top of page
Islom moliyasi an'anaviy moliyadan nimasi bilan farqlanadi?

​

Islom moliyasi an'anaviy moliyadan nimasi bilan farqlanadi?

#Islom_moliyasi

5 daqiqa

04/03/25, 21:08

1/3 Bitcoin
Ulashish:

Islom moliyasi — moliyaviy operatsiyalarni Islom qoidalari va prinsiplari asosida amalga oshirish tizimidir.


Bu tizim uch asosiy tamoyilga tayanadi:


  1. Ribo taqiqi — sudxo'rlikning ta'qiqi, ya'ni qarz uchun ortiqcha foiz undirishning taqiqlanishi.


  1. G'arar taqiqi — shartnomalarda haddan tashqari noaniqliklarga yo'l qo'ymaslik.


  1. Maysir taqiqi — qimor o'yinlari va tavakkalchilikka asoslangan spekulyativ faoliyatni taqiqlash.


Islom moliyasi tizimi aynan shu uchta muhim prinsip ustida qurilgani uchun ham an'anaviy moliyadan tubdan farq qiladi.


Islom moliyasi sarmoya kiritishda risklarni tomonlar o'rtasida adolatli taqsimlanishini majburiy qilib qo'yadi.


Bir tomon barcha riskni o'z zimmasiga olishini qattiq qoralaydi va noaniq, shubhali sarmoyalardan qochishni maslahat beradi.


Bunga yechim sifatida sherikchilik orqali tijorat yuritishni tavsiya etadi.


Islom moliyasida qimmatli qog'ozlar


An'anaviy moliyada qarz tilxati o'xshash obligatsiyalar o'rniga Islom moliyasi "sukuk"ni taklif qiladi.


Obligatsiya egasi (investor) kompaniya tijoratida foyda ko'rish-ko'rmasligidan qat'iy nazar daromad oladi va barcha risk obligatsiya chiqargan kompaniyada qoladi.


Islom moliyasida esa riskning tomonlar o'rtasida taqsimlanishini shart.


Imtiyozli aksiyalarni ham Islom moliyasi muammoli deb biladi.


Sababi, imtiyozli aksiyalarda investor kompaniya foyda ko'rish-ko'rmasligidan qat'iy nazar dividend olish huquqiga ega bo'ladi.


Agar imtiyozli aksiya chiqargan kompaniya daromad qila olmasa ham, zaxira fondidan aksiyadorga dividend to'lab berishi kerak.


Islom moliyasida kripto-aktivlar


Kripto-aktivlarga sarmoya kiritishda aksar kriptovalyutalar orqasida aniq loyiha, jamoa yo'qligi hisobiga g'arar (ya'ni mavhumlik) yuqori ekanligi uchun ularni islom qoidalariga zid deb hisoblaydi.


Aksar kripto-aktivlarning narxlari tez o'zgarishi hisobiga ularni spekulyativ xususiyatga egaligi (maysir) uchun sarmoya qilishdan qaytaradi.


Maqolani ulashing:

O'xshash yangiliklar
Blackrock kompaniyasi Toshkent moliya markazini qurishda aynan qanday yordam beradi?
#TIFC

25/09/26

Blackrock Toshkent moliya markazi konsepsiyasini ishlab chiqishda koʻmaklashadi.
#TIFC

25/09/26

Saida Mirziyoyeva Toshkent xalqaro moliya markazi (TIFC) boshqaruvchisi etib tayinlandi.
#TIFC, #iqtisod

10/09/26

Nvidia kompaniyasining sof foydasi kelgusi uch yil davomida jami $595 mlrdga yetishi kutilmoqda. Kompaniya oxirgi 12 oyning o‘zida $197,6 mlrd sof foyda qayd etgan.

Nvidia kelgusi uch yilda $595 mlrd sof foyda olishi kutilmoqda
​

07/09/26

1964-yildan buyon AQShning S&P 500 fond indeksi 10 084% ga o‘sdi. Shu davr mobaynida AQShdagi nominal ish haqi o‘sishi esa 1 196% atrofida bo‘lgan. Raqamlar uzoq muddatda aktivlarga egalik qilish va faqat mehnat daromadiga tayanish o‘rtasidagi katta tafovutni ko‘rsatadi.

S&P 500 60 yilda 10 000% dan ko‘proq o‘sdi: ish haqi esa ancha sekin oshgan
​

07/09/26

2026-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonning tabiiy gaz importi $1,1 mlrdga yetdi. Shu davrda gaz eksporti esa $279,7 mlnni tashkil etdi. Natijada import qiymati eksportdan qariyb 4 barobar yuqori bo‘ldi.

O‘zbekistonda gaz importi eksportdan qariyb 4 barobar oshdi
​

07/09/26

bottom of page