Milliy Bank ustav kapitalini kamaytiradi

Milliy Bank ustav kapitalini kamaytiradi
#Milliy_bank
3 daqiqa
13/06/25, 10:34

Ulashish:
O'zbekiston Milliy banki o'zining ustav kapitalini 295,81 milliard so'mga kamaytirganini e'lon qildi.
Ushbu qaror davlatga berilgan aktivlar hisobiga amalga oshirildi.
Hozirda Milliy bank ustav kapitali 15,4 trln so'mni tashkil qilib, eng yirik davlat ulushi mavjud bank bo'lib turibdi.
Shu bilan birga, 26-may kuni bank aksiyadorlari umumiy yig'ilishida 2024-yil sof foydasidan dividend to'lash to'g'risida qaror qabul qildi.
Dividend ikki yo'l bilan to'lanadi: 463,1 milliard so'm naqd pul ko'rinishida va 774,59 milliard so'm qo'shimcha aksiyalar orqali ustav kapitalini oshirish yo'li bilan to'lanadi.
Milliy bankning nazorat aksiyalar paketi Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasiga tegishli bo'lib, aksiyalarning ma'lum qismi Iqtisodiyot va moliya vazirligida saqlanmoqda.
O'xshash yangiliklar
1964-yildan buyon AQShning S&P 500 fond indeksi 10 084% ga o‘sdi. Shu davr mobaynida AQShdagi nominal ish haqi o‘sishi esa 1 196% atrofida bo‘lgan. Raqamlar uzoq muddatda aktivlarga egalik qilish va faqat mehnat daromadiga tayanish o‘rtasidagi katta tafovutni ko‘rsatadi.
S&P 500 60 yilda 10 000% dan ko‘proq o‘sdi: ish haqi esa ancha sekin oshgan
07/09/26