top of page
Dollar-cost averaging — muntazam investitsiya strategiyasi nimani anglatadi?

Dollar-cost averaging — muntazam investitsiya strategiyasi nimani anglatadi?

#DCA

3 daqiqa

04/07/25, 17:13

1/3 Bitcoin
Ulashish:

Investorlar uchun sarmoya kiritishda eng muhim masala - qachon va qanday investitsiya qilish kerakligi hisoblanadi. Dollar-Cost Averaging strategiyasi ("bosqichma-bosqich investitsiya") bu muammoga klassik yechim bo'lib, ko'plab tajribali investorlar tomonidan qo'llaniladi. Dollar-Cost Averaging — investorning ma'lum bir aktivga (aksiya, kriptovalyuta) muntazam ravishda, belgilangan vaqt oralig'ida bir xil miqdorda mablag' sarflash strategiyasi. Garchi DCA strategiya har doim eng yuqori daromadni kafolatlamasa-da, u riskni maksimal darajada kamaytirish imkonini beradi. Bozor narxi yuqori yoki past bo'lishidan qat'i nazar, investor har doim bir xil summani investitsiya qiladi. DCA strategiyasining asosiy g'oyasi - vaqt omilidan foydalanib, bozor o'zgarishlarining ta'sirini maksimal darajada kamaytirish. Narx past bo'lganda ko'proq, narx yuqori bo'lganda kamroq aktiv sotib olinadi, natijada investitsiyada o'rtacha xarid narxi barqarorlashadi. Faraz qilaylik, investor oyiga $100 dollar miqdorida biror aksiyaga investitsiya qilmoqchi:

  • 1-oy: Aksiya narxi $10, $100$ ga 10 ta aksiya sotib olindi

  • 2-oy: Aksiya narxi $8, $100$ ga 12,5 ta aksiya sotib olindi

  • 3-oy: Aksiya narxi $12, $100$ ga 8,33 ta aksiya sotib olindi

  • 4-oy: Aksiya narxi $9, $100 ga 11,11 ta aksiya sotib olindi

Natija: Jami $400 sarflanib, 41,94 ta aksiya sotib olindi. O'rtacha narx: $9,54 (400÷41.94)

Agar investor barcha $400 ni birinchi oyda sarflagan bo'lsa, u faqat 40 ta aksiya (400÷10) sotib olgan bo'lardi. Investorlar ko'pincha bozor eng yuqori cho'qqisida sotib olish va eng past darajada sotish xatosiga yo'l qo'yadilar. DCA strategiyasi bu emotsional qarorlarni oldini oladi. Shuning uchun ushbu strategiya yangi boshlovchi investorlar uchun mos keladi.

Maqolani ulashing:

O'xshash yangiliklar

Dividendlarning umumiy hajmi qariyb 31,89 mlrd so‘mni tashkil etadi.

“O‘zbekinvest” aksiyadorlari kompaniyaning 2025-yildagi sof foydasining 58,2 foizini dividend sifatida taqsimlashga qaror qildi

25/08/26

Bu haqda Markaziy bankning 2025-yil yakunlari bo‘yicha tayyorlangan moliyaviy ommaboplik hisobotida ma’lum qilindi.

O‘zbekistonda banklardan kredit olgan fuqarolarning 29 foizida bir vaqtning o‘zida bittadan ortiq kredit mavjud.

25/08/26

20-avgust kuni SpaceX’ning yana 319 mln dona aksiyasi lock-up cheklovidan chiqarilib, investorlar tomonidan erkin sotilishi mumkin bo‘ldi. Bu kompaniyaning iyun oyidagi IPOsidan keyingi ikkinchi yirik aksiya “unlock” bosqichi hisoblanadi.

20-avgust kuni SpaceX aksiyalarida navbatdagi 319 mln dona aksiya erkin bozor savdolariga qoʻshildi

25/08/26

Janubiy Koreyaning SK Hynix kompaniyasi $28,6 mlrdlik aksiyalarini qayta sotib olish va bekor qilish bo‘yicha yirik dasturini e’lon qildi.

SK Hynix kompaniyasi $28,6 mlrd dollarlik aksiyalarini “buyback” rejasini eʼlon qildi

25/08/26

Moderna aksiyalari bir kunda 177%ga oshdi — kompaniya S&P 500’da yilning eng tez o‘sayotgan aksiyalaridan biriga aylandi

Moderna aksiyalari bir kunda 177%ga oshdi

25/08/26

Emissiya doirasida har birining nominal qiymati $100 bo‘lgan obligatsiyalarni investorlar orasida joylashtirish rejalashtirilmoqda.

UniversalBank $10 mlnlik valyuta obligatsiyalarini chiqaradi

25/08/26

bottom of page