O‘zbekistonda tijorat banklari 2025-yil birinchi choragida 3,4 trln so‘m sof foyda oldi

O‘zbekistonda tijorat banklari 2025-yil birinchi choragida 3,4 trln so‘m sof foyda oldi
#daromad_hisobotlari, #kompaniyalar
4 daqiqa
26/04/25, 18:14

Ulashish:
O‘zbekistonda tijorat banklari 2025-yil birinchi choragida 3,4 trln so‘m sof foyda oldi. 2025-yil dastlabki choragida tijorat banklari sof foydasi 3,4 trln so‘mga yetdi. Hozirda mamlakatda 36 ta tijorat banki faoliyat yuritmoqda. Bu esa butun boshli 2024-yilgi sof foyda — 7 trln so‘mning yarmiga teng. Eng ko‘p foyda olgan bank — "Milliy bank" bo‘lib, 467,9 mlrd so‘m sof foyda olgan. "Sanoatqurilishbank" esa 404 mlrd so‘m bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Davlat ulushi mavjud bo‘lmagan banklar orasidan — "Hamkorbank" 393,4 mlrd so‘m bilan eng ko‘p foyda olgan xususiy bank bo‘ldi. Bungacha "Kapitalbank" sof foydasi bo‘yicha xususiy banklar orasida birinchi o‘rinda bo‘lib kelar edi. Toshkent fond birjasida aksiyalari savdoga qo‘yilgan ayrim banklar: 1. "Hamkorbank" oddiy aksiyalari — 24,96 so'm. Emissiya qilingan aksiyalar soni 4 mlrd'dan oshadi. 2. "Sanoatqurilishbank" oddiy aksiyalari — 9,34 so'm. Jami emissiya qilingan aksiyalar soni 243 mlrd dona. 3. "Kapitalbank" oddiy aksiyalari — 5 284,8 so'm. Umumiy hisobda 428 mln dona oddiy aksiya emissiya qilingan.
O'xshash yangiliklar
1964-yildan buyon AQShning S&P 500 fond indeksi 10 084% ga o‘sdi. Shu davr mobaynida AQShdagi nominal ish haqi o‘sishi esa 1 196% atrofida bo‘lgan. Raqamlar uzoq muddatda aktivlarga egalik qilish va faqat mehnat daromadiga tayanish o‘rtasidagi katta tafovutni ko‘rsatadi.
S&P 500 60 yilda 10 000% dan ko‘proq o‘sdi: ish haqi esa ancha sekin oshgan
07/09/26