''Paynet" AJ 2024-yilda 282 mlrd so'm sof foyda oldi

''Paynet" AJ 2024-yilda 282 mlrd so'm sof foyda oldi
#kompaniyalar, #tahlil
5 daqiqa
23/03/25, 09:24

Ulashish:
''Paynet'' Aksiyadorlik Jamiyati o‘tgan 2024-yil mobaynida 282 mlrd so‘m (14 mln dollar) sof foyda oldi. Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlarga taqqoslaganda 87 foizga o‘sgan.
Paynet ilovasi orqali amalga oshirilgan tranzaksiyalarning umumiy hajmi 96 trillion so‘mdan oshadi, bu 2023-yilga nisbatan ikki baravar ko‘p.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-381-son qaroriga muvofiq, to‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlari faqat aksiyadorlik jamiyati shaklida faoliyat yuritadi.
Paynet (''Paynet'' aksiyadorlik jamiyati sifatida ro‘yxatdan o‘tgan) "Humo"ning ("Milliy banklararo protsessing markazi" aksiyadorlik jamiyati) yangi egasi bo‘ldi.
Xususiylashtirilish oldidan, “Milliy banklararo protsessing markazi” (“Humo”) ustav kapitalidagi davlat ulushi to‘liq Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkazilgan edi.
Garchi Register Stat uz ma’lumotlarida nomlari “Askiyadorlar” deb yashirilgan bo‘lsa ham, "New Industrial Technologies" MChJ - Paynetning yagona aksiyadori ya’ni Paynet 100% shu kompaniyaga tegishli bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, ''Paynet AJ'' qiymati 547,62 mlrd so‘mlik oddiy aksiyalar chiqarib, bu emissiya HUMO sotib olinishini moliyalashtirish yoki kompaniya kapitalizatsiyasini oshirish uchun qilingan.
Ushbu emissiya qilingan aksiyalar 2025-yil 24-fevralda Paynet AJ egalik qiladigan "New Industrial Technologies" MChJ yagona aksiyadori Abduraxmanov Mustafa Orazbayevich qaroriga ko‘ra to‘liq sotib olingan.
Ya’ni Paynet AJ o‘zining yagona aksiyadori bo‘lgan "New Industrial Technologies" MChJ ga aksiya sotish orqali mablag‘ yig‘gan.
Aslida, bu Paynetning egasi kompaniyasiga qo‘shimcha pul kiritishining rasmiy usuli bo‘lib, bu jarayon orqali Humo xaridi moliyalashtirilmoqda. Bu pul bilan Paynet AJ Humo uchun to‘lovni amalga oshirish ehtimoli yuqori.
Chiqarilgan aksiyalar paketi fond birjasi orqali "New Industrial Technologies" MChJ nomiga qayta rasmiylashtirilgan.
Fond bozorida aksiyalarni qayta rasmiylashtirishdan maqsad, kelajakda "New Industrial Technologies" MChJ o‘zidagi 547,62 mlrd so‘mlik oddiy aksiyalarni boshqa investorlarga sotish imkonini beradi.
Register Stat uz ma’lumotlariga ko‘ra; ''Paynet'' AJ yagona aksiyadori "New Industrial Technologies" MChJ ustav kapitali 1,1 trillion dollardan oshsa ham kichik tadbirkorlik subyektiga mansubligi ham hayratlanarli.
Davaktiv agentligi “Humo"ni xususiylashtirish uchun maslahatchi sifatida “Deloitte” kompaniyasi ("DELOITTE VA TOUCHE" MChJ Auditorlik tashkiloti sifatida ro‘xatdan o‘tgan) konsultant sifatida tanlab olingan edi.
Endilikda, Deloitte 1,5 mlrd so‘m evaziga Paynetning 2024-yil yakunlari bo‘yicha moliyaviy hisobotini audit qilishi belgilanibdi.
Bu Deloitte kompaniyasining "Humo" xususiylashtirish jarayonida, ham Paynet auditida ishtirok etishi muayyan e’tiborga loyiq holat.
Sababi, bir tomondan Deloitte davlatga "Humo"ni xususiylashtirish bo‘yicha maslahat bergan, boshqa tomondan esa endi "Humo"ni sotib olgan Paynetning auditini o‘tkazishi manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga keltirishi mumkin.
Deloitte kompaniyasining ikki tomonlama roli xuddi bir futbol o‘yinida ham hakam, ham jamoa bosh murabbiy bo‘lib ishlashga o‘xshaydi.
Sababi, bir tomondan Deloitte kompaniyasi davlatga "sotish qanday bo‘lishi kerak" deb maslahat berayotib, boshqa tomondan esa endi sotib olgan kompaniyaning moliyaviy hisobotlarini o‘zi tekshirmoqda.
O'xshash yangiliklar
VAP Group va Times of Blockchain 2025-yil 10–11 dekabr kunlari Abu Dabi, Space42 Arena’da Global Blockchain Show 2025 ni o‘tkazadi. Tadbir 5,000+ ishtirokchi, 200+ xalqaro ekspert spiker, 300+ yetakchi investor va 150+ media vakillarini bir platformada jamlab, blokcheyn va dezentral texnologiyalar sohasidagi muhim muhokamalar va hamkorliklarni rag‘batlantiradi.
DeFi va digital aktivlardan tortib NFT va korporativ blokcheyngacha — jonli demo, pitch tanlovlari va hackathonlar orqali yangi start uplar va texnologik imkoniyatlar namoyish etiladi. Tadbir yuqori darajadagi networking va investitsiya imkoniyatlarini ham taqdim etadi.
VAP Group vakili ta’kidlaganidek, “Global Blockchain Show BAAda blokcheyn ekotizimini kuchaytirish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish uchun muhim maydon bo‘ladi. Biz ishtirokchilar va hamkorlarga haqiqiy imkoniyat va yangi investitsiya imkoniyatlarini taqdim etish niyatidamiz.”
Tadbir tafsilotlari:
📅 Sana: 10–11 dekabr, 2025-yil
📍 Joy: Space42 Arena, Abu Dabi
👥 Ishtirokchilar: 5,000+
🎙 Spikerlar: 200+ global ekspert
💼 Investorlar: 300+
🗞 Media: 150+
Hoziroq so'rov yuboring va siz ham ishtirok eting:
GBS Abu Dhabi :
BTX10 - https://ti.to/globalblockchainshow/abu-dhabi/discount/BTX10
IVT10 - https://ti.to/globalblockchainshow/abu-dhabi/discount/IVT10
GAIS Abu Dhabi-
IVT10- https://ti.to/global-ai-show/abu-dhabi/discount/IVT10
BTX10- https://ti.to/global-ai-show/abu-dhabi/discount/BTX10
GGS Abu Dhabi :
BTX10 - https://ti.to/global-games-show/abu-dhabi/discount/BTX10
IVT10 - https://ti.to/global-games-show/abu-dhabi/discount/IVT10
Global Blockchain Show 2025 — Abu Dabida
#Global Blockchain Show
17/11/25