Click kompaniyasi 10 mln dona oddiy aksiya chiqaradi

Click kompaniyasi 10 mln dona oddiy aksiya chiqaradi
#kompaniyalar
3 daqiqa
22/04/25, 15:59

Ulashish:
O'zbekistondagi mashhur toʻlov tashkiloti "Click AJ" nominal qiymati 1 000 soʻm boʻlgan umumiy kapitalizatsiyasi 10 mlrd so‘mlik 10 mln dona oddiy aksiyalar chiqaradi.
Oddiy aksiyalar aksiyadorlarga imtiyozli sotib olish huquqini taqdim etgan holda, yopiq obuna orqali joylashtirilishi kutilmoqda.
Qonunchilik talabi bilan toʻlov operatorlari va toʻlov tashkilotlari ustav kapitali doimiy ravishda oshib borishi kerak bo'ladi.
Fond birjasiga aksiyalar chiqarish orqali Click kompaniyasining ustav kapitali 20 mlrd so‘mga yetkaziladi.
Avvalroq, "Smart Bank" ham ustav kapitalini qonunchilik minimal talabiga yetkazish uchun nominal qiymati 1 000 so'm boʻlgan oddiy aksiyalarini chiqarganligini xabar qilgan edik.
O'xshash yangiliklar
1964-yildan buyon AQShning S&P 500 fond indeksi 10 084% ga o‘sdi. Shu davr mobaynida AQShdagi nominal ish haqi o‘sishi esa 1 196% atrofida bo‘lgan. Raqamlar uzoq muddatda aktivlarga egalik qilish va faqat mehnat daromadiga tayanish o‘rtasidagi katta tafovutni ko‘rsatadi.
S&P 500 60 yilda 10 000% dan ko‘proq o‘sdi: ish haqi esa ancha sekin oshgan
07/09/26