top of page
Aksiyadorlik jamiyatlari boshqaruv tizimi organlar iyerarxiyasi

​

Aksiyadorlik jamiyatlari boshqaruv tizimi organlar iyerarxiyasi

#fond bozorlari

5 daqiqa

24/02/25, 01:20

1/3 Bitcoin
Ulashish:

Aksiyadorlik jamiyatlari boshqaruv tizimi organlar iyerarxiyasi bir necha tuzilmalardan iborat.


Zero, investitsiya kiritishdan oldin korporatsiyalar tarkibiy tuzilmalarini tushunish muhim.


O'zbekistonda aksiyadorlik jamiyatlari asosan quyidagi uch tuzilmadan iborat.


  1. Kuzatuv kengashi - korporatsiya asosiy nazorat organi bo'lib, strategik qarorlarni qabul qiladi va ijro organi ustidan nazoratni amalga oshiradi.


Kompaniya direkori (CEO) tayinlash, yirik bitimlarni imzolash,filiallar ochish yoki yopish to'g'risida qaror qabul qilish uni vazifasi.
  1. Ijro organi - kompaniyani kundalik boshqaradigan rahbarlar guruhi bo'lib, unga ijrochi direktor (CEO) boshchilik qiladi. Ijro organi korporatsiyada kundalik operatsion qarorlarni qabul qiladi va har kuni faoliyat olib boradi.


 Misol uchun xodimlarni yollash, budjetni sarflash, kichik shartnomalar tuzish, (yirik shartnomalarga kuzatuv kengashi roziligi zarur) xom-ashyo va jihozlar xarid qilish kabi boshqa ishlar.

Kuzatuv kengashi aʼzolari yig'ilishi esa yiliga 4-6 marta chaqirilib, asosan ijro organi qanday ishlayotgani muhokama qilinadi.


Soddaroq qilib aytganda, kuzatuv kengashi "nima qilish kerak?" degan savol bilan shug'ullansa, ijro organi "qanday qilish kerak?" qabilida ish tutadi.


Ijro organi taktik qarorlar qabul qilsa, Kuzatuv kengashi strategik qarorlar orqali ijro organi ustidan nazoratni amalga oshiradi.


  1. Aksiyadorlar umumiy yig'ilishi - korporatsiyaning eng oliy boshqaruv organi bo'lib, odatda eng muhim qarorlar qabul qilishda yilda kamida bir marotaba chaqiriladi.


 Misol uchun korporatsiya o'tgan moliya yilida topgan foydasidan aksiyadorlarga dividend ajratish.

  Nima keragi bor korporatsiyada bir necha boshqaruv organ tuzishni?


Bu tizim kompaniyalarda "checks and balances"ni (nazorat va muvozanat) yaratadi - ya'ni bitta odam yoki guruh haddan tashqari katta hokimiyatga ega bo'lib ketmaydi.


Maqolani ulashing:

O'xshash yangiliklar
Blackrock kompaniyasi Toshkent moliya markazini qurishda aynan qanday yordam beradi?
#TIFC

25/09/26

Blackrock Toshkent moliya markazi konsepsiyasini ishlab chiqishda koʻmaklashadi.
#TIFC

25/09/26

Saida Mirziyoyeva Toshkent xalqaro moliya markazi (TIFC) boshqaruvchisi etib tayinlandi.
#TIFC, #iqtisod

10/09/26

Nvidia kompaniyasining sof foydasi kelgusi uch yil davomida jami $595 mlrdga yetishi kutilmoqda. Kompaniya oxirgi 12 oyning o‘zida $197,6 mlrd sof foyda qayd etgan.

Nvidia kelgusi uch yilda $595 mlrd sof foyda olishi kutilmoqda
​

07/09/26

1964-yildan buyon AQShning S&P 500 fond indeksi 10 084% ga o‘sdi. Shu davr mobaynida AQShdagi nominal ish haqi o‘sishi esa 1 196% atrofida bo‘lgan. Raqamlar uzoq muddatda aktivlarga egalik qilish va faqat mehnat daromadiga tayanish o‘rtasidagi katta tafovutni ko‘rsatadi.

S&P 500 60 yilda 10 000% dan ko‘proq o‘sdi: ish haqi esa ancha sekin oshgan
​

07/09/26

2026-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonning tabiiy gaz importi $1,1 mlrdga yetdi. Shu davrda gaz eksporti esa $279,7 mlnni tashkil etdi. Natijada import qiymati eksportdan qariyb 4 barobar yuqori bo‘ldi.

O‘zbekistonda gaz importi eksportdan qariyb 4 barobar oshdi
​

07/09/26

bottom of page