Milliy investitsiya jamgʻarmasi GDRlari $34 dollarga chiqdi

Milliy investitsiya jamgʻarmasi GDRlari $34 dollarga chiqdi
#IPO, #bond, #fond bozorlari
2 min
06/08/26, 15:24

Ulashish:
Oʻzbekiston Milliy investitsiya jamgʻarmasining London fond birjasida savdo qilinayotgan bir dona GDR (Global Depositary Receipt) narxi hozirda qariyb $34 dollarni tashkil etmoqda.

GDR tilxat bu investitsiya jamgʻarmasining Londonda sotiladigan depozitar qogʻozi hisoblanadi va bir depozitar tilxat 64 700 ta aksiyaga teng.
Milliy investitsiya jamgʻarmasi GDRlari IPO vaqtida 25 dollardan joylashtirilgan edi. Hozirgi $34 dollarlik narx IPOga nisbatan qariyb 28 foizlik o‘sishni anglatadi. Shu bilan birga, ayrim investorlar narxning o‘sishidan so‘ng o‘z foydasining bir qismini fiksatsiya qilmoqda.
Milliy investitsiya jamgʻarmasi portfeliga 13 ta yirik davlat korxonasidagi ulushlar kiradi. Ular orasida bank, energetika, telekommunikatsiya va boshqa strategik tarmoqlardagi kompaniyalar mavjud.
Hozirga qadar jamgʻarma tarkibidagi bank, energetika va telekommunikatsiya kompaniyalarining moliyaviy natijalari bozor kutganidan yaxshiroq e'lon qilinmoqda. Portfeldagi boshqa yirik korxonalar ham kuz oylarida yarim yillik va toʻqqiz oylik moliyaviy hisobotlarini taqdim etishi kutilmoqda. Bu esa jamgʻarmaning moliyaviy natijalari hamda aksiyadorlarga dividend toʻlash imkoniyatlariga ijobiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin.
Sizningcha, Milliy investitsiya jamgʻarmasi aksiyadorlarga qancha miqdorda dividend toʻlashi mumkin?
Invest24'ni kuzatishda davom eting va izohlarda o‘z fikringizni qoldiring.
uznif.com
O'xshash yangiliklar
1964-yildan buyon AQShning S&P 500 fond indeksi 10 084% ga o‘sdi. Shu davr mobaynida AQShdagi nominal ish haqi o‘sishi esa 1 196% atrofida bo‘lgan. Raqamlar uzoq muddatda aktivlarga egalik qilish va faqat mehnat daromadiga tayanish o‘rtasidagi katta tafovutni ko‘rsatadi.
S&P 500 60 yilda 10 000% dan ko‘proq o‘sdi: ish haqi esa ancha sekin oshgan
07/09/26