Paynet kompaniyasi ustav kapitalini 42,5 million dollargacha oshirmoqda

Paynet kompaniyasi ustav kapitalini 42,5 million dollargacha oshirmoqda
#kompaniyalar
3 daqiqa
26/02/25, 23:37

Ulashish:
Paynet AJ ustav kapitalini 558,12 mlrd so'm (42,5 million dollar) oshirmoqda.
Kompaniya Humo to‘lov tizimini 65 million dollarga sotib olganidan so'ng, 24-fevralda aksiyadorlar umumiy yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Umumiy yig'ilishda aksiyadorlar kompaniya ustav kapitalini 550 milliard so‘mga oshirish bo'yicha qaror qabul qildi.
Ushbu jarayonda 1,09 trillion dona oddiy aksiyalar chiqarilib, ularning har biri 500 so‘m nominal qiymatga ega bo‘ldi.
Sababi, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun 23-moddasida ko'ra aksiyalarning nominal qiymati besh ming so‘mdan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Avvalroq, elektron to‘lov operatorlaridan biri Paynet qonunchilik talabi bo'yicha huquqiy maqomini Mas'uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) dan Aksiyadorlik Jamiyatiga (AJ) o'zgartirgan edi.
Фото: Paynet
O'xshash yangiliklar
1964-yildan buyon AQShning S&P 500 fond indeksi 10 084% ga o‘sdi. Shu davr mobaynida AQShdagi nominal ish haqi o‘sishi esa 1 196% atrofida bo‘lgan. Raqamlar uzoq muddatda aktivlarga egalik qilish va faqat mehnat daromadiga tayanish o‘rtasidagi katta tafovutni ko‘rsatadi.
S&P 500 60 yilda 10 000% dan ko‘proq o‘sdi: ish haqi esa ancha sekin oshgan
07/09/26