top of page
CFD shartnomalar haqida aytilmaydigan haqiqatlar

​

CFD shartnomalar haqida aytilmaydigan haqiqatlar

#CFD

5 daqiqa

04/04/26, 13:13

1/3 Bitcoin
Ulashish:

Brokerlar CFD shartnomalarni “moliya bozorlariga kirish imkoniyati” deb reklama qilishadi. Lekin bir statistikaga eʼtibor berishmaydi.


🇪🇺 Yevropa moliya regulyatori ma’lumotlariga ko‘ra — CFD treyderlarning 74–89 foizi o‘z kapitalini yo‘qotishadi. Ba’zi brokerlarda ko‘rsatkich 90 foizdan oshadi.


Qonunchilikka koʻra, brokerlar bu raqamlarni rasman e’lon qilishga majbur. Lekin uni hech qachon reklama materialida ko‘rmaysiz.


Ushbu maqolada:

— CFD shartnomalar qanday tuzilgan;

— Uorren Buffett bu instrumentlarga “aktiv” sifatida qaraydimi;

— Islom moliyasi CFD larni qanday baholaydi — javob olasiz.


CFD shartnomalar aslida nima?


CFD — Contract for Difference, yaʼni narx farqi shartnomasi. Siz Apple aksiyasini yoki EUR/USD valyutasini sotib olmaysiz. Faqat narx harakatidan farq uchun pul toʻlaysiz.


CFD larni “aktiv” deb ham hisoblab boʻlmaydi. Sababi sizda hech qanday egalik mulk huquqi mavjud emas. Asl aktiv hech qachon qoʻlingizga oʻtmaydi. Misol uchun, Nvdia aksiyasi sotib olsangiz — aksiyador boʻlasiz, boshqaruvda ovoz berish huquqingiz bor, dividend olasiz. CFD da — hech narsa yo'q. Faqat ekrandagi raqam.


Zamonaviy brokerlik kompaniyalarini bozorlardagi koʻcha sarrofiga tenglashtirib boʻlmaydi. Koʻcha sarrofi sizga haqiqiy dollar beradi, savdo qoʻlma-qoʻl boʻladi, kechiktirishlarsiz valyuta almashtirib beradi— CFD broker esa faqat raqam beradi.


Uorren Buffet derivativlar haqida nima deydi?


Uorren Buffett investitsiya qoidasi oddiy: “Aktiv oʻz-oʻzidan pul ishlab chiqarishi kerak”

Aksiya — kompaniya foyda qiladi, dividend beradi. Uy — ijara keladi. Zavod — mahsulot chiqaradi.


CFD nima ishlab chiqaradi? Hech narsa. U faqat boshqa birovning yoʻqotishiga bogʻliq. Bozorda kimdir yutsa — boshqasi yutqazadi. Bu Buffett aytgan “Greater Fool Theory” — men sotib olaman, undan kattaroq ahmoq topilsin degan umid. Shuning uchun, Uorren Buffet derivativlarni yoqtirmaydi.


Islom moliyasi CFD shartnomalar haqida nima deydi?


Islom fiqhida valyuta savdosi alohida tartibga solinadi, bu uchun aniq shart bor — taqabud: ikki tomon ham oʻsha yerda mulkni qoʻldan qoʻlga oʻtkazishi kerak. Yaʼni mulkga egalik huquqi tomonlarga oʻtishi shart.


Zamonaviy talqinda — valyuta haqiqatan hisobga tushishi nazarda tutiladi. Misol, uchun bank ilovalari orqali soʻmni dollarga konvertatsiya qilishda sizning hisobingizga real valyuta — oʻtadi. Bu holatni bozorda sarrof orqali valyutani almashtirishga tenglashtirilgan.


CFD da bu shart bajarilmaydi. Siz EUR uchun USD sotib olmaysiz — faqat narxiga bahs qoʻyasiz. Sizning yutqazishingiz birovning boyishiga xizmat qiladi. Bu esa islomda “maysir” deb atalib qattiq qoralanadi.


Bundan tashqari, CFD da odatda swap — foiz stavkasiga asoslangan bitimingiz har kechasi yopilmagani uchun toʻlov — mavjud. Bu ribo, yaʼni foiz — islomda qatʼiyan taqiqlangan.


Brokerlar endilikda, “Islamic account” deb ham odam jalb qilishga oʻtishmoqda. Swap olib tashlansa ham, admin fee yoki kengaytirilgan spread orqali xuddi shu xarajat boshqa nom bilan olinadi. Nom oʻzgartirishdi — lekin mazmun oʻzgarmadi.


OIC Fiqh Academy xulosasi: spot valyuta savdosi halol, lekin kechiktirilgan hisob-kitob va foizli mexanizmlar mumkin emas.

Maqolani ulashing:

Photo: Google

O'xshash yangiliklar
Islom moliyasi maslahat kengashi (IFCB) Imam Invest bilan hamkorlikni toʻxtatdi.
#Islom_moliyasi

26/10/26

Blackrock kompaniyasi Toshkent moliya markazini qurishda aynan qanday yordam beradi?
#TIFC

25/09/26

Blackrock Toshkent moliya markazi konsepsiyasini ishlab chiqishda koʻmaklashadi.
#TIFC

25/09/26

Saida Mirziyoyeva Toshkent xalqaro moliya markazi (TIFC) boshqaruvchisi etib tayinlandi.
#TIFC, #iqtisod

10/09/26

Nvidia kompaniyasining sof foydasi kelgusi uch yil davomida jami $595 mlrdga yetishi kutilmoqda. Kompaniya oxirgi 12 oyning o‘zida $197,6 mlrd sof foyda qayd etgan.

Nvidia kelgusi uch yilda $595 mlrd sof foyda olishi kutilmoqda
​

07/09/26

1964-yildan buyon AQShning S&P 500 fond indeksi 10 084% ga o‘sdi. Shu davr mobaynida AQShdagi nominal ish haqi o‘sishi esa 1 196% atrofida bo‘lgan. Raqamlar uzoq muddatda aktivlarga egalik qilish va faqat mehnat daromadiga tayanish o‘rtasidagi katta tafovutni ko‘rsatadi.

S&P 500 60 yilda 10 000% dan ko‘proq o‘sdi: ish haqi esa ancha sekin oshgan
​

07/09/26

bottom of page