Kompaniyalar bozor kapitallashuvi: investorlar uchun nimani anglatadi?
:max_bytes(150000):strip_icc():format(webp)/Market-Capitalization-ba038aeebab54f03872ead839a2877a4.jpg)
Kompaniyalar bozor kapitallashuvi: investorlar uchun nimani anglatadi?
#termin
3 daqiqa
20/04/25, 10:58
:max_bytes(150000):strip_icc():format(webp)/Market-Capitalization-ba038aeebab54f03872ead839a2877a4.jpg)
Ulashish:
Bozor kapitallashuvi (Market Capitalization) — kompaniyaning umumiy bozor qiymatini o‘lchashning eng keng tarqalgan usuli, muomaladagi aksiyalarining umumiy bozor qiymati sifatida investorlar tomonidan baholanadi. Bozor kapitallashuvi quyidagicha hisoblanadi: Bozor kapitallashuvi = Kompaniyaning barcha muomaladagi aksiyalari soni × 1 aksiyaning joriy bozor narxi. Misol uchun, agar "Uzbekistan Technologies" kompaniyasining 10 million dona oddiy aksiyasi muomalada bo‘lsa va har bir aksiyaning joriy bozor narxi 50,000 so‘m bo‘lsa, kompaniyaning bozor kapitallashuvi 500 milliard so‘mni tashkil etadi. Bozor kapitallashuvi investorlar uchun sarmoya kiritayotgan kompaniyaning risk darajasini, likvidlik va potensial o‘sish darajasini baholash uchun kerak bo‘ladi. Hozirda eng yirik bozor kapitallashuviga ega kompaniya - "Apple" bozor kapitallashuvi 2,95 trillion dollardan oshadi. "Apple" kompaniyasi boshqa ko‘p texnologiya kompaniyalaridan farqli o‘laroq, faqat bir turdagi oddiy aksiyalarga (common stock) ega. "Apple" Muomaladagi oddiy aksiyalar soni 15,04 milliard oddiy aksiyani hozirgi bir aksiya qiymati 196,98 dollarni hisobga olgan holda bozor kapitallashuvi hisoblanadi. Agar kompaniyada "A’’ Class, "B’’ Class aksiyalar mavjud bo‘lsa, kompaniya bozor kapitallashuvini hisoblash biroz qiyinlashadi.
O'xshash yangiliklar
2026-yilning birinchi yarim yilligida O‘zbekistonda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan umumiy daromad 16,1 mln so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Statistika qo‘mitasi ma’lum qildi. Statistika qo‘mitasi ma’lumotlari
2026-yilning I yarmida aholining aholi jon boshiga toʻgʻri kelgan daromadi (per capita) 16,1 mln soʻmga yetdi
07/08/26
Mikrokreditbank aksiyadorlarining yillik umumiy yigʻilishida 2025-yil yakunlari boʻyicha foydani taqsimlash quyidagicha maʼqullandi.
Mikrokreditbank oddiy aksiya egalari bu yil dividend olmaydi
07/08/26