Davlat ulushi mavjud yurdik shaxs tashkil etishga 2030-yilgacha moratoriy joriy qilindi

Davlat ulushi mavjud yurdik shaxs tashkil etishga 2030-yilgacha moratoriy joriy qilindi
#fond bozorlari
3 daqiqa
24/04/25, 16:57

Ulashish:
Davlat ulushi mavjud yurdik shaxs tashkil etishga 2030-yilgacha moratoriy joriy qilindi Bundan boshlab, Prezident qabul qilgan 70-son farmoniga muvofiq, 2030-yilga qadar (mudofaa va xavfsizlik bilan bog‘liq kompaniyalar bundan mustasno) davlat ishtiroki mavjud yuridik shaxs tashkil etish taqiqlanadi. Davlat ulushi mavjud korxonalar — aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitali qimmatli qog'oz ko‘rinishida aksiyadorlarga sotilib xususiylashtiriladi. Bu orqali xususiy sektor ulushini oshirish maqsad qilingan. Qarorda, davlat korxonalari soni 6 barobar kamaytirishi shuningdek, xususiy sektor ulushi 85 foizga yetkazilishi keltirilgan. Avvalroq, bozor va savdo majmualarda mahalliy hokimiyat ishtiroki bekor qilinganligini xabar qilgan edik. Ma’lumot uchun, davaktiv saytida e’lon qilgan xabarga ko‘ra, O‘zbekistondagi yagona fond birja — "Toshkent fond birjasi" AJ davlat ulushi 75 foizni tashkil etadi.
O'xshash yangiliklar
1964-yildan buyon AQShning S&P 500 fond indeksi 10 084% ga o‘sdi. Shu davr mobaynida AQShdagi nominal ish haqi o‘sishi esa 1 196% atrofida bo‘lgan. Raqamlar uzoq muddatda aktivlarga egalik qilish va faqat mehnat daromadiga tayanish o‘rtasidagi katta tafovutni ko‘rsatadi.
S&P 500 60 yilda 10 000% dan ko‘proq o‘sdi: ish haqi esa ancha sekin oshgan
07/09/26