Robinhood birjasiga nisbatan SEC tekshiruvi yakunlandi

Robinhood birjasiga nisbatan SEC tekshiruvi yakunlandi
#tahlil
3 daqiqa
26/02/25, 01:10

Ulashish:
Qimmatli qog‘ozlar birja komissiyasi (SEC) raqamli aktivlarni qimmatli qog‘ozlar sifatida ro‘yxatga olmasdan sotgani uchun Robinhood birjasi ustidan tekshiruvni yakunladi.
"Komissiya xodimlarining bu tekshiruv natijasida hech qanday choralar ko‘rmasdan yakunlash qarorini olqishlaymiz", dedi korporativ masalalar bo‘yicha direktor Den Gallagher.
Robinhood bu aksiyalar, turli ETF’lar savdo qilinishi mumkin bo‘lgan platforma. Biroq, O‘zbekiston fuqarolari uchun xizmat ko‘rsatishi cheklangan.
Shuningdek, Elon Musk Hukumat Samaradorligi Departamenti (DOGE) rahbari sifatida AQSh Federal Rezervda audit tekshiruv o‘tkazmoqchi.
FED ustidan audit tekshiruvi o‘tkazish nimani anglatadi?
Audit tekshiruv Fed’ning pul siyosati, aktivlari, majburiyatlari va moliyaviy operatsiyalari ustidan nazorat o‘rnatishni o‘z ichiga oladi.
Bunda Fed’ning barcha aktivlari, majburiyatlari va zaxiralari ustidan hisob beriladi.
foxbusiness.com
O'xshash yangiliklar
1964-yildan buyon AQShning S&P 500 fond indeksi 10 084% ga o‘sdi. Shu davr mobaynida AQShdagi nominal ish haqi o‘sishi esa 1 196% atrofida bo‘lgan. Raqamlar uzoq muddatda aktivlarga egalik qilish va faqat mehnat daromadiga tayanish o‘rtasidagi katta tafovutni ko‘rsatadi.
S&P 500 60 yilda 10 000% dan ko‘proq o‘sdi: ish haqi esa ancha sekin oshgan
07/09/26