top of page
Intel kompaniyasiga yangi ijrochi direktor tayinlandi

Intel kompaniyasiga yangi ijrochi direktor tayinlandi

#kompaniyalar

3 daqiqa

13/03/25, 21:23

1/3 Bitcoin
Ulashish:

Intel korporatsiyasi direktorlar kengashi (Board of directors) yarimoʻtkazgichlar sanoatida katta tajribaga ega boʻlgan Lip-Bu Tanni 2025 yil 18-mart sanasidan boshlab bosh ijrochi direktor (CEO) etib tayinlaganini eʼlon qildi.

Lip-Bu Tan avval Intel kompaniyasi direktorlar kengashida mustaqil direktor sifatida xizmat qilgan. Biroq u 2024-yil avgust oyida bu lavozimni tark etgan edi.

Yangi bosh ijrochi direktor lavozimiga tayinlangach, Lip-Bu Tan direktorlar kengashiga qayta qoʻshiladi, ammo bu safar u mustaqil boʻlmagan aʻzo sifatida faoliyat yuritadi, chunki u endi kompaniyaning boshqaruv rahbariyati aʻzosi hisoblanadi. Kompaniyaga yangi rahbar tayinlanishi investorlar uchun optimistik tuyuldi, Intel aksiyalari narxi bugun deyarli 16 foizga o'sdi. AQShda Intel kabi korporatsiyalar bir pog'onali boshqaruv tizimidan foydalanadi.

Bu tizimda bitta direktorlar kengashi (Board of Directors) mavjud boʻlib, u ham ijrochi direktorlar (kompaniya rahbariyati), ham mustaqil, ijrochi boʻlmagan direktorlarni oʻz ichiga oladi. O'zbekistonda esa ularni vakolatlarini ikki butunlay alohida ikki pog'onali boshqaruv tizimi qoʻllaydi:

  • Kuzatuv kengashi: strategik qarorlar qabul qiladi va ijro organini nazorat qiladi. Uning tarkibiga mustaqil, ijrochi boʻlmagan direktorlar kiradi.

  • Ijro organi: kompaniyaning kundalik faoliyatini boshqaradi va kuzatuv kengashi tomonidan belgilangan strategiyani amalga oshiradigan ijrochi direktorlar kiradi.

Maqolani ulashing:

O'xshash yangiliklar
Saida Mirziyoyeva Toshkent xalqaro moliya markazi (TIFC) boshqaruvchisi etib tayinlandi.
#TIFC, #iqtisod

10/09/26

Nvidia kompaniyasining sof foydasi kelgusi uch yil davomida jami $595 mlrdga yetishi kutilmoqda. Kompaniya oxirgi 12 oyning o‘zida $197,6 mlrd sof foyda qayd etgan.

Nvidia kelgusi uch yilda $595 mlrd sof foyda olishi kutilmoqda

07/09/26

1964-yildan buyon AQShning S&P 500 fond indeksi 10 084% ga o‘sdi. Shu davr mobaynida AQShdagi nominal ish haqi o‘sishi esa 1 196% atrofida bo‘lgan. Raqamlar uzoq muddatda aktivlarga egalik qilish va faqat mehnat daromadiga tayanish o‘rtasidagi katta tafovutni ko‘rsatadi.

S&P 500 60 yilda 10 000% dan ko‘proq o‘sdi: ish haqi esa ancha sekin oshgan

07/09/26

2026-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonning tabiiy gaz importi $1,1 mlrdga yetdi. Shu davrda gaz eksporti esa $279,7 mlnni tashkil etdi. Natijada import qiymati eksportdan qariyb 4 barobar yuqori bo‘ldi.

O‘zbekistonda gaz importi eksportdan qariyb 4 barobar oshdi

07/09/26

Apple’da 15 yildan so‘ng rahbariyat almashdi. Tim Cook bosh ijrochi direktor (CEO) lavozimini tark etdi va uning o‘rnini kompaniyada 25 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan John Ternus egalladi.

Apple’da yangi davr: Tim Cook 15 yildan so‘ng CEO lavozimini John Ternusga topshirdi

07/09/26

Google’ning bosh kompaniyasi Alphabet daromadi 2017-yildagi $110,8 mlrd darajadan 2025-yilda $402,8 mlrdgacha yetdi. 

Google daromadi 8 yil ichida qariyb 4 barobar oshdi

07/09/26

bottom of page