MChJ'larda yirik bitim deb nimaga aytiladi?

MChJ'larda yirik bitim deb nimaga aytiladi?
#tahlil
2 daqiqa
12/04/25, 18:34

Ulashish:
Yirik bitimlar miqdori jamiyat ustavida keltiriladi, agar nazarda tutilgan bo'lmasa, jamiyat mol-mulk qiymatining 25 foizdan ortiq qiymatiga teng mulkni olish yoki chiqarish yirik bitimlar hisoblanadi.
Biroq, jamiyatning odatdagi xo‘jalik faoliyati jarayonida tuziladigan bitimlar yirik bitimlar bo'lmay, ijroiya organi rahbari - ijrochi direktor (CEO) qarori bilan bajarilishi mumkin.
Yirik bitimni tuzish to‘g‘risidagi qaror jamiyat ta'sischilarining umumiy yig‘ilishi qaror qilishi shart.
Agar MChJ'da kuzatuv kengashi tuzilgan bo'lsa, jamiyat ustaviga binoan yirik bitimlarni tuzish bo'yicha qaror qilish vakolati ularga yuklatilishi mumkin.
Asos: ''Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar" to‘g‘risida qonun 44-moddasi.
O'xshash yangiliklar
1964-yildan buyon AQShning S&P 500 fond indeksi 10 084% ga o‘sdi. Shu davr mobaynida AQShdagi nominal ish haqi o‘sishi esa 1 196% atrofida bo‘lgan. Raqamlar uzoq muddatda aktivlarga egalik qilish va faqat mehnat daromadiga tayanish o‘rtasidagi katta tafovutni ko‘rsatadi.
S&P 500 60 yilda 10 000% dan ko‘proq o‘sdi: ish haqi esa ancha sekin oshgan
07/09/26