top of page
Amazon Germaniyada bulutli infratuzilmalarga 8,4 milliard dollar sarmoya kiritmoqchi

​

Amazon Germaniyada bulutli infratuzilmalarga 8,4 milliard dollar sarmoya kiritmoqchi

#iqtisod, #tahlil

3-min

15/05/24, 15:07

1/3 Bitcoin
Ulashish:

Amazon kompaniyasi Germaniyaga 2040-yilgacha Amazon internet xizmatlarini rivojlantirish uchun 7,8 milliard yevro (8,44 milliard dollar) sarmoya kiritmoqchi ekanligini e’lon qildi.

Amazon Web Services (AWS) bu dunyodagi eng keng qamrovli va keng tarqalgan bulutli texnologiya bo‘lib, butun dunyo bo‘ylab ma’lumotlar markazlaridan 200 dan ortiq to‘liq xususiyatli xizmatlarni taklif etadi.

Ushbu sarmoya keyingi 16-yilda bosqichma-bosqich bulutli xizmatlarni rivojlantirish uchun sarflanadi va bu Germaniyaning mahalliy korxonalarida har yili o‘rtacha 2800 ta ish o‘rinlarini vujudga keltirishi kutilmoqda.

Bu sarmoya orqali Amazon nafaqat Yevropadagi eng yirik iqtisod egasi bo‘lgan Germaniyada, balki butun Yevropada bulutli hisoblash bozoridagi o‘rnini mustahkamlaydi.

Amazon Yevropaning Cloud ma’lumotlarning maxfiyligi bo‘yicha qat’iy talablarga bo‘ysungan holda o‘ziga yangi mijozlar oqimini jalb qiladi. Bu orqali hozirda $1.9 trillion dollarga baholanayotgan kompaniyani yana uzoq vaqt texnologiyalar bozoridan yo‘qolib ketmasligini ta’minlaydi.

Shuningdek, Amazonning Germaniyada infratuzilma va ish joylariga sarmoya kiritish Amazonning jamoatchilik obro‘yini yaxshilashi mumkin.

Bu yangilik Germaniya uchun ham iqtisodiy o‘sish bo‘lib xizmat qiladi. Rejalashtirilayotgan $8.4 milliard dollarlik sarmoya Germaniya iqtisodiyotiga sezilarli moliyaviy hissa qo‘shadi.

Amazon endilikdagi Germaniya mavjud bo‘lgan kompaniyalar bilan ham raqobatlashuviga to‘g‘ri keladi. Raqabat bor joyda esa rivojlanish bo'ladi.

Maqolani ulashing:

O'xshash yangiliklar
Blackrock kompaniyasi Toshkent moliya markazini qurishda aynan qanday yordam beradi?
#TIFC

25/09/26

Blackrock Toshkent moliya markazi konsepsiyasini ishlab chiqishda koʻmaklashadi.
#TIFC

25/09/26

Saida Mirziyoyeva Toshkent xalqaro moliya markazi (TIFC) boshqaruvchisi etib tayinlandi.
#TIFC, #iqtisod

10/09/26

Nvidia kompaniyasining sof foydasi kelgusi uch yil davomida jami $595 mlrdga yetishi kutilmoqda. Kompaniya oxirgi 12 oyning o‘zida $197,6 mlrd sof foyda qayd etgan.

Nvidia kelgusi uch yilda $595 mlrd sof foyda olishi kutilmoqda
​

07/09/26

1964-yildan buyon AQShning S&P 500 fond indeksi 10 084% ga o‘sdi. Shu davr mobaynida AQShdagi nominal ish haqi o‘sishi esa 1 196% atrofida bo‘lgan. Raqamlar uzoq muddatda aktivlarga egalik qilish va faqat mehnat daromadiga tayanish o‘rtasidagi katta tafovutni ko‘rsatadi.

S&P 500 60 yilda 10 000% dan ko‘proq o‘sdi: ish haqi esa ancha sekin oshgan
​

07/09/26

2026-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonning tabiiy gaz importi $1,1 mlrdga yetdi. Shu davrda gaz eksporti esa $279,7 mlnni tashkil etdi. Natijada import qiymati eksportdan qariyb 4 barobar yuqori bo‘ldi.

O‘zbekistonda gaz importi eksportdan qariyb 4 barobar oshdi
​

07/09/26

bottom of page