top of page
Korporativ himoya individual faoliyatdan ming marta kuchli

​

Korporativ himoya individual faoliyatdan ming marta kuchli

#Meta

4 daqiqa

16/08/25, 16:15

1/3 Bitcoin
Ulashish:

Meta Platforms  aksiyalari bugun 769  dollarda savdo qilinmoqda va kompaniya bozor kapitalizatsiyasi 1,9 trillion dollardan oshdi.  Bu muvaffaqiyatning sababi - sun'iy intellekt texnologiyalariga katta investitsiyalar. Lekin bu AI qanday ma'lumotlar bilan qurilayotgani haqida kam gap chiqadi.

2010-yilda Aaron Swartz ismli 24 yoshli dasturchi JSTOR elektron kutubxonasidan 70 GB hajmdagi 4,8 millionta ilmiy maqolani yuklab oldi.   MIT kampusiga mehmon sifatida kirib, JSTOR tarmog'iga ulanib, avtomatik dastur yaratdi va bir necha hafta davomida ma'lumot to'pladi.

Aaron 13 ta federal jinoyat bilan ayblanib, 35 yil qamoq va 1 million dollar jarimaga hukm qilindi.

Meta kompaniyasi ham shunga o’xshash holat, o'z AI modellarini mashq qildirish uchun 80 TB dan ortiq - Aaron'dan 1140 marta ko'proq - mualliflik huquqi bilan himoyalangan kitoblarni yuklab oldi.


LibGen deb nomlanuvchi pirat kitoblar bazasidan o'n millionlab asarni Torrent orqali yuklab olishini ochiqchasiga tan oldi.


Natija: Meta kompaniyasiga faqat fuqarolik da'vosi qo'zg'atildi, chunki bu umumiy ma'lumotlar to'plamining faqat 0.008 foizi deb baholandi. Hech kim qamoqqa tushmadi.


Meta (META) aksiyalari o'sishda davom etmoqda, chunki korporativ himoya individual faollardan ming marta kuchliroq.

Maqolani ulashing:

O'xshash yangiliklar
Islom moliyasi maslahat kengashi (IFCB) Imam Invest bilan hamkorlikni toʻxtatdi.
#Islom_moliyasi

26/10/26

Blackrock kompaniyasi Toshkent moliya markazini qurishda aynan qanday yordam beradi?
#TIFC

25/09/26

Blackrock Toshkent moliya markazi konsepsiyasini ishlab chiqishda koʻmaklashadi.
#TIFC

25/09/26

Saida Mirziyoyeva Toshkent xalqaro moliya markazi (TIFC) boshqaruvchisi etib tayinlandi.
#TIFC, #iqtisod

10/09/26

Nvidia kompaniyasining sof foydasi kelgusi uch yil davomida jami $595 mlrdga yetishi kutilmoqda. Kompaniya oxirgi 12 oyning o‘zida $197,6 mlrd sof foyda qayd etgan.

Nvidia kelgusi uch yilda $595 mlrd sof foyda olishi kutilmoqda
​

07/09/26

1964-yildan buyon AQShning S&P 500 fond indeksi 10 084% ga o‘sdi. Shu davr mobaynida AQShdagi nominal ish haqi o‘sishi esa 1 196% atrofida bo‘lgan. Raqamlar uzoq muddatda aktivlarga egalik qilish va faqat mehnat daromadiga tayanish o‘rtasidagi katta tafovutni ko‘rsatadi.

S&P 500 60 yilda 10 000% dan ko‘proq o‘sdi: ish haqi esa ancha sekin oshgan
​

07/09/26

bottom of page