"Olmaliq KMK" AJ sof foydasi deyarli 2 trillion so'mga yetdi

"Olmaliq KMK" AJ sof foydasi deyarli 2 trillion so'mga yetdi
#daromad_hisobotlari
4 daqiqa
07/05/25, 17:55

Ulashish:
"Olmaliq KMK" AJ sof foydasi deyarli 2 trillion so'mga yetdi. "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati 2025-yil 1-chorak daromad hisobotlarini e'lon qildi. Unda jamiyatning 2025-yil dastlabki uch oy ichida sof foydasi 1 987 053 314 so'mni tashkil qildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 34,3 foizga ko‘p hisoblanadi. Jamiyat chiqargan qimmatli qog'ozlar "Toshkent fond birjasi'' orqali: ■ Imtiyozli aksiyalar — 9 500 so'm; ■ Oddiy aksiyalar — 3 914 so'mdan savdo qilinmoqda. "Olmaliq KMK" AJ korporativ saytida e'lon qilingan ma'lumotlariga ko'ra, 2023-yil yakunigа koʻra jamiyat 6,7 trln so'm dividend to'lagan. Bu summa yuzasidan qonunda belgilangan 5 foizlik soliq stavkasi asosida hisoblasak, kompaniya davlat byudjetiga 335 mlrd so'm dividend solig'i to'lashi kerak edi. Holbuki, 2023-yil uchun qabul qilingan davlat byudjeti to'g'risidagi qonunda "Olmaliq KMK" va "Navoiy KMK" aksiyadorlik jamiyatlari birgalikda atigi 25,5 mlrd so'm dividend solig'i to'lashi rejalashtirilgan.
O'xshash yangiliklar
1964-yildan buyon AQShning S&P 500 fond indeksi 10 084% ga o‘sdi. Shu davr mobaynida AQShdagi nominal ish haqi o‘sishi esa 1 196% atrofida bo‘lgan. Raqamlar uzoq muddatda aktivlarga egalik qilish va faqat mehnat daromadiga tayanish o‘rtasidagi katta tafovutni ko ‘rsatadi.
S&P 500 60 yilda 10 000% dan ko‘proq o‘sdi: ish haqi esa ancha sekin oshgan
07/09/26