SpaceX kompaniyasining 900 million dan ortiq aksiyasi qulfdan (lock-up) ochildi

SpaceX kompaniyasining 900 million dan ortiq aksiyasi qulfdan (lock-up) ochildi
#aksiya
2 min
07/08/26, 10:15

Ulashish:
SpaceX kompaniyasining insayderlari va ayrim aksiyadorlariga tegishli 911,5 million dona aksiya 6-avgust kuni lock-up muddatidan chiqdi. Natijada ushbu aksiyalarni ochiq bozorda sotish imkoniyati kengaydi.
Mazkur voqea SpaceX aksiyalarining bozordagi erkin muomaladagi hajmini sezilarli darajada oshiradi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, yangi ochilgan aksiyalar bilan birga kompaniyaning free float hajmi ikki baravardan ko‘proq oshadi.
SpaceX aksiyalari IPO vaqtida ham cheklangan miqdorda ommaga taklif qilingan edi. 12-iyun kuni 555,6 million dona Class A aksiya savdoga chiqarilgan bo‘lib, bu kompaniyaning umumiy aksiyalarining qariyb 5 foiziga teng edi.
6-avgustdagi lock-up muddati tugashi bilan yana 911,5 million dona aksiya erkin muomalaga chiqdi. Natijada SpaceX’ning umumiy aksiyalarining qariyb 12 foizi endi ochiq bozorda savdo qilinishi mumkin.
Lock-up — bu IPO yoki boshqa aksiyalarni joylashtirishdan keyin ayrim aksiyadorlarga o‘z aksiyalarini ma’lum muddat davomida sotishni taqiqlovchi kelishuv. Ushbu muddat tugagach, insayderlar va boshqa aksiyadorlar o‘z aksiyalarini sotish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Bozordagi taklif hajmining keskin oshishi SpaceX aksiyalari narxiga qo‘shimcha bosim yaratishi mumkin. Ayniqsa, yirik aksiyadorlar yoki insayderlar o‘z ulushlarining bir qismini sotishga qaror qilsa, qisqa muddatda bozorda taklif ortishi ehtimoli mavjud.
Biroq barcha ochilgan aksiyalar darhol sotiladi degani emas. Aksiyadorlarning aksiyalarni saqlab qolishi yoki bosqichma-bosqich sotishi bozor dinamikasiga ta’sir qiladi. Shu sababli investorlar endilikda nafaqat SpaceX’ning moliyaviy ko‘rsatkichlari va kelajakdagi o‘sish istiqbollariga, balki lock-up’dan chiqqan aksiyalar bo‘yicha real savdo hajmlariga ham e’tibor qaratadi.
SpaceX aksiyalarida sotish cheklovi (lock-up) ochilish sanalari
O'xshash yangiliklar
1964-yildan buyon AQShning S&P 500 fond indeksi 10 084% ga o‘sdi. Shu davr mobaynida AQShdagi nominal ish haqi o‘sishi esa 1 196% atrofida bo‘lgan. Raqamlar uzoq muddatda aktivlarga egalik qilish va faqat mehnat daromadiga tayanish o‘rtasidagi katta tafovutni ko‘rsatadi.
S&P 500 60 yilda 10 000% dan ko‘proq o‘sdi: ish haqi esa ancha sekin oshgan
07/09/26