top of page
Murakkab foiz mo'jizasi — Larry Willams strategiyasi

Murakkab foiz mo'jizasi — Larry Willams strategiyasi

#termin

5 daqiqa

04/05/25, 15:35

1/3 Bitcoin
Ulashish:

Murakkab foiz mo'jizasi — Larry Willams strategiyasi


Ma’lumot uchun, Larry Williams amerikalik qimmatli qog‘ozlar va tovar fyucherslar bo‘yicha mashhur treyder.


U 1987-yilda o‘tkazilgan, 1 yil davom etgan "Robbins World Cup Trading" chempionatida $10 000 dollarni $1,1 million dollarga (10 900 foiz daromad) aylantirgan.


O‘shandan beri uni rekordini hech kim yangilay olmadi. Ushbu har yili o‘tkaziladigan musobaqa treyder orasida ancha mashhur bo‘lib, unda treyderlar $10 000 dollar depozitni iloji boricha ko‘paytirishda musobaqalashishadi. Larry Williams bozorning eng sodda, lekin eng kuchli qonuniyatini kashf etdi: kuchli impulsiv harakatlardan keyin hosil bo'lgan "otkad"ning maksimumi odatda yangilanmaydi. Boshqacha aytganda, ICT "distribution" fazasidagi narx harakati o'ziga xos qolipda sodir bo'ladi. Williams shu kuzatuvga tayanib, riskni eng kam darajaga tushiradigan va daromadni geometrik progressiyada o'stiradigan strategiyani ishlab chiqdi. Strategiyaning matematik mohiyati

Williams strategiyasining asosiy tamoyili oddiy, siz faqat birinchi ochgan bitimingiz uchun depozitdan risk qilasiz, qolgan barcha bitimlar faqat olingan foyda hisobidan ochiladi. Bu sizning asosiy kapitalingizni himoya qilish bilan birga, foyda o'sib borishiga imkon beradi.

Strategiya ikki poydevorga qurilgan:

  1. Yuqori ehtimollik bilan ishlaydigan texnik tahlil — impulsiv harakatdan keyin hosil bo'lgan korreksiyaning maksimumini aniqlash

  2. Matematik aniqlikdagi risk boshqaruvi — har bir keyingi bitim uchun faqat oldingi foydani risk qilish  Strategiyani amaliyotda qo'llash

    Misol orqali yanada yaxshiroq tushunishga harakat qilamiz.

    Birinchi bitim: Kuchli impulsiv harakat va undan keyingi korreksiya aniqlanadi. Korreksiya tugab, narx yana asosiy trend yo'nalishida harakat qila boshlaganda, depozitning ma'lum foizi (masalan, 2-5%) risk qilinib savdoga kiriladi. Stop-loss korreksiya maksimumiga qo'yiladi.

    Keyingi bitimlar: Agar trend davom etsa va yangi "otkad" hosil bo'lib, narx yana trend yo'nalishida harakatni davom ettirsa, avvalgi bitimdan olingan foydani risk qilib, kattaroq hajmda yangi bitim ochiladi. Stop-loss esa eng oxirgi "otkad" maksimumiga qo'yiladi.

    Risk nolga teng: Bu jarayon trend davom etar ekan takrorlanadi. Eng muhimi, depozitdan yangi risk qilish yo'q — faqat allaqachon olingan foyda hisobidan savdo qilinadi. Nima uchun strategiya samarali?

Bu strategiya murakkab foiz prinsipini treyding dunyosiga tatbiq etgan. Oddiy matematik hisob-kitob ko'rsatadiki, agar siz har bir navbatdagi bitimni oldingi bitimdan olingan foyda hisobiga kattalashtira borsangiz, geometrik progressiya qonuni bo'yicha daromadingiz tez sur'atda o'sadi.

Williams bu strategiyani qo'llab, chet el valyutalari, aksiyalar va fyucherslar bozorlarida ishlagan. Eng muhimi, u o'zi ishlab chiqqan qoidalarga qat'iy rioya qilgan — har bir qadam matematik aniqlikda hisoblangan.

Strategiya afzalliklaridan asosiy kapital himoyalangan — faqat birinchi bitimda depozitdan risk qilinadi. Murakkab foiz orqali daromadingiz geometrik progressiyada o'sib boradi. Bu esa psixologik jihatdan qulay — yo'qotish qo'rquvi kamayadi.

Biroq, ushbu strategiya topishingiz mumkin bo'lgan foydaga nisbatan radikal ish tutadi. Birinchi stop-loss urilishi barcha to'plangan foydani yo'qqa chiqarishi mumkin. Strategiya faqat aniq aniqlangan kuchli impulsiv harakatlarda samarali ishlaydi. Shuningdek, uni amaliyotda ishlata olish uchun qat'iy intizom va matematik aniqlik bilan sovuqqon harakatlanish talab qiladi.

Maqolani ulashing:

O'xshash yangiliklar

Dividendlarning umumiy hajmi qariyb 31,89 mlrd so‘mni tashkil etadi.

“O‘zbekinvest” aksiyadorlari kompaniyaning 2025-yildagi sof foydasining 58,2 foizini dividend sifatida taqsimlashga qaror qildi

25/08/26

Bu haqda Markaziy bankning 2025-yil yakunlari bo‘yicha tayyorlangan moliyaviy ommaboplik hisobotida ma’lum qilindi.

O‘zbekistonda banklardan kredit olgan fuqarolarning 29 foizida bir vaqtning o‘zida bittadan ortiq kredit mavjud.

25/08/26

20-avgust kuni SpaceX’ning yana 319 mln dona aksiyasi lock-up cheklovidan chiqarilib, investorlar tomonidan erkin sotilishi mumkin bo‘ldi. Bu kompaniyaning iyun oyidagi IPOsidan keyingi ikkinchi yirik aksiya “unlock” bosqichi hisoblanadi.

20-avgust kuni SpaceX aksiyalarida navbatdagi 319 mln dona aksiya erkin bozor savdolariga qoʻshildi

25/08/26

Janubiy Koreyaning SK Hynix kompaniyasi $28,6 mlrdlik aksiyalarini qayta sotib olish va bekor qilish bo‘yicha yirik dasturini e’lon qildi.

SK Hynix kompaniyasi $28,6 mlrd dollarlik aksiyalarini “buyback” rejasini eʼlon qildi

25/08/26

Moderna aksiyalari bir kunda 177%ga oshdi — kompaniya S&P 500’da yilning eng tez o‘sayotgan aksiyalaridan biriga aylandi

Moderna aksiyalari bir kunda 177%ga oshdi

25/08/26

Emissiya doirasida har birining nominal qiymati $100 bo‘lgan obligatsiyalarni investorlar orasida joylashtirish rejalashtirilmoqda.

UniversalBank $10 mlnlik valyuta obligatsiyalarini chiqaradi

25/08/26

bottom of page