top of page
Aksiyalarni Bo'lish (Stock Split) investorlar uchun nimani anglatadi?

Aksiyalarni Bo'lish (Stock Split) investorlar uchun nimani anglatadi?

#Split

4 daqiqa

11/06/25, 12:55

1/3 Bitcoin
Ulashish:

Stock Split Nima?


Stock Split yoki aksiyalarni bo'lish - bu kompaniya mavjud aksiyalarini belgilangan nisbatda bo'lib, aksiyalar sonini ko'paytirish jarayonidir. Masalan, 2:1 nisbatdagi split'da har bir aksiya ikki qismga bo'linadi.


Oddiy tilda aytganda, bu sizning 1 ta 100 ming so'mlik pulingizni 2 ta 50 ming so'mlik pulga almashtirish kabi. Umumiy qiymat o'zgarmaydi, lekin birliklar soni ortadi.


Stock Split Qanday Ishlaydi?


Misol keltiradigan bo'lsak, Split oldidan 100 ta aksiya, har biri 1000 so'mdan = 100,000 so'm tashkil qilar edi.


Jamiyat o'z aksiyalarini 2:1 split qilish qaroridan keyin: 200 ta aksiya, har biri 500 so'mdan = 100,000 so'm aylantiriladi.


Bunda aksiyalar soni ikki baravar ko'paydi, narxi esa ikki baravar kamaydi. Investorning umumiy qiymati o'zgarmadi.


Forward Split (Oddiy Split)


Forward Split bu aksiyalarni ko'paytirish jarayonidir. Masalan, sizda 1 ta aksiya bor edi, split keyin 2 ta yoki 3 ta aksiya bo'ladi. Biroq har bir aksiyaning narxi mos ravishda pasayadi. Bu eng keng tarqalgan split turidir.


2:1 split da sizning 1 ta aksiyangiz 2 taga aylanadi. 3:1 split da esa 1 ta aksiya 3 taga bo'linadi. Xuddi katta non bo'lagini kichik bo'laklarga bo'lish kabi - umumiy miqdor o'zgarmaydi.


Reverse Split (Teskari Split)


Reverse Split esa aksincha ishlaydi. Bu yerda aksiyalar soni kamayadi, lekin har birining qiymati ortadi. Odatda moliyaviy qiyinchilikka duch kelgan kompaniyalar buni qo'llaydi.


Misol uchun, 1:10 reverse split da sizning 10 ta aksiyangiz 1 taga aylanadi, lekin yangi aksiyaning qiymati 10 baravar yuqori bo'ladi. Bu kompaniya aksiyasi juda arzon ko'rinmaslik uchun qilinadi.


Aksiyadorlik jamiyatlari Stock Split amalga oshirishlarini bir qancha sabablari mavjud.


Aksiya narxi juda yuqori bo'lganida, uni oddiy investorlar uchun qulayroq qilish. Masalan, 10,000 so'mlik aksiyani 2:1 splitda 5,000 so'mga tushirish.


Shuningdek, aksiyalarni bo'lishdan ya'na bir maqsad likvidlikni oshirish ham ko'zlarnishi mumkin. Arzonroq aksiyalar bilan ko'proq investor savdo qiladi, bu esa bozor faolligini oshiradi.


Ya'na bir omil bor-ki, investorlar arzonroq aksiyalarni ko'proq "qulayroq" deb hisoblaydi, garchi aslida hech narsa o'zgarmagan bo'lsa ham. Jamiyatning aksiyalarini bo'lish yoki birlashtirish jarayoni "Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarilishlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida" 2000-sonli qaror asosida tartibga solinadi.


O'zbekiston fond bozorida stock split hodisalari hali unchalik keng tarqalgan emas. Biroq, bozor rivojlanishi bilan bunday holatlar ko'payishi kutilmoqda.


Stock Split - bu kompaniyalar uchun aksiyalarni qulayroq qilish va likvidlikni oshirish vositasidir. Investorlar uchun bu aslida neytral hodisa - hech narsa yo'qotilmaydi yoki qo'shilmaydi.


Muhimi, split ni kompaniya muvaffaqiyatining o'zi emas, balki uning natijasi sifatida ko'rish kerak. Haqiqiy investitsiya qarorlari uchun kompaniyaning moliyaviy ko'rsatkichlari, biznes strategiyasi va bozor pozitsiyasi muhimroqdir.


Maqolani ulashing:

O'xshash yangiliklar

Dividendlarning umumiy hajmi qariyb 31,89 mlrd so‘mni tashkil etadi.

“O‘zbekinvest” aksiyadorlari kompaniyaning 2025-yildagi sof foydasining 58,2 foizini dividend sifatida taqsimlashga qaror qildi

25/08/26

Bu haqda Markaziy bankning 2025-yil yakunlari bo‘yicha tayyorlangan moliyaviy ommaboplik hisobotida ma’lum qilindi.

O‘zbekistonda banklardan kredit olgan fuqarolarning 29 foizida bir vaqtning o‘zida bittadan ortiq kredit mavjud.

25/08/26

20-avgust kuni SpaceX’ning yana 319 mln dona aksiyasi lock-up cheklovidan chiqarilib, investorlar tomonidan erkin sotilishi mumkin bo‘ldi. Bu kompaniyaning iyun oyidagi IPOsidan keyingi ikkinchi yirik aksiya “unlock” bosqichi hisoblanadi.

20-avgust kuni SpaceX aksiyalarida navbatdagi 319 mln dona aksiya erkin bozor savdolariga qoʻshildi

25/08/26

Janubiy Koreyaning SK Hynix kompaniyasi $28,6 mlrdlik aksiyalarini qayta sotib olish va bekor qilish bo‘yicha yirik dasturini e’lon qildi.

SK Hynix kompaniyasi $28,6 mlrd dollarlik aksiyalarini “buyback” rejasini eʼlon qildi

25/08/26

Moderna aksiyalari bir kunda 177%ga oshdi — kompaniya S&P 500’da yilning eng tez o‘sayotgan aksiyalaridan biriga aylandi

Moderna aksiyalari bir kunda 177%ga oshdi

25/08/26

Emissiya doirasida har birining nominal qiymati $100 bo‘lgan obligatsiyalarni investorlar orasida joylashtirish rejalashtirilmoqda.

UniversalBank $10 mlnlik valyuta obligatsiyalarini chiqaradi

25/08/26

bottom of page