Aksiyadorlik jamiyatlari xodimlariga aksiyalarni sotib olish uchun imtiyozli huquq berildi

Aksiyadorlik jamiyatlari xodimlariga aksiyalarni sotib olish uchun imtiyozli huquq berildi
#Qonunchilik
4 daqiqa
27/05/25, 15:05

Ulashish:
Aksiyadorlik jamiyatlari xodimlariga aksiyalarni sotib olish uchun imtiyozli huquq berildi.
"O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi qonun orqali Aksiyadorlik jamiyatlari to'g'risida qonunga o'zgartirish kiritildi.
Qonunga ko'ra:
Aksiyadorlik jamiyatlari xodimlariga aksiyalarni sotib olish uchun imtiyozli huquq berildi;
Aksiyadorlik jamiyatlarida veb-saytlar mavjud bo'lishining majburiyligini tashkil etuvchi va ular tomonidan axborotning oshkor etilishi sohasida qo'yilgan talablar soddalashtirilib chiqildi.
"Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish tog'risida" qonun 5-moddasiga ko'ra; jamiyat xodimlari ham aksiyalarni sotib olishda imtiyozli huquqga egaligi keltirildi.
Aksiyalarni imtiyozli huquq bilan sotib olish degani, jamiyatda ulushi mavjud aksiyador o'z ulushini sotib undan chiqib ketmoqchi bo'lganda birinchi jamiyatdagi boshqa aksiyadorlarga 30 kun ichida sotib olish taklifini beradi.
Imtiyozli huquq orqali sotib olish arzonroq narxda aksiyalarni sotib olishni anglatmaydi.
Fond birjalarining faoliyatini tartibga solishda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi mas'ul bo'lishi belgilanmoqda.
O'xshash yangiliklar
1964-yildan buyon AQShning S&P 500 fond indeksi 10 084% ga o‘sdi. Shu davr mobaynida AQShdagi nominal ish haqi o‘sishi esa 1 196% atrofida bo‘lgan. Raqamlar uzoq muddatda aktivlarga egalik qilish va faqat mehnat daromadiga tayanish o‘rtasidagi katta tafovutni ko‘rsatadi.
S&P 500 60 yilda 10 000% dan ko‘proq o‘sdi: ish haqi esa ancha sekin oshgan
07/09/26