top of page
OpenAI kompaniyasi Amazon, Nvidia va Softbank tomonidan $110 milliard dollar sarmoya jalb qildi

OpenAI kompaniyasi Amazon, Nvidia va Softbank tomonidan $110 milliard dollar sarmoya jalb qildi

#OpenAi

5 daqiqa

28/02/26, 09:36

1/3 Bitcoin
Ulashish:

OpenAI kompaniyasi Amazon, Nvidia va Softbank tomonidan $110 milliard dollar sarmoya jalb qildi


Uchta yirik investor — Amazon, Nvidia va SoftBank OpenAIʼga jami $110 milliard dollar sarmoya kiritishini eʼlon qildi.


Kim qanchadan pul kiritadi?


Amazon umumiy $50 milliard dollar — dastlab $15 milliard toʻlanadi, qolgan $35 milliard esa kelgusida maʼlum shartlar bajarilganda oʻtkaziladi.


Nvidia va SoftBank esa har biri $30 milliard dollar sarmoya kiritadi. Ushbu sarmoyalar OpenAI modellarini oʻqitish uchun zarur bo'lgan GPU chiplari sotib olishga ishlatiladi.


Ushbu moliyalashtirishdan soʻng OpenAI IPO oldi bozor qiymati $730 milliard dollarga yetdi.


🔹 2019-yil: $1 milliard — startap bosqichi;


🔹 2024-yil (oktyabr): $157 milliard — GPT-4 modeli muvaffaqiyati;


🔹 2025-yil (mart): $300 milliard — GPT-4.5 chiqarilishi;


🔹 2026-yil (fevral): $730 milliard — IPO oldi holati.


Yaʼni kompaniya bozor bahosi yetti yil ichida 730 marta qimmatlab ketdi. OpenAI qancha koʻp sarmoya jalb qilgan sayin, bozor bahosi ham shuncha oshib bormoqda.


Eng qiziq joyi shundaki, sarmoya kiritayotgan kompaniyalar aslida bu pulni oʻzlariga qaytarib olishmoqda — aylanma investitsiya.


Misol uchun, Nvidia $30 milliard tikmoqda, lekin OpenAI bu pulga yana Nvidia chiplarini sotib oladi. Natijada Nvidia pulni oʻzidan chiqarib, oʻziga qaytarib oladi.


Bu jarayon “sunʼiy daromad” yaratishga oʻxshaydi: Nvidia daromadi oʻsayapti, lekin bu daromad isteʼmolchilarning haqiqiy ehtiyojidan emas, balki aylanma kapitaldan shakllanmoqda.


OpenAI 2030-yilga kelib yillik daromadini $280 milliard dollarga yetkazishni prognoz qilingan. Taqqoslash uchun — Apple kompaniyasining 2025-yildagi yillik daromadi: $400 milliard. Yaʼni OpenAI oʻzini atigi 4 yil ichida dunyodagi eng yirik korporatsiyalar qatoriga qoʻymoqchi.


Muammo shundaki, OpenAI hozir “monopol” mavqeini saqlab qolish uchun zararda ishlashga ham rozi.


Kompaniya yiliga $14 milliard dollar zarar koʻrmoqda — va bu zarar 2029-yilgacha $115 milliard dollarga yetishi prognoz qilingan.


Investorlar esa shunga qaramay pul tikishadi. Ularning mantigʻi oddiy: agar 2030-yilda AGI — Sunʼiy Umumiy Intellektga — erishilsa, bu barcha xarajatlarni qoplaydi.

Maqolani ulashing:

Foto: Google

O'xshash yangiliklar

O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi (UZNIF) 2026-yilning birinchi yarim yilligi yakunlari bo‘yicha 2,1 trln so‘m sof foyda qayd etdi.

UZNIF 2026-yilning birinchi yarmida 2,1 trln so‘m sof foyda oldi

11/08/26

Markaziy bank zaxiralaridagi AQSh gʻaznachilik obligatsiyalarining deyarli 40 foizi, yaʼni $1,1 mlrd dollarga teng qismi sotildi

Markaziy bank zaxirasidagi qiymati $1,1 mlrd dollarlik qimmatli qogʻozlarni sotdi

11/08/26

Kimdir sizga “30 mln oylik maosh beraman, tajriba kerak emas, faqat korxonada direktor boʻlasan” deb aytganmi?

“Sholgʻom direktor” — moliyaviy firibgarlik

10/08/26

2026-yilning birinchi yarim yilligida O‘zbekistonda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan umumiy daromad 16,1 mln so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Statistika qo‘mitasi ma’lum qildi. Statistika qo‘mitasi ma’lumotlari

2026-yilning I yarmida aholining aholi jon boshiga toʻgʻri kelgan daromadi (per capita) 16,1 mln soʻmga yetdi

07/08/26

Mikrokreditbank aksiyadorlarining yillik umumiy yigʻilishida 2025-yil yakunlari boʻyicha foydani taqsimlash quyidagicha maʼqullandi.

Mikrokreditbank oddiy aksiya egalari bu yil dividend olmaydi

07/08/26

SpaceX kompaniyasining insayderlari va ayrim aksiyadorlariga tegishli 911,5 million dona aksiya 6-avgust kuni lock-up muddatidan chiqdi. Natijada ushbu aksiyalarni ochiq bozorda sotish imkoniyati kengaydi.

SpaceX kompaniyasining 900 million dan ortiq aksiyasi qulfdan (lock-up) ochildi
#aksiya

07/08/26

bottom of page