Fond bozorida likvidlik nimani anglatadi?

Fond bozorida likvidlik nimani anglatadi?
#termin
3 daqiqa
24/02/25, 00:47

Ulashish:
Likvidlik tushunchasi qimmatli qog'ozlarni tez va narx o'zgarishlarisiz naqd pulga aylantirilishi mumkinligini anglatadi.
Soddaroq qilib aytganda, aktiv qanchalik likvidlik darajasi yuqori bo'lsa, uni shunchalik tez va kam yo'qotishlarsiz sotish mumkin.
Fond bozorida likvidlik quyidagi ko'rsatkichlar orqali baholanadi:
Spred hajmi - sotib olish va sotish narxlari o'rtasidagi farq. Kichik spred yuqori likvidlikni anglatadi.
Savdo hajmi - qimmatli qog'oz bilan amalga oshirilgan operatsiyalar soni va hajmi. Yuqori savdo hajmi yuqori likvidlikni ko'rsatadi.
Savdo tezligi - buyurtmalarning qanchalik tez bajarilishi.
Fond bozorida likvidlik juda muhim ahamiyatga ega. Sababi, u aktivning narx barqarorligini, bozor samaradorligini, risk boshqaruvini va kapitalni jalb qilishni saqlab turadi.
Aksincha, past likvidlik bilan bog'liq muammolar aktiv narxida keskin tebranishlar, brokerlarning yuqori spredlarini natijasida savdoda qiyinchiliklarni vujudga keltiradi.
Yomoni, past likvidlik fond bozorlarni manipulyatsiya qilish oson bo'ladi.
O'xshash yangiliklar
1964-yildan buyon AQShning S&P 500 fond indeksi 10 084% ga o‘sdi. Shu davr mobaynida AQShdagi nominal ish haqi o‘sishi esa 1 196% atrofida bo‘lgan. Raqamlar uzoq muddatda aktivlarga egalik qilish va faqat mehnat daromadiga tayanish o‘rtasidagi katta tafovutni ko‘rsatadi.
S&P 500 60 yilda 10 000% dan ko‘proq o‘sdi: ish haqi esa ancha sekin oshgan
07/09/26