Kvars shisha zavodi yana davlat tasarrufiga o‘tdi

Kvars shisha zavodi yana davlat tasarrufiga o‘tdi
#kompaniyalar
3 daqiqa
01/04/25, 23:39

Ulashish:
O‘zbekistonda shisha ishlab chiqaruvchi zavod - ’’Kvars’’ AJ’ni ikki yil oldin ’’Quvasoysement’’ korxonasi sotib olib xususiylashtirilganidan so‘ng, yana davlat aktiv tasarrufiga qaytarildi.
Kvars aksiyadorlarining 19-mart sanasidagi navbatdan tashqari yig‘ilishida kuzatuv kengashining yangi tarkibi a’zolarini saylash, zavod faoliyatini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish bo‘yicha muhokama bo‘lib o‘tgan.
Unda aksar kuzatuv kengash a’zolari davlat aktivlarini boshqarish agentligidan shaxslar qo'yilgan.
Bu esa davlat aktiv Kvars boshqaruvi ustidan mutlaq hokimiyat o‘rnatgani anglatadi.
Ma’lum bo‘lishicha,“Kvars” AJning 89,78 foiz davlat aksiyalar paketi “Quvasoysement” AJ’ga 265 mlrd so‘mga, 2021-yilda uch yilga bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilgan.
Biroq, bu to‘lovni belgilangan muddatlarda to‘lashga ulgurmaganligi uchun davlat aktivga ulushlar qaytarilmoqda.
Shuning uchun, Kvars davlat ulushini 265 mlrd so‘mga sotib olmoqchi bo'lgan ''Quvasoysement'' korxonasi affillangan shaxslar ro‘yxatidan chiqarilib, davlat aktiv qaytadan kiritildi.
O'xshash yangiliklar
1964-yildan buyon AQShning S&P 500 fond indeksi 10 084% ga o‘sdi. Shu davr mobaynida AQShdagi nominal ish haqi o‘sishi esa 1 196% atrofida bo‘lgan. Raqamlar uzoq muddatda aktivlarga egalik qilish va faqat mehnat daromadiga tayanish o‘rtasidagi katta tafovutni ko‘rsatadi.
S&P 500 60 yilda 10 000% dan ko‘proq o‘sdi: ish haqi esa ancha sekin oshgan
07/09/26