top of page
“O‘zbekinvest” aksiyadorlari kompaniyaning 2025-yildagi sof foydasining 58,2 foizini dividend sifatida taqsimlashga qaror qildi

​

“O‘zbekinvest” aksiyadorlari kompaniyaning 2025-yildagi sof foydasining 58,2 foizini dividend sifatida taqsimlashga qaror qildi

​

3 min

25/08/26, 15:24

1/3 Bitcoin
Ulashish:

Kompaniya aksiyadorlarining 11-avgust kuni o‘tkazilgan yillik umumiy yig‘ilishida har bir oddiy aksiya uchun 98,5 so‘mdan dividend to‘lash tasdiqlandi. Bu oddiy aksiyaning nominal qiymatiga nisbatan 9,85% daromadlilikni anglatadi.


Oddiy aksiyalar bo‘yicha dividend to‘lovlariga jami 28,5 mlrd so‘m yo‘naltiriladi. Bu kompaniyaning 2025-yil yakunidagi sof foydasining qariyb 52 foiziga teng.


Imtiyozli aksiyalar egalari esa har bir aksiya uchun 240 so‘mdan dividend oladi. Bu aksiyaning nominal qiymatiga nisbatan 24%ni tashkil qiladi. Ushbu toifadagi aksiyalar uchun jami 3,39 mlrd so‘m dividend ajratilgan.


Natijada oddiy va imtiyozli aksiyalar bo‘yicha jami dividend to‘lovlari 31,89 mlrd so‘mga yetadi. “O‘zbekinvest” 2025-yilni 54,83 mlrd so‘m sof foyda bilan yakunlagan bo‘lib, uning 58,2 foizga yaqin qismi aksiyadorlarga qaytariladi.


Imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar 2026-yil 5-avgust holatiga aksiyadorlar reestriga kiritilgan investorlarga to‘lanadi. Fond bozoridagi T+2 hisob-kitob tartibini inobatga olganda, dividend olish huquqiga ega bo‘lish uchun aksiyalarni 3-avgust kuni oxirigacha sotib olish talab etilgan.


Openinfo ma’lumotlariga ko‘ra, oddiy va imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlarni to‘lash muddati 11-avgustdan 10-oktabrgacha etib belgilangan. To‘lovlar pul mablag‘lari ko‘rinishida amalga oshiriladi.


“O‘zbekinvest”ning ustav kapitali 303,45 mlrd so‘mni tashkil etadi. Kompaniya umumiy sug‘urta bozorida faoliyat yuritadi va sug‘urta faoliyati klassifikatori bo‘yicha mavjud 17 turdagi sug‘urta xizmatlarini taqdim etadi.

Maqolani ulashing:

insurance.uz

O'xshash yangiliklar
Blackrock kompaniyasi Toshkent moliya markazini qurishda aynan qanday yordam beradi?
#TIFC

25/09/26

Blackrock Toshkent moliya markazi konsepsiyasini ishlab chiqishda koʻmaklashadi.
#TIFC

25/09/26

Saida Mirziyoyeva Toshkent xalqaro moliya markazi (TIFC) boshqaruvchisi etib tayinlandi.
#TIFC, #iqtisod

10/09/26

Nvidia kompaniyasining sof foydasi kelgusi uch yil davomida jami $595 mlrdga yetishi kutilmoqda. Kompaniya oxirgi 12 oyning o‘zida $197,6 mlrd sof foyda qayd etgan.

Nvidia kelgusi uch yilda $595 mlrd sof foyda olishi kutilmoqda
​

07/09/26

1964-yildan buyon AQShning S&P 500 fond indeksi 10 084% ga o‘sdi. Shu davr mobaynida AQShdagi nominal ish haqi o‘sishi esa 1 196% atrofida bo‘lgan. Raqamlar uzoq muddatda aktivlarga egalik qilish va faqat mehnat daromadiga tayanish o‘rtasidagi katta tafovutni ko‘rsatadi.

S&P 500 60 yilda 10 000% dan ko‘proq o‘sdi: ish haqi esa ancha sekin oshgan
​

07/09/26

2026-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonning tabiiy gaz importi $1,1 mlrdga yetdi. Shu davrda gaz eksporti esa $279,7 mlnni tashkil etdi. Natijada import qiymati eksportdan qariyb 4 barobar yuqori bo‘ldi.

O‘zbekistonda gaz importi eksportdan qariyb 4 barobar oshdi
​

07/09/26

bottom of page