top of page
Mikrokreditbank oddiy aksiya egalari bu yil dividend olmaydi

​

Mikrokreditbank oddiy aksiya egalari bu yil dividend olmaydi

​

1 min

07/08/26, 10:27

1/3 Bitcoin
Ulashish:

Mikrokreditbank aksiyadorlarining yillik umumiy yigʻilishida 2025-yil yakunlari boʻyicha foydani taqsimlash quyidagicha maʼqullandi:



Imtiyozli aksiyalar boʻyicha — bir aksiyaga 213,6 soʻmdan (NOMINAL narxga nisbatan 20 foiz) dividend toʻlanadi



Oddiy aksiyalar egalari esa bu yil dividend olmaydi — 0 soʻm.



Avvalroq, 2026-yil mart oyida Markaziy bank 8 ta tijorat bankiga foydani dividend koʻrinishida taqsimlamaslik boʻyicha topshiriq bergan edi. Lekin unda aynan qaysi banklar ekanligi ochiqlanmagan.



Ehtimol, Mikrokreditbank ham shu topshiriqqa amal qilayotgan boʻlishi mumkin — chunki avvalroq Sanoat qurilish bank ham oddiy aksiya egalariga bu yil dividend bermaslikka qaror qilgan edi.



Imtiyozli aksiyadorlar esa, har qanday holatda jamiyat foyda koʻrish-koʻrmasligidan qatʼiy nazar kafolatlangan dividend olishadi — bu ularni oddiy aksiyadorlardan farqli qiladi.

Maqolani ulashing:

​

O'xshash yangiliklar
Blackrock kompaniyasi Toshkent moliya markazini qurishda aynan qanday yordam beradi?
#TIFC

25/09/26

Blackrock Toshkent moliya markazi konsepsiyasini ishlab chiqishda koʻmaklashadi.
#TIFC

25/09/26

Saida Mirziyoyeva Toshkent xalqaro moliya markazi (TIFC) boshqaruvchisi etib tayinlandi.
#TIFC, #iqtisod

10/09/26

Nvidia kompaniyasining sof foydasi kelgusi uch yil davomida jami $595 mlrdga yetishi kutilmoqda. Kompaniya oxirgi 12 oyning o‘zida $197,6 mlrd sof foyda qayd etgan.

Nvidia kelgusi uch yilda $595 mlrd sof foyda olishi kutilmoqda
​

07/09/26

1964-yildan buyon AQShning S&P 500 fond indeksi 10 084% ga o‘sdi. Shu davr mobaynida AQShdagi nominal ish haqi o‘sishi esa 1 196% atrofida bo‘lgan. Raqamlar uzoq muddatda aktivlarga egalik qilish va faqat mehnat daromadiga tayanish o‘rtasidagi katta tafovutni ko‘rsatadi.

S&P 500 60 yilda 10 000% dan ko‘proq o‘sdi: ish haqi esa ancha sekin oshgan
​

07/09/26

2026-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonning tabiiy gaz importi $1,1 mlrdga yetdi. Shu davrda gaz eksporti esa $279,7 mlnni tashkil etdi. Natijada import qiymati eksportdan qariyb 4 barobar yuqori bo‘ldi.

O‘zbekistonda gaz importi eksportdan qariyb 4 barobar oshdi
​

07/09/26

bottom of page