Ipotekani qayta moliyalashtirish AJ 433,6 mlrd so‘mlik aksiyalarni joylashtiradi

Ipotekani qayta moliyalashtirish AJ 433,6 mlrd so‘mlik aksiyalarni joylashtiradi
#Dividend, #IPO
3 daqiqa
27/06/25, 12:53

Ulashish:
Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi aksiyadorlari 23-iyun sanasida 433,6 mlrd so‘mlik yangi aksiyalar chiqarish bo'yicha qaror qabul qilishdi. Jamiyatning har birining nominal qiymati 1 ming so‘m bo‘lgan 433,6 mln dona oddiy aksiyalarni fond bozoriga joylashtiriladi. ''Ipotekani qayta moliyalashtirish'' AJ Prezidentning 2019-yildagi PF-5715-son farmoni bilan tashkil topgan. Tashkil topgandan beri jamiyat ipoteka kreditlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 4,5 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirdi hamda 590 mlrd so‘mdan ziyod obligatsiyalarni joylashtirdi.
O'xshash yangiliklar
1964-yildan buyon AQShning S&P 500 fond indeksi 10 084% ga o‘sdi. Shu davr mobaynida AQShdagi nominal ish haqi o‘sishi esa 1 196% atrofida bo‘lgan. Raqamlar uzoq muddatda aktivlarga egalik qilish va faqat mehnat daromadiga tayanish o‘rtasidagi katta tafovutni ko‘rsatadi.
S&P 500 60 yilda 10 000% dan ko‘proq o‘sdi: ish haqi esa ancha sekin oshgan
07/09/26