top of page
Moliya bozorlarida narxlarni qaytaruvchi darajalar nima?

Moliya bozorlarida narxlarni qaytaruvchi darajalar nima?

#psychology

4 daqiqa

07/02/25, 00:06

1/3 Bitcoin
Ulashish:

Ma'lum narx darajalarida treyderlar ko'proq savdo bitimlari ochishga moyil bo'lishadi. Narxni qaytaruvchi muhim darajalar ichida 99 va 00 bilan tugaydigan raqamlar alohida ahamiyatli.


Misol, aktiv narxi 2 730 dan tushib kelganda, 2 700 narx oralig'ida narxda korreksiya (tuzatish) sodir bo'lishi mumkin. Agar narx pastdan 2 680 dollardan borayotgan bo'lsa, 2 699 narx darajasida korreksiya sodir bo'ladi.


Bozorda bitim ochuvchi treyderlar ham inson, ularning qarorlari psixologik omillarga bog'liq.


Bunga yorqin misol - Bitcoin narxi 100,000 dollarga yaqinlashganda, 99,900 dollar darajasidan keskin pasayish impulsi kuzatilgani. Chunki ko'pchilik investorlar aynan 100,000 dollar chegarasini kutishgan edi.


Investorlar ongida muhim ahamiyatga ega bo'lgan narx darajalari psixologik chegara vazifasini o'taydi. Yumaloq raqamlar (100, 1,000, 10,000) inson miyasi uchun tushunarliroq va esda qolarli bo'lib, aktiv narxini tahlil qilganda negadir aynan shu nuqtalarga yetishi kutiladi.


Bundan tashqari, tarixiy muhim voqealar yuz bergan narx darajalari keyinchalik investorlar ongida psixologik chegaraga aylanadi, chunki ushbu darajalarga yetish bozor ishtirokchilari uchun "g'alaba" yoki "mag'lubiyat" sifatida qabul qilinadi.


Amaliyotida balansingizdagi 990 dollar foydani 1,000 dollarga yetkazishga intilishingiz - miyamizdagi yaxlit raqamlar tizimiga bo'lgan tabiiy moyillik.


Bunday vaziyatlarda emotsiyalarni boshqarish nihoyatda muhim.

Maqolani ulashing:

O'xshash yangiliklar

Dividendlarning umumiy hajmi qariyb 31,89 mlrd so‘mni tashkil etadi.

“O‘zbekinvest” aksiyadorlari kompaniyaning 2025-yildagi sof foydasining 58,2 foizini dividend sifatida taqsimlashga qaror qildi

25/08/26

Bu haqda Markaziy bankning 2025-yil yakunlari bo‘yicha tayyorlangan moliyaviy ommaboplik hisobotida ma’lum qilindi.

O‘zbekistonda banklardan kredit olgan fuqarolarning 29 foizida bir vaqtning o‘zida bittadan ortiq kredit mavjud.

25/08/26

20-avgust kuni SpaceX’ning yana 319 mln dona aksiyasi lock-up cheklovidan chiqarilib, investorlar tomonidan erkin sotilishi mumkin bo‘ldi. Bu kompaniyaning iyun oyidagi IPOsidan keyingi ikkinchi yirik aksiya “unlock” bosqichi hisoblanadi.

20-avgust kuni SpaceX aksiyalarida navbatdagi 319 mln dona aksiya erkin bozor savdolariga qoʻshildi

25/08/26

Janubiy Koreyaning SK Hynix kompaniyasi $28,6 mlrdlik aksiyalarini qayta sotib olish va bekor qilish bo‘yicha yirik dasturini e’lon qildi.

SK Hynix kompaniyasi $28,6 mlrd dollarlik aksiyalarini “buyback” rejasini eʼlon qildi

25/08/26

Moderna aksiyalari bir kunda 177%ga oshdi — kompaniya S&P 500’da yilning eng tez o‘sayotgan aksiyalaridan biriga aylandi

Moderna aksiyalari bir kunda 177%ga oshdi

25/08/26

Emissiya doirasida har birining nominal qiymati $100 bo‘lgan obligatsiyalarni investorlar orasida joylashtirish rejalashtirilmoqda.

UniversalBank $10 mlnlik valyuta obligatsiyalarini chiqaradi

25/08/26

bottom of page