Markaziy bank zaxirasidagi qiymati $1,1 mlrd dollarlik qimmatli qogʻozlarni sotdi
Markaziy bank zaxirasidagi qiymati $1,1 mlrd dollarlik qimmatli qogʻozlarni sotdi
2 min
10/08/26, 17:02
Ulashish:
Markaziy bank zaxiralaridagi AQSh gʻaznachilik obligatsiyalarining deyarli 40 foizi, yaʼni $1,1 mlrd dollarga teng qismi sotildi — bunday koʻlamdagi sotuv ilk bor qayd etilmoqda.

2026-yil 1-iyul holatiga koʻra, Markaziy bank zaxirasidagi oltin qiymati $61,4 mlrd dollardan $55,75 mlrd dollarga tushdi — bu 1-iyun holatiga nisbatan $5,7 mlrd dollar kamroq.
Zaxiralarning qisqarishiga, avvalambor, jahon bozorida oltin narxining pasayishi sabab boʻlsa-da, zaxiralardagi jismoniy oltin hajmi 13,6 mln troy unsiyadan 13,88 mln troy unsiyagacha oshgan.
Bugungi kunda umumiy xalqaro zaxiralarimizning qariyb 87,4 foizini oltin egallamoqda.
Foto: gazeta.uz
O'xshash yangiliklar
1964-yildan buyon AQShning S&P 500 fond indeksi 10 084% ga o‘sdi. Shu davr mobaynida AQShdagi nominal ish haqi o‘sishi esa 1 196% atrofida bo‘lgan. Raqamlar uzoq muddatda aktivlarga egalik qilish va faqat mehnat daromadiga tayanish o‘rtasidagi katta tafovutni ko‘rsatadi.
S&P 500 60 yilda 10 000% dan ko‘proq o‘sdi: ish haqi esa ancha sekin oshgan
07/09/26