top of page
Crypto Week Uzbekistan 2025 forumi bo'lib o'tdi

​

Crypto Week Uzbekistan 2025 forumi bo'lib o'tdi

#tahlil

4 daqiqa

20/04/25, 16:55

1/3 Bitcoin
Ulashish:

2025-yil 16–19-aprel kunlari Toshkentda Yoshlar Ijod Saroyida o‘tkaziladigan Crypto Week Uzbekistan 2025 xalqaro forumi Markaziy Osiyoda kripto-aktivlar aylanmasi, blokcheyn texnologiyalari va moliyaviy innovatsiyalar bo‘yicha eng yirik va nufuzli tadbirlardan biri bo‘ldi. Forumda 400 dan ortiq ishtirokchi, ular orasida xalqaro kompaniyalar, investorlar, regulyatorlar, yetakchi startaplar va taniqli kripto treyderlar qatnashdi.

Tadbir doirasida 30 dan ortiq spiker ishtirokida 20 dan ortiq sessiya va panel muhokamalari, istiqbolli startaplar uchun tanlov, B2B va B2G formatlaridagi uchrashuvlar, expo zonasi, networking tushliklari va AfterParty kabi qator tashkiliy faoliyatlar o‘tkazildi. Forumning asosiy e’tibori kripto-aktivlar ekotizimini rivojlantirish, tartibga solish masalalari, texnologiyalar integratsiyasi va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratildi. Spikerlar tarkibida Binance vakillari, yetakchi kripto treyderlar, regulyatorlar va blokcheyn-startaplar asoschilari bo‘ldi.

Shuningdek, fintech yo‘nalishi ham forumda alohida o‘rin egalladi. Sun’iy intellekt asosidagi moliyaviy xizmatlar, innovatsion to‘lov tizimlari, neobanklar, moliyaviy xizmatlardan keng foydalanish imkoniyatlari va texnologik transformatsiya jarayonlari muhokama qilindi.

Maqolani ulashing:

O'xshash yangiliklar
Blackrock kompaniyasi Toshkent moliya markazini qurishda aynan qanday yordam beradi?
#TIFC

25/09/26

Blackrock Toshkent moliya markazi konsepsiyasini ishlab chiqishda koʻmaklashadi.
#TIFC

25/09/26

Saida Mirziyoyeva Toshkent xalqaro moliya markazi (TIFC) boshqaruvchisi etib tayinlandi.
#TIFC, #iqtisod

10/09/26

Nvidia kompaniyasining sof foydasi kelgusi uch yil davomida jami $595 mlrdga yetishi kutilmoqda. Kompaniya oxirgi 12 oyning o‘zida $197,6 mlrd sof foyda qayd etgan.

Nvidia kelgusi uch yilda $595 mlrd sof foyda olishi kutilmoqda
​

07/09/26

1964-yildan buyon AQShning S&P 500 fond indeksi 10 084% ga o‘sdi. Shu davr mobaynida AQShdagi nominal ish haqi o‘sishi esa 1 196% atrofida bo‘lgan. Raqamlar uzoq muddatda aktivlarga egalik qilish va faqat mehnat daromadiga tayanish o‘rtasidagi katta tafovutni ko‘rsatadi.

S&P 500 60 yilda 10 000% dan ko‘proq o‘sdi: ish haqi esa ancha sekin oshgan
​

07/09/26

2026-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonning tabiiy gaz importi $1,1 mlrdga yetdi. Shu davrda gaz eksporti esa $279,7 mlnni tashkil etdi. Natijada import qiymati eksportdan qariyb 4 barobar yuqori bo‘ldi.

O‘zbekistonda gaz importi eksportdan qariyb 4 barobar oshdi
​

07/09/26

bottom of page