top of page
Prezident qarori bilan 12 ta davlat ishtirokidagi kompaniyalar aksiya paketini ommaviy savdolarga chiqariladi

​

Prezident qarori bilan 12 ta davlat ishtirokidagi kompaniyalar aksiya paketini ommaviy savdolarga chiqariladi

#IPO

4 daqiqa

23/04/25, 15:08

1/3 Bitcoin
Ulashish:

Navoiy va Olmaliq KMK'lari, Uzbekistan Airways, “O‘zbektelekom” kabi 12 ta yirik davlat kompaniyasi aksiyalarini birlamchi (IPO) va ikkilamchi ommaviy taklifini (SPO) amalga oshirish jadvali prezident qarori bilan tasqidlandi. Prezident 21-aprel kuni qabul qilgan 145-sonli qarorida davlat ulushi mavjud yirik korxonalarni xalqaro bozorlarda xususiylashtirish keltirildi. Xususiylashtirish dasturining ikki yo'nalishdagi strategik maqsadlari quyidagicha: - Birinchidan, 29 ta yirik davlat ulushiga ega korxonalarning aksiyalar va ulushlarini nufuzli xalqaro ekspertlar va konsultantlar yordamida ommaviy savdo platformalarida sotishga chiqarish. - Ikkinchidan, 12 ta davlat ishtirokidagi muhim korxonalarning aksiyalar paketini xalqaro hamda mahalliy fond birjalarida birlamchi ommaviy taklif (IPO) va/yoki ikkilamchi ommaviy taklif (SPO) usullari orqali investorlarga taqdim etish. Mazkur prezident qarori bilan belgilangan xususiylashtirishning keng qamrovli dasturi asosida, 29 ta yirik korxonadagi davlat ulushlarini sotish ham rejaga kiritilgan. Ushbu ro'yxatda mamlakatning strategik ahamiyatga ega sanoat gigantlari, jumladan UzAuto Motors avtomobilsozlik kompaniyasi, Universal Mobile Systems telekommunikatsiya operatori, Uzbekistan GTL zavodi kabi ishlab chiqarish korxonalari bilan bir qatorda, Toshkent traktor zavodi, Texnopark kompleksi hamda bir nechta issiqlik elektr stansiyalari (IES) ham o'z aksiyalarini xususiy investorlar uchun taklif etadi.


Maqolani ulashing:

O'xshash yangiliklar
Islom moliyasi maslahat kengashi (IFCB) Imam Invest bilan hamkorlikni toʻxtatdi.
#Islom_moliyasi

26/10/26

Blackrock kompaniyasi Toshkent moliya markazini qurishda aynan qanday yordam beradi?
#TIFC

25/09/26

Blackrock Toshkent moliya markazi konsepsiyasini ishlab chiqishda koʻmaklashadi.
#TIFC

25/09/26

Saida Mirziyoyeva Toshkent xalqaro moliya markazi (TIFC) boshqaruvchisi etib tayinlandi.
#TIFC, #iqtisod

10/09/26

Nvidia kompaniyasining sof foydasi kelgusi uch yil davomida jami $595 mlrdga yetishi kutilmoqda. Kompaniya oxirgi 12 oyning o‘zida $197,6 mlrd sof foyda qayd etgan.

Nvidia kelgusi uch yilda $595 mlrd sof foyda olishi kutilmoqda
​

07/09/26

1964-yildan buyon AQShning S&P 500 fond indeksi 10 084% ga o‘sdi. Shu davr mobaynida AQShdagi nominal ish haqi o‘sishi esa 1 196% atrofida bo‘lgan. Raqamlar uzoq muddatda aktivlarga egalik qilish va faqat mehnat daromadiga tayanish o‘rtasidagi katta tafovutni ko‘rsatadi.

S&P 500 60 yilda 10 000% dan ko‘proq o‘sdi: ish haqi esa ancha sekin oshgan
​

07/09/26

bottom of page