top of page
Dividend Daromadliligi investorlar uchun nimani anglatadi?

​

Dividend Daromadliligi investorlar uchun nimani anglatadi?

#Dividend

4 daqiqa

04/06/25, 16:12

1/3 Bitcoin
Ulashish:

O'zbekiston Respublikasining "Aksiyadorlik jamiyati va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida"gi qonuniga kiritilgan o'zgarishlar (370-son qonun) bo'yicha, dividend jamiyat sof foydasining aksiyadorlar o'rtasida taqsimlanadigan qismi hisoblanadi. Bu ta'rif dividend daromadliligi konseptsiyasining qonuniy asosini tashkil etadi. Qonunchilikka ko'ra, dividend aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi qaroriga binoan pul mablag'lari, boshqa qonuniy to'lov vositalari yoki jamiyatning qimmatli qog'ozlari orqali to'lanishi mumkin. Biroq, imtiyozli aksiya egalari dividendlarni faqat pul mablag'lari yoki boshqa to'lov vositalariga asosan olishlari belgilangan. Dividend daromadliligi (Dividend Yield) - bu aksiyaga qo'yilgan investitsiyadan olinadigan yillik dividend miqdorining aksiya joriy bozor narxiga nisbati bo'lib, foiz shaklida ifodalanadi. Bu ko'rsatkich investorga o'z kapitalidan qanday darajada muntazam daromad olish imkoniyati mavjudligini ko'rsatadi. Matematik Ifoda: Dividend Daromadliligi = (Yillik Dividend/Aksiya) ÷ Aksiya Bozor Narxi × 100% Dividendlar moliyaviy yilning birinchi choragi, yarim yilligi va to'qqiz oyi natijalariga ko'ra belgilanadi. Dividendlarni to'lash muddati bu bo'yicha qaror qabul qilingan kundan boshlab 60 kundan oshmasligi kerak. Birinchi navbatda imtiyozli aksiyalar bo'yicha, keyin oddiy aksiyalar bo'yicha dividend to'lanadi Aksiyadorlar o'rtasida ularga tegishli aksiyalarning soni va turiga mutanosib taqsimlanadi. Yuqori dividend daromad taklif qiluvchi kompaniyalardan misol uchun 15 foizdan yuqori dividend daromadliligi potensial moliyaviy muammolar borligini anglatishi mumkin. Jamiyat hech bo'lmasa yuqori foizlarda dividend to'lab aksiyalariga talabni sun'iy oshirishga harakat qilish ehtimoligini oshiradi. Dividend daromadliligi zamonaviy investor uchun nafaqat daromad olish vositasi, balki moliyaviy mustaqillikka erishish yo'lidir. Qonuniy jihatdan himoyalangan va amaliy jihatdan qo'llanishi mumkin bo'lgan bu strategiya O'zbekiston moliyaviy bozorining rivojlanishi bilan yanada katta imkoniyatlar ochadi. Har bir investor o'z moliyaviy maqsadlari va risk bardoshlik darajasiga mos ravishda dividend strategiyasini tanlashi va amalga oshirishi lozim.


Maqolani ulashing:

O'xshash yangiliklar
Blackrock kompaniyasi Toshkent moliya markazini qurishda aynan qanday yordam beradi?
#TIFC

25/09/26

Blackrock Toshkent moliya markazi konsepsiyasini ishlab chiqishda koʻmaklashadi.
#TIFC

25/09/26

Saida Mirziyoyeva Toshkent xalqaro moliya markazi (TIFC) boshqaruvchisi etib tayinlandi.
#TIFC, #iqtisod

10/09/26

Nvidia kompaniyasining sof foydasi kelgusi uch yil davomida jami $595 mlrdga yetishi kutilmoqda. Kompaniya oxirgi 12 oyning o‘zida $197,6 mlrd sof foyda qayd etgan.

Nvidia kelgusi uch yilda $595 mlrd sof foyda olishi kutilmoqda
​

07/09/26

1964-yildan buyon AQShning S&P 500 fond indeksi 10 084% ga o‘sdi. Shu davr mobaynida AQShdagi nominal ish haqi o‘sishi esa 1 196% atrofida bo‘lgan. Raqamlar uzoq muddatda aktivlarga egalik qilish va faqat mehnat daromadiga tayanish o‘rtasidagi katta tafovutni ko‘rsatadi.

S&P 500 60 yilda 10 000% dan ko‘proq o‘sdi: ish haqi esa ancha sekin oshgan
​

07/09/26

2026-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonning tabiiy gaz importi $1,1 mlrdga yetdi. Shu davrda gaz eksporti esa $279,7 mlnni tashkil etdi. Natijada import qiymati eksportdan qariyb 4 barobar yuqori bo‘ldi.

O‘zbekistonda gaz importi eksportdan qariyb 4 barobar oshdi
​

07/09/26

bottom of page