top of page
2026-yilning I yarmida aholining aholi jon boshiga toʻgʻri kelgan daromadi (per capita) 16,1 mln soʻmga yetdi

2026-yilning I yarmida aholining aholi jon boshiga toʻgʻri kelgan daromadi (per capita) 16,1 mln soʻmga yetdi

2 min

07/08/26, 10:37

1/3 Bitcoin
Ulashish:

2026-yilning birinchi yarim yilligida O‘zbekistonda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan umumiy daromad 16,1 mln so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Statistika qo‘mitasi ma’lum qildi. Statistika qo‘mitasi ma’lumotlari

Hisobotga ko‘ra:

  • nominal daromadlar 14,5 foizga oshgan

  • inflyatsiya hisobga olinganda real daromadlar 7,3 foizga o‘sgan

  • aholi jon boshiga daromad 16,1 mln so‘mga yetgan

Oddiy hisob-kitob qiladigan bo‘lsak, 16,1 mln so‘mni olti oyga bo‘lganda oyiga o‘rtacha 2,68 mln so‘mga to‘g‘ri keladi.


Biroq bu raqamni aholining o‘rtacha oylik maoshi sifatida tushunmaslik kerak. Aholi jon boshiga daromad ko‘rsatkichi ish haqi bilan cheklanmaydi. Unga tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlar, transferlar, mulkiy daromadlar va boshqa tushumlar ham kiradi.

Yana bir muhim jihat — 7,3 foizlik real o‘sish barcha fuqarolarning daromadi aynan 7,3 foizga oshganini anglatmaydi.


Bu o‘rtacha statistik ko‘rsatkich. Daromadlarning aholining turli qatlamlari o‘rtasida qanday taqsimlangani alohida masala. Masalan, yuqori daromadli qatlamlarning daromadi tezroq o‘ssa, umumiy o‘rtacha ko‘rsatkich ham yuqorilashi mumkin.


Shu sababli 16,1 mln so‘mlik ko‘rsatkichni aholining real xarid qobiliyatini baholashda boshqa indikatorlar, jumladan, inflyatsiya, ish haqi o‘sishi va daromadlar taqsimoti bilan birgalikda ko‘rib chiqish muhim.


Xullas, qo‘shnim har kuni qo‘y go‘shti yeydi, men esa faqat kartoshka. Statistika bo‘yicha esa ikkalamiz ham har kuni qozon kabob yeyapmiz.

Maqolani ulashing:

O'xshash yangiliklar
Saida Mirziyoyeva Toshkent xalqaro moliya markazi (TIFC) boshqaruvchisi etib tayinlandi.
#TIFC, #iqtisod

10/09/26

Nvidia kompaniyasining sof foydasi kelgusi uch yil davomida jami $595 mlrdga yetishi kutilmoqda. Kompaniya oxirgi 12 oyning o‘zida $197,6 mlrd sof foyda qayd etgan.

Nvidia kelgusi uch yilda $595 mlrd sof foyda olishi kutilmoqda

07/09/26

1964-yildan buyon AQShning S&P 500 fond indeksi 10 084% ga o‘sdi. Shu davr mobaynida AQShdagi nominal ish haqi o‘sishi esa 1 196% atrofida bo‘lgan. Raqamlar uzoq muddatda aktivlarga egalik qilish va faqat mehnat daromadiga tayanish o‘rtasidagi katta tafovutni ko‘rsatadi.

S&P 500 60 yilda 10 000% dan ko‘proq o‘sdi: ish haqi esa ancha sekin oshgan

07/09/26

2026-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonning tabiiy gaz importi $1,1 mlrdga yetdi. Shu davrda gaz eksporti esa $279,7 mlnni tashkil etdi. Natijada import qiymati eksportdan qariyb 4 barobar yuqori bo‘ldi.

O‘zbekistonda gaz importi eksportdan qariyb 4 barobar oshdi

07/09/26

Apple’da 15 yildan so‘ng rahbariyat almashdi. Tim Cook bosh ijrochi direktor (CEO) lavozimini tark etdi va uning o‘rnini kompaniyada 25 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan John Ternus egalladi.

Apple’da yangi davr: Tim Cook 15 yildan so‘ng CEO lavozimini John Ternusga topshirdi

07/09/26

Google’ning bosh kompaniyasi Alphabet daromadi 2017-yildagi $110,8 mlrd darajadan 2025-yilda $402,8 mlrdgacha yetdi. 

Google daromadi 8 yil ichida qariyb 4 barobar oshdi

07/09/26

bottom of page