top of page
Sun’iy intellekt yozgan xabarimizga qanday javob beradi?

​

Sun’iy intellekt yozgan xabarimizga qanday javob beradi?

#suniy_intellekt, #tahlil

4-min

11/06/24, 12:11

1/3 Bitcoin
Ulashish:

Hozirda hammamiz foydalanayotgan ChatGPT, Gemini AI, Claude AI kabi sun’iy intellekt modellariga savol berganingizda, prompt yozganimizda ular qanday ishlashini ko‘rib chiqamiz.


Agar siz sun’iy intellektga prompt yozsangiz, u ushbu xabarni tahlil qiladi, qayta ishlaydi va turli o‘lchovlar bo‘yicha tushunib, javob qaytaradi.


"Bugun ob-havo qanday bo‘ladi?" deb savol bersangiz, sun’iy intellekt modeli siz jo‘natgan matnni tahlil qiladi va uning ma’nosini anglashga harakat qiladi. Bu jarayon "Natural Language Understanding" (tabiiy tilni tushunish) deb ataladi.


"Natural Language Understanding" bu - matnni tushunish bo‘lib, sun’iy intellekt modelining matnning umumiy mazmunini anglashi va talqin qila olishini anglatadi. Agar yuborgan xabaringiz omonim so‘z bo‘lsa, model bir necha ma’nodoshi bilan qayta ishlab, to‘g‘ri ma’noni tushunishga harakat qiladi. Prompt yozayotganda ba’zida bir necha so‘zlarni noto‘g‘ri yozishingiz mumkin. Bu so‘zlarni sun’iy intellekt boshqa shunga o‘xshash yaqin so‘zlar bilan almashtirib tushunishga harakat qiladi. Agar yozgan promptingizda hazil ma’nosini ifodalaydigan so‘z bo‘lsa, uni ham tushunish uchun ma’lumotlar bazasini qaytadan ko‘rib chiqadi. Chunki, hazil qilish qobiliyati insonga xos hislat bo‘lib, sun’iy intellekt uni tushunishga biroz qiynaladi.


Bundan so‘ng "Machine Translation" (Mashinali tarjima) jarayoni boshlanib, bunda model siz yozgan promptga javobni topish uchun turli tillardagi ma’lumotlar bazasidan foydalanadi va javobni siz gaplashayotgan tilga tarjima qiladi. Shuning uchun sun’iy intellekt modeli o‘zbek tilini tushunishga qiynaladi. Chunki javobni ingliz tilidan olib, yana qaytadan o‘zbek tiliga tarjima qilishi kerak bo‘ladi. Bu jarayonda so‘zlarda ayrim xatolar yuz berishi mumkin.  


Shundan so‘ng, "Natural Language Generation" (tabiiy tilni yaratish) jarayoni yuz beradi. Bunda model sizga eng maqbul va qulay bo‘lgan sodda variantga ma’lumotlarni tahlil qilish orqali vujudga kelgan natijani yaratadi va oxirida sizga maqbul javobni chiqarib beradi. Bu jarayonlarning hammasi umumiy qilib, "Natural Language Processing" (Tabiiy tilni qayta ishlash) deb ataladi.


Xulosa qilib aytganda, sun’iy intellekt rivojlangan sari u inson hayotining barcha jabhalarida faol rol o‘ynayveradi. Ba’zilar sun’iy intellekt kelajakda ishsizlar oqimini vujudga keltiradi deb aytsa, men ularga NVIDIA kompaniyasi rahbari Jensen Huang aytganidek: "Sun’iy intellekt sizning ishingizni olib qo‘ymaydi, sun’iy intellektni ishlatishni biladiganlar sizning ishingizni olib qo‘yadi" degan fikrni keltirgan bo‘lar edim.

Maqolani ulashing:

O'xshash yangiliklar
Blackrock kompaniyasi Toshkent moliya markazini qurishda aynan qanday yordam beradi?
#TIFC

25/09/26

Blackrock Toshkent moliya markazi konsepsiyasini ishlab chiqishda koʻmaklashadi.
#TIFC

25/09/26

Saida Mirziyoyeva Toshkent xalqaro moliya markazi (TIFC) boshqaruvchisi etib tayinlandi.
#TIFC, #iqtisod

10/09/26

Nvidia kompaniyasining sof foydasi kelgusi uch yil davomida jami $595 mlrdga yetishi kutilmoqda. Kompaniya oxirgi 12 oyning o‘zida $197,6 mlrd sof foyda qayd etgan.

Nvidia kelgusi uch yilda $595 mlrd sof foyda olishi kutilmoqda
​

07/09/26

1964-yildan buyon AQShning S&P 500 fond indeksi 10 084% ga o‘sdi. Shu davr mobaynida AQShdagi nominal ish haqi o‘sishi esa 1 196% atrofida bo‘lgan. Raqamlar uzoq muddatda aktivlarga egalik qilish va faqat mehnat daromadiga tayanish o‘rtasidagi katta tafovutni ko‘rsatadi.

S&P 500 60 yilda 10 000% dan ko‘proq o‘sdi: ish haqi esa ancha sekin oshgan
​

07/09/26

2026-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonning tabiiy gaz importi $1,1 mlrdga yetdi. Shu davrda gaz eksporti esa $279,7 mlnni tashkil etdi. Natijada import qiymati eksportdan qariyb 4 barobar yuqori bo‘ldi.

O‘zbekistonda gaz importi eksportdan qariyb 4 barobar oshdi
​

07/09/26

bottom of page