top of page
Inflatsiyaning qanday turlari mavjud?

​

Inflatsiyaning qanday turlari mavjud?

#termin, #iqtisod

4-min

21/05/24, 16:50

1/3 Bitcoin
Ulashish:

Inflatsiyaning bir necha turlari mavjud bo‘lib, ular gipper inflatsiya, yuguruvchi inflatsiya, yuruvchi inflatsiya va sudralib yuruvchi inflatsiyaga bo‘linadi. Bu nomlar fiat pulning qadrsizlanish darajasi asosan tushunishda oson bo‘lish uchun bunday nom berilgan. Sudralib yuruvchi inflyatsiya - inflyatsiyaning eng sekin sur’ati bo‘lib, narxlar odatda yiliga 3% dan kamroqqa oshadi. Bu odatda hukumat tomonidan nazorat qilish mumkin bo‘lgan va iqtisodiy o‘sish uchun foydali deb hisoblangan inflatsiya turi hisoblanadi. Yuruvchi inflatsiya - inflyatsiya darajasi nisbatan tezlashgan, lekin bir xonali raqamlarda qoladigan inflatsiya darajasi bo‘lib, odatda yiliga 3% dan 10% gacha inflatsiyaga ishora qiladi. Yuruvchi inflatsiya hukumatlar uchun tashvish uyg‘otadi va uning kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun markaziy banklar aralashuv zarurligini bildiradi. Yuguruvchi inflyatsiya - yuqori inflyatsiya darajasiga ishora qiladi, ko‘pincha yiliga 10% dan oshadi. Narxlar sezilarli darajada oshadi va odamlar iste’mol tovarlari narxlarining oshganligini sezilarli his qilishadi. Giperinflyatsiya - eng yomon holat bo‘lib, narxlar nazoratdan chiqib ketadi va oyiga 50% yoki undan ham ko‘proqqa ko‘tariladigan inflatsiyani anglatadi. Pul tezda o‘z qiymatini yo‘qotadi va iqtisodiyot beqaror bo‘lib qoladi. Fiat valyutaning inflatsiyasi bu davlat iqtisodiyotining eng muhim indikatorlaridan biri hisoblanadi. Mamlakat valyutasidagi tebranishlarga qarab, uning iqtisodiyoti haqida qisman baho berish mumkin.

Maqolani ulashing:

O'xshash yangiliklar
Blackrock kompaniyasi Toshkent moliya markazini qurishda aynan qanday yordam beradi?
#TIFC

25/09/26

Blackrock Toshkent moliya markazi konsepsiyasini ishlab chiqishda koʻmaklashadi.
#TIFC

25/09/26

Saida Mirziyoyeva Toshkent xalqaro moliya markazi (TIFC) boshqaruvchisi etib tayinlandi.
#TIFC, #iqtisod

10/09/26

Nvidia kompaniyasining sof foydasi kelgusi uch yil davomida jami $595 mlrdga yetishi kutilmoqda. Kompaniya oxirgi 12 oyning o‘zida $197,6 mlrd sof foyda qayd etgan.

Nvidia kelgusi uch yilda $595 mlrd sof foyda olishi kutilmoqda
​

07/09/26

1964-yildan buyon AQShning S&P 500 fond indeksi 10 084% ga o‘sdi. Shu davr mobaynida AQShdagi nominal ish haqi o‘sishi esa 1 196% atrofida bo‘lgan. Raqamlar uzoq muddatda aktivlarga egalik qilish va faqat mehnat daromadiga tayanish o‘rtasidagi katta tafovutni ko‘rsatadi.

S&P 500 60 yilda 10 000% dan ko‘proq o‘sdi: ish haqi esa ancha sekin oshgan
​

07/09/26

2026-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonning tabiiy gaz importi $1,1 mlrdga yetdi. Shu davrda gaz eksporti esa $279,7 mlnni tashkil etdi. Natijada import qiymati eksportdan qariyb 4 barobar yuqori bo‘ldi.

O‘zbekistonda gaz importi eksportdan qariyb 4 barobar oshdi
​

07/09/26

bottom of page