top of page
UniversalBank $10 mlnlik valyuta obligatsiyalarini chiqaradi

​

UniversalBank $10 mlnlik valyuta obligatsiyalarini chiqaradi

​

2 min

25/08/26, 11:29

1/3 Bitcoin
Ulashish:

Emissiya doirasida har birining nominal qiymati $100 bo‘lgan obligatsiyalarni investorlar orasida joylashtirish rejalashtirilmoqda.


Obligatsiyalar bo‘yicha kupon foiz daromadliligi yillik 8,5% etib belgilangan.

Foiz daromadlari investorlarga har chorakda to‘lab boriladi. Bu esa obligatsiya egalari uchun muntazam daromad olish imkonini beradi.


Bank obligatsiyalarni chiqarish orqali qo‘shimcha moliyaviy resurslarni jalb qilishni va kapital bozoridagi ishtirokini kengaytirishni ko‘zlamoqda.


Avvalroq, Istiqbolli loyihalar milliy agentligi mahalliy kompaniyalarga $50 mln gacha valyuta obligatsiyalarini chiqarish imkonini beruvchi tartibni joriy qilgan edi.


UniversalBankning $10 mlnlik emissiyasi ham ushbu yangi imkoniyatlar doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda va O‘zbekistonda valyuta obligatsiyalari bozorining rivojlanishiga xizmat qilishi mumkin.

Maqolani ulashing:

Foto: CBU

O'xshash yangiliklar
Blackrock kompaniyasi Toshkent moliya markazini qurishda aynan qanday yordam beradi?
#TIFC

25/09/26

Blackrock Toshkent moliya markazi konsepsiyasini ishlab chiqishda koʻmaklashadi.
#TIFC

25/09/26

Saida Mirziyoyeva Toshkent xalqaro moliya markazi (TIFC) boshqaruvchisi etib tayinlandi.
#TIFC, #iqtisod

10/09/26

Nvidia kompaniyasining sof foydasi kelgusi uch yil davomida jami $595 mlrdga yetishi kutilmoqda. Kompaniya oxirgi 12 oyning o‘zida $197,6 mlrd sof foyda qayd etgan.

Nvidia kelgusi uch yilda $595 mlrd sof foyda olishi kutilmoqda
​

07/09/26

1964-yildan buyon AQShning S&P 500 fond indeksi 10 084% ga o‘sdi. Shu davr mobaynida AQShdagi nominal ish haqi o‘sishi esa 1 196% atrofida bo‘lgan. Raqamlar uzoq muddatda aktivlarga egalik qilish va faqat mehnat daromadiga tayanish o‘rtasidagi katta tafovutni ko‘rsatadi.

S&P 500 60 yilda 10 000% dan ko‘proq o‘sdi: ish haqi esa ancha sekin oshgan
​

07/09/26

2026-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonning tabiiy gaz importi $1,1 mlrdga yetdi. Shu davrda gaz eksporti esa $279,7 mlnni tashkil etdi. Natijada import qiymati eksportdan qariyb 4 barobar yuqori bo‘ldi.

O‘zbekistonda gaz importi eksportdan qariyb 4 barobar oshdi
​

07/09/26

bottom of page