CoreWeave kompaniyasi IPO chiqarmoqda, Nvdia unda ’’anchor investor’’ bo‘lib qatnashadi

CoreWeave kompaniyasi IPO chiqarmoqda, Nvdia unda ’’anchor investor’’ bo‘lib qatnashadi
#IPO
4 daqiqa
27/03/25, 21:11

Ulashish:
CoreWeave — sun’iy intellekt va hisoblash infratuzilmasi bilan shug‘ullanuvchi kompaniya — o‘zining IPO (birlamchi ommaviy joylashtirish) rejasini e’lon qildi. CoreWeave mijozlarga bulutli hisoblash xizmatlari, sun’iy intellekt (AI), rendering va ilmiy hisob-kitoblar kabi katta hajmdagi hisoblash quvvatini talab qiladigan sohalar uchun infratuzilma yaratadi. Kompaniyaning eng yirik mijozlari Microsoft va Nvdia kompaniyalari bo‘lib, daromadining 68 foizni ulardan oladi. Nvdia kompaniyasi ushbu IPO‘da ''anchor investor'' sifatida qatnashmoqda. Ya’ni, har biri IPO‘da 40 dollardan baholanayotgan $250 million dollarlik aksiyalarni noma’lum qismini Nvdia sotib oladi. Bu boshqa investorlarni ham sotib olishga undashi mumkin. Umumiy olganda, CoreWeave Nvdia bilan munosabatlari ijobiy. CoreWeave hozirgi savdo urushi fonida IPO‘ni kechiktirib kelmoqda edi. Kompaniya dastlab 47–55 dollar oralig‘ida aksiyalarini IPO qilmoqchi edi. Biroq, bu Nvdia talabi bilan kamaytirilgan. 2024-yil davomida kompaniya daromadi esa 1,92 milliard dollarga yetgan. CoreWeave kompaniyasi o‘zining birlamchi ommaviy taklifini (IPO) 2025-yil 28-mart kuni Nasdaq fond birjasida "CRWV" belgisi ostida amalga oshiradi.
O'xshash yangiliklar
1964-yildan buyon AQShning S&P 500 fond indeksi 10 084% ga o‘sdi. Shu davr mobaynida AQShdagi nominal ish haqi o‘sishi esa 1 196% atrofida bo‘lgan. Raqamlar uzoq muddatda aktivlarga egalik qilish va faqat mehnat daromadiga tayanish o‘rtasidagi katta tafovutni ko‘rsatadi.
S&P 500 60 yilda 10 000% dan ko‘proq o‘sdi: ish haqi esa ancha sekin oshgan
07/09/26