top of page
SK Hynix kompaniyasi $28,6 mlrd dollarlik aksiyalarini “buyback” rejasini eʼlon qildi

​

SK Hynix kompaniyasi $28,6 mlrd dollarlik aksiyalarini “buyback” rejasini eʼlon qildi

​

3 min

25/08/26, 14:47

1/3 Bitcoin
Ulashish:

Janubiy Koreyaning SK Hynix kompaniyasi $28,6 mlrdlik aksiyalarini qayta sotib olish va bekor qilish bo‘yicha yirik dasturini e’lon qildi.


Kompaniya direktorlar kengashi 40 trln von ($28,6 mlrd) miqdoridagi o‘z aksiyalarini bozordan qayta sotib olish va keyinchalik ularni muomaladan butunlay chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qildi.


Amaldagi aksiya narxidan kelib chiqilsa, buyback doirasida taxminan 24,07 mln dona aksiya qayta sotib olinadi. Bu SK Hynix’ning jami chiqarilgan aksiyalarining qariyb 3,3%ini tashkil etadi.


Aksiyalarni qayta sotib olish jarayoni 20-avgustdan 19-noyabrgacha davom etishi rejalashtirilgan. Xaridlar yakunlangach, qayta sotib olingan aksiyalar bekor qilinadi va muomaladagi aksiyalar soni kamayadi.


SK Hynix ma’lumotiga ko‘ra, bu Janubiy Koreya fond bozorida listingdan o‘tgan kompaniyalar tarixidagi eng yirik aksiyalarni qayta sotib olish va bekor qilish dasturi hisoblanadi.


Kompaniya bunday qarorga aksiyalarining joriy bozor narxi biznesning real qiymati, pul oqimi yaratish imkoniyati va uzoq muddatli o‘sish salohiyatini to‘liq aks ettirmayapti, degan fikr asosida kelgan. 2026-yilning ikkinchi choragi yakunida SK Hynix’ning sof pul mablag‘lari qariyb 69 trln vonni tashkil etgan.


Aksiyalar bekor qilingach, kompaniyaning muomaladagi aksiyalari soni kamayadi. Boshqa ko‘rsatkichlar o‘zgarmagan taqdirda, bu kelgusida bir aksiya uchun daromad — EPS ko‘rsatkichining oshishiga va mavjud aksiyadorlarning kompaniyadagi ulushi nisbatan kattalashishiga olib kelishi mumkin.


Bundan tashqari, SK Hynix 2025–2027-yillarda shakllanadigan jami erkin pul oqimining (FCF) 50%dan ortig‘ini aksiyadorlarga qaytarishni rejalashtirmoqda. Bunda buyback va aksiyalarni bekor qilish bilan bir qatorda oddiy hamda maxsus dividendlar ham ko‘rib chiqiladi.

Maqolani ulashing:

SK hynix Newsroom

O'xshash yangiliklar
Blackrock kompaniyasi Toshkent moliya markazini qurishda aynan qanday yordam beradi?
#TIFC

25/09/26

Blackrock Toshkent moliya markazi konsepsiyasini ishlab chiqishda koʻmaklashadi.
#TIFC

25/09/26

Saida Mirziyoyeva Toshkent xalqaro moliya markazi (TIFC) boshqaruvchisi etib tayinlandi.
#TIFC, #iqtisod

10/09/26

Nvidia kompaniyasining sof foydasi kelgusi uch yil davomida jami $595 mlrdga yetishi kutilmoqda. Kompaniya oxirgi 12 oyning o‘zida $197,6 mlrd sof foyda qayd etgan.

Nvidia kelgusi uch yilda $595 mlrd sof foyda olishi kutilmoqda
​

07/09/26

1964-yildan buyon AQShning S&P 500 fond indeksi 10 084% ga o‘sdi. Shu davr mobaynida AQShdagi nominal ish haqi o‘sishi esa 1 196% atrofida bo‘lgan. Raqamlar uzoq muddatda aktivlarga egalik qilish va faqat mehnat daromadiga tayanish o‘rtasidagi katta tafovutni ko‘rsatadi.

S&P 500 60 yilda 10 000% dan ko‘proq o‘sdi: ish haqi esa ancha sekin oshgan
​

07/09/26

2026-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonning tabiiy gaz importi $1,1 mlrdga yetdi. Shu davrda gaz eksporti esa $279,7 mlnni tashkil etdi. Natijada import qiymati eksportdan qariyb 4 barobar yuqori bo‘ldi.

O‘zbekistonda gaz importi eksportdan qariyb 4 barobar oshdi
​

07/09/26

bottom of page