatGPT AI, Claude AI ham sun’iy intellektlarning ’’Tor doiradagi sun’iy intellekt’’ qatoriga kiradi. OpenAi kompaniyasining ChatGPT, Googlening Gemeni kabi sun’iy intellektlar qulay tarafi ular Google Assistant yoki turli brauzerlarga nisbatan rivojlangan. Siz savolingiz uchun javobni har bitta saytdan birma-bir kirib chiqish hojatini tug‘dirmasdan o‘zi har bir saytdagi ma’lumotlarni qayta ishlab javob qaytaradi. O‘z o‘rnida bu vaqtni ham tejaydi.


Umumiy Sun’iy Intellekt (Artificial General Intelligence - AGI) esa insonlardagi umumiy bilish qobiliyatiga o‘xshash darajadagi intellektual salohiyatga ega bo‘ladi. AGI turli vazifalarni bajara oladi va yangi narsalarni o‘rganish layoqatiga ega. Ammo hozircha bu nazariy jihatdan mavjud, amalda esa yaratilmagan. 


Oliy sun’iy Intellekt (Artificial Superior intelligence - ASI) insonlarnikidan ustun intellektual qobiliyatlarga ega bo‘ladi. Bunday intellekt o‘zini-o‘zi rivojlantirishga qodir bo‘lishi mumkin, bu esa uning insonlardan mustaqil ravishda takomillashishiga olib keladi. Kelajakda Oliy sun’iy intellekt yaratishda kvant kompyuterlarni o‘rni yuqori bo‘ladi.Biz qo‘rqishimizga arziydigan va xavfsizligiga e’tibor qaratishimiz kerak bo‘lgan sun’iy intellekt turi ham Oliy sun’iy intellekt (ASI) hisoblanadi. U nafaqat o‘ziga berilgan vazifalarni insondan tez va sifatli bajaradi, balki avvalgi o‘rgangan ma’lumotlari bilan o‘zini o‘zi rivojlantiradi.

Maqolani ulashing:

scitechdaily.com

O'xshash yangiliklar

Dividendlarning umumiy hajmi qariyb 31,89 mlrd so‘mni tashkil etadi.

“O‘zbekinvest” aksiyadorlari kompaniyaning 2025-yildagi sof foydasining 58,2 foizini dividend sifatida taqsimlashga qaror qildi

25/08/26

Bu haqda Markaziy bankning 2025-yil yakunlari bo‘yicha tayyorlangan moliyaviy ommaboplik hisobotida ma’lum qilindi.

O‘zbekistonda banklardan kredit olgan fuqarolarning 29 foizida bir vaqtning o‘zida bittadan ortiq kredit mavjud.

25/08/26

20-avgust kuni SpaceX’ning yana 319 mln dona aksiyasi lock-up cheklovidan chiqarilib, investorlar tomonidan erkin sotilishi mumkin bo‘ldi. Bu kompaniyaning iyun oyidagi IPOsidan keyingi ikkinchi yirik aksiya “unlock” bosqichi hisoblanadi.

20-avgust kuni SpaceX aksiyalarida navbatdagi 319 mln dona aksiya erkin bozor savdolariga qoʻshildi

25/08/26

Janubiy Koreyaning SK Hynix kompaniyasi $28,6 mlrdlik aksiyalarini qayta sotib olish va bekor qilish bo‘yicha yirik dasturini e’lon qildi.

SK Hynix kompaniyasi $28,6 mlrd dollarlik aksiyalarini “buyback” rejasini eʼlon qildi

25/08/26

Moderna aksiyalari bir kunda 177%ga oshdi — kompaniya S&P 500’da yilning eng tez o‘sayotgan aksiyalaridan biriga aylandi

Moderna aksiyalari bir kunda 177%ga oshdi

25/08/26

Emissiya doirasida har birining nominal qiymati $100 bo‘lgan obligatsiyalarni investorlar orasida joylashtirish rejalashtirilmoqda.

UniversalBank $10 mlnlik valyuta obligatsiyalarini chiqaradi

25/08/26

bottom of page